-rasm. Nasadkalar turlari




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

3.11-rasm. Nasadkalar turlari: 
halqali: a — Rashiga; b — Lessinga; v — Palya; egar: g — Berlya; d — «Intalloks»; 
elakli va perforatsiyalangan metal listdan qilingan: ye — ―Spreypak‖, j — Zul‘ser; z — 
Gudlou; i — yig‗iluvchi kubik; k — Perform-Grid 
Shu sababli oxirgi yillarda chet davlatlarda va mamlakatimizda ham eng 
samarali va istiqbolli rostlanuvchi nasadkalarning konstruksiyalarini ishlab 
chiqish va ularni katta hajmli ishlab chiqarish jarayonlariga, shu jumladan 
vakuumli va chuqur vakuumli kabi neftni qayta ishlash jarayonlariga ham joriy 
etish bo‗yicha keng ko‗lamli ilmiy-izlanish ishlari olib borilmoqda.
Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar NQIZ da neftni qayta ishlash 
vakuumli kolonnalari hozirgi vaqtda rostlanuvchi nasadkalar bilan ta‘minlangan 
bo‗lib, u kolonnalarda chuqur vakuumni va vakuumli gazoylni olishni jiddiy 
ravishda oshirishni va oxirgi qaynash haroratini 600°С gacha oshirishni 
ta‘minlaydi. 
 


167 
3.11. Sanoat qurilmalarining turlari 
Neftni haydash texnologik qurilmalari neftni fraksiyalarga ajratish va 
ularni keyinchalik qayta ishlash yoki tovar neft mahsulotlari komponentlari 
sifatida foydalanish uchun mo‗ljallangan. Ularda motor yoqilg‗ilari, surkov 
moylari, ikkilamchi jarayon uchun xomashyo va neft kimyo sanoatining barcha 
komponentlari ishlab chiqariladi. Olinadigan komponentlar assortimenti va 
sifati, neft xomashyosining keyingi qayta ishlash jarayonlari ko‗rsatgichlari 
ularning ishiga bog‗liq bo‗ladi. Neftni qayta ishlash jarayonlari atmosfera 
quvurchali (AT) va vakuumli quvurchali (VT) yoki atmosfera-vakuumli trubkali 
(AVT) deb nomlanuvchi qurilmalarda amalga oshiriladi. 
Neftni haydab fraksiyalarga ajratish qurilmalarining foydalanilish 
yo‗nalishiga ko‗ra ularni yoqilg‗ili, moyli yoki yoqilg‗i-moyli va neftni qayta 
ishlash varianlarini ham shunga mos ravishda nomlash qabul qilingan.
AT qurilmalarida yoqilg‗i (benzinli, kerosinli, dizelli) fraksiyalari va 
mazut olish bilan neftni chuqur bo‗lmagan haydash amalga oshiriladi. Ulardan 
olinadigan gazoylli, moyli fraksiyalar va gudron ularni yoqilg‗i, surkov moylari, 
koks, bitumlar va boshqa neft mahsulotlari olinadigan keyingi (ikkilamchi) 
qayta ishlash jarayonlari xomashyosi sifatida ishlatiladi. 
Zamonaviy neftni haydash jarayonlari suvsizlantirish va tuzsizlantirish, 
benzin fraksiyalarini ikkilamchi haydash va barqarorlashtirish jarayonlari bilan 
aralash jarayondir: ELOU-AT, ELOU-AVT, ELOU-AVT – ikkilamchi haydash 
va h.k. 
Yanada ko‗proq iqtisodiy afzalliklarga AT va VT larni gazni fraksiyalash, 
yoqilg‗i va gazoyl fraksiyalarini gidrotozalash, katalitik riform, katalitik 
kreking, moy fraksiyalarini tozalash va h.k. kabi texnologik jarayonlar bilan 
kombinatsiyalashtirish orqali erishiladi.
AT va AVT larning eski va keyin avlodlari ishlatishda bo‗lib, 
mamlakatimizdagi neftni haydash qurilmalari haydash sxemalarining juda ko‗p 
turliligi va olinadigan fraksiyalar keng assortimenti bilan tavsiflanadi. Bir xil 
unumdorlikdagi rektifikatsiya kolonnalar turli hajmga, bir xil bo‗lmagan 


168 
likopchalar soni va turlariga; turli xil issiqlik almashinish, sovuq, issiq va 
sirkulyatsiyani ta‘minlashni yechimining, shuningdek turli xil vakuum hosil 
qilish sxemalariga ega. Shu sababli, quyida neftni haydashning yuqori 
unumdorli zamonaviy turlariga kiruvchi qurilmalarining faqatgina alohida 
bloklari (seksiyalari) texnologik sxemalari keltiriladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish