158
qaynovchi komponentlar konsentratsiyasi kamayadi. Shu yo‗nalishda
suyuqlikning bir qismi bug‗lanishi natijasida likopchalarda
harorat ham kamayib
boradi. Shu bilan birga, qanchalik ko‗p miqdorda suv bug‗i va ularning
parametrlari (harorat va bosim)
past qilib uzatilsa, shunchalik kub suyuqligi
ko‗proq past haroratgacha sovutiladi. Rektifikatsiya va suv bug‗ining bug‗latish
ishi samarasi har keyingi likopchada shunday ko‗rinishda pasayib boradi.
Shunday ekan, bug‗latish likopchalari sonini va suv bug‗i sarfini ma‘lum
chegaragacha oshirish maqsadga muvofiqdir. Qizdirilgan suv bug‗ining
bug‗latishga eng ko‗p samarali ta‘siri, uning sarfi dastlabki xomashyo
massasining 1,5... 2,0% ga teng bo‗lganda namoyon bo‗ladi.
Neftni haydash
qurilmalari atmosferali kolonnalarida suv bug‗i umumiy sarfi 1,2 - 3,5 ni,
mazutni haydash vakuumli kolonnalarida esa haydaladigan xomashyo
massasining 5.8% ni tashkil etadi.
Bug‗latuvchi agent sifatida suv bug‗ini qo‗llashning quyidagi
kamchiliklarini ko‗rsatish lozim:
haydash va kondensatsiyalashga energiya (issiqlik va sovuqlik)
sarfining
oshishi;
bug‗ bo‗yicha kolonna yuklamasining oshishi apparat diametrini
oshirishni va likopchalar orasidan suyuqlikni olishga olib keladi;
issiqlik
almashgichlarda
issiqlik
regeneratsiyasi
sharoitining
yomonlashuvi;
kolonna va boshqa apparatlarda
qarshilik va bosimning oshishi;
neft mahsulotlarining suvlanishi va ularni quritishga ehtiyoj paydo
bulishi;
neft apparaturalarida korroziyaning kuchayishi va ko‗p miqdorda
ifloslangan oqova suvlarning paydo bo‗lishi.
Shu tufayli oxirgi yillarda butun jahon neftni
qayta ishlash sohasida suv
bug‗ini qo‗llashni kamaytirish va quruq haydash texnologiyasi qurilmalariga
o‗tishga jiddiy intilish yuzaga kelgan.