160
b)
gidravlik qarshiligi;
v)
foydali ish koeffitsiyenti;
g)
ishchi yuklama diapazoni;
d)
smolali va boshqa cho‗kindilar hosil bo‗lishiga
moyil muhitlarda
ishlash imkoniyati;
e)
material sig‗imdorligi;
j)
konstruksiyasining soddaligi, tayyorlash, mantaj va ta‘mirlashga
qulayligi.
Mavjud konstruksiyalarning barcha ko‗rinishlarini osonroq tushunish
uchun, biz 3.8-rasmda
nafaqat rektifikatsiya, balki aralashmani ajratishning
absorbsion va ekstraksiya jarayonlarida ham qo‗llaniladigan kontakt qurilmalari
klassifikatsiyasini keltiramiz. Ular bilan mos ravishda likopchali kontakt
qurilmalari quyidagiga bo‗linadi:
-kontaktlashuvchi fazalar oqimlari nisbiy harakatini tashkil qilish usuliga
ko‗ra –
teskari oquvchi, to‗g‗ri oquvchi, kesishib oquvchi va kesishib to‗g‗ri
oquvchi;
-kontaktlashuvchi
vazalar kesimi rostlanuvchanligiga ko‗ra –
rostlanmaydigan va rostlanuvchi kesimli likopchalar.
Nasadkali kontakt qurilmalarini quyidagi ikki turga ajratish qabul
qilingan: rostlanmaydigan va rostlanuvchi.
Teskari oqimli likopchalar suyuqlik bo‗yicha yuqori unumdorligi,
konstruksiyasining oddiyligi va kam metall sig‗imi bilan tavsiflanadi.
Ularning asosiy kamchiliklari – samaradorligining pastligi va turg‗un ish
diapazoning torligi, kolonna kesimi bo‗ylab oqimlarning notekis taqsimlanishi,
ularning qo‗llanilishini ancha cheklaydi.
To‗g‗ri oqimli likopchalar yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, lekin
ajratishning o‗ta
samaradorligi, yuqori gidravlik qarshilik va tayorlanishining
qiyinligi tufayli ularni bosim ostida ajratish jarayonlarida qo‗llash ma‘quldir.
Kesishib oquvchi likopchalar turiga zamonaviy neft va gazni qayta
ishlash texnologiyasida ko‗proq foydalanilayotgan quyidagi turlari kiradi:
161
kontaktlashuvchi fazalarning rostlanmaydigan kesimili likopchalarning
quyidagi konstruksiyalari: elakli,
parchalovchi elakli, dumaloq, to‗g‗ri
burchakli, oltiburchakli qalpoqchali, S – simon, tarnovsimon qalpoqchali (3.10a-
d rasm)
konstruksiyalari: klapansimon klapanli; ballast klapanli; aralash
qalpoqcha-klapanli (masalan, S – simon va to‗rli klapan bilan)