-rasm. Ba‘zi bir turdagi likopchalari




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.10-rasm. Ba‘zi bir turdagi likopchalari: 
 FIK (s) va gidravlik karshilik(Dr)larining F – omilga { F =  оз Т
Р
") boglikligi, bu yerda a) 
= bug‗ tezligi,p — bug‗ zichligi T|, % 
Shuni qayd etish kerakki, ―har doim va hamma joyda‖ samarali ishlovchi 
likopchalar mavjud emas. 
Likopchaning konkret turini ko‗plab variantlar orasidan tanlab olishda, 


165 
samaradorligining asosiy ko‗rsatgichlari rektifikatsiya kolonnaning funksional 
vazifasidan kelib chiqib, qo‗yiladigan talabni eng ko‗proq qanoatlantiradigani 
tanlanadi. Shunday qilib, vakuumli kolonnalarda imkon qadar kamroq gidravlik 
qarshilikka ega kontakt qurilmalarini qo‗llash afzaldir. 
Nasadkali kolonnalar asosan kam hajmli ishlab chiqarishlarda va zarur 
hollarda kam bosimlar farqi bilan kechadigan massa-almashinuv jarayonlarida 
qo‗llaniladi. 
Nasadkalarga quyidagi asosiy talablar qo‗yiladi: 
- katta solishtirma yuza; 
-suyuqlik bilan yaxshi ho‗llanuvchanlik; 
-kam gidravlik qarshilik; 
-suyuqlik va gaz (bug‗) oqimlarining tekis taqsimlanishi; 
-yuqori kimyoviy va mexanik chidamlilik; 
-past narx (qiymat). 
Ko‗rsatilgan talablarning barchasini to‗liq qanoatlantiradigan nasadkalar 
mavjud emas, chunki ba‘zi bir talablar bir-biriga zid, masalan 1 va 3 punktlar. 
Nasadkali kolonnalardan normal foydalanishda massa-almashinuvi asosan 
nasadka yuzasida ho‗llanuvchi suyuqlik bilan pardali rejimda kechadi. Tabiiyki, 
nasadkalar solishtirma yuzasi qanchalik ko‗p bo‗lsa, massa-almashinuv 
jarayonini samaradorligi ham shuncha ko‗p bo‗ladi. Faqatgina, yuqori 
solishtirma yuzali nasadkalar yuqori gidravlik qarshilik bilan tavsiflanadi.
Kimyo va neftgazni qayta ishlash sanoatida shakli va hajmiga ko‗ra 
turlicha, turli materiallardan tayyorlangan (keramik, chinni, stal‘ temir, 
plastmassa va b) nasadkalar qo‗llaniladi. 
Rostlanmaydigan (to‗kma) nasadkalarning ularni katta hajmli ishlab 
chiqarishlarda qo‗llanishini cheklaydigan asosiy kamchiligi – apparat kesimi 
bo‗ylab kontaktlashuvchi oqimlar taqsimlanishining notekisligidir. To‗rdan, 
perforatsiyalangan metall listdan, ko‗p qavatli to‗rlardan va h.k.lardan 
tayyorlangan rostlanuvchi nasadkalar, halqali va egarli an‘anaviy nasadkalarga 
nisbatan suyuqlik va bug‗ (gaz) ni tekisroq taqsimlanishini ta‘minlaydi. Bundan 


166 
tashqari, ular 1 ta nazariy likopchada 1.2 mm sm.ust. (130...260 Pa) gacha 
kichik gidravlik qarshilik kabi favqulotda muhim afzallikka ega. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish