154
sirkulyatsion ta‘minot vositasida amalga oshiriladi. Yuqoridagi past potensialli
issiqlik, issiqlik almashinish bilan regeniratsiya qilishda samarasiz bo‗lgani kabi
faqatgina bir sovuq ta‘minotdan foydalanish iqtisodiy samarasiz hisoblanadi.
Bundan tashqari, bu holatda kolonna balandligi bo‗ylab flegma sonining optimal
taqsimlanishi ta‘minlanmaydi: qoidaga ko‗ra, u kolonnaning yuqori qismida
ko‗prok va pastki likopchalarda kamroq.
Kolonna balandligi bo‗ylab yuqoridan
pastga qarab mos ravishda
likopchalarning FIK qiymati, shuningdek nisbiy uchuvchanlik koeffitsiyenti
pasayib boradi va o‗z navbatida, kolonna konsentratsiyalash seksiyasining pastki
likopchalarida ajratish
qobiliyati yomonlashadi, natijada ajratishning istalgan
aniqligiga erishilmaydi. Sirkulyatsiya ta‘minotdan foydalanishda neftni qizdirish
uchun olinadigan distillyat issiqligidan tejamkorlik bilan foydalaniladi, kolonna
balandligi bo‗ylab yuklamalar tenglashtiriladi va bu bilan kolonnaning
unumdorligi
oshiriladi
hamda
konsentratsiyalash
seksiyasida
kontakt
uskunalarning optimal ish sharoiti ta‘minlanadi.
Kolonnaning pastki qismiga isitgichdan issiqlik berishda (3.7-rasm, g)
kub mahsulotini tashqi isitgichda bug‗li maydonda (priboylerda) qo‗shimcha
qizdirish amalga oshiriladi va u yerda u qisman bug‗lanadi. Bu usulning o‗ziga
xosligi shundaki, isitgichda doimiy suyuqlik sathining va bu suyuqlik ustida esa
bug‗li muhit mavjudligidir. Isitgich o‗zining ajratish harakatiga ko‗ra bir nazariy
likopchaga ekvivalentdir. Kolonna pastki qismidan issiqlik berishning bu usuli
yo‗ldosh neft gazlari va neft zavodi gazlarini
fraksiyalarga ajratish
qurilmalarida, neftni barqarorlashtirish va benzinni ajratishda, to‗g‗ri haydab
benzinni barqarorlashtirish va neftni qayta ishlashning ikkilamchi jarayonlarida
keng qo‗llaniladi.
Kolonnaing pastki qismidan quvurli isitgich orqali issiqlik berishda (3.7-
rasm, d) kub mahsulotining bir qismi quvurli isitgich
orqali haydaladi va
qizdirilgan bug‗ - suyuqlik aralashmasi (issiq oqim) yana qaytib kolonna pastki
qismiga beriladi. Bu usul kolonna pastida nisbatan yuqori haroratni
ta‘minlashda, qachonki oddiy issiqlik tashuvchilar (suv bug‗i va b)ni qo‗llash
155
mumkin bo‗lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo‗lmaganda (masalan,
kolonnada neftni benzinsizlantirishda), qo‗llaniladi.