145
Har bir kontakt natijasida komponentlar fazalar orasida taqsimlanadi: bug‗ past
haroratda
qaynovchi komponentlar bilan, suyuqlik esa yuqori haroratda
qaynovchi komponentlar bilan bir oz to‗yinadi.
Yetarli darajada uzoq davom yetgan kontakt va kontaktlashishning yuqori
samaradorligi natijasida, likopcha yoki nasadka qavatidan ketayotgan bug‗ va
suyuqlik muvozanat holatiga erishishi mumkin, ya‘ni oqimlar haroratlari bir xil
bo‗lib qoladi va bunda ularning tarkibi muvozanat tenglamasiga bog‗liq bo‗ladi.
Faza muvozanatiga erishish bilan tugallanuvchi suyuqlik va bug‗larning bunday
kontaktini muvozanatlashgan daraja yoki nazariy likopcha deb nomlash qabul
qilingan. Kontaktlashish darajalari sonini va jarayon parametrlarini (harorat
rejimi, bosim, oqimlarning o‗zaro nisbati, flegma soni va b.) tanlab, neftli
aralashmalarning fraksionlashuvini istalgan talab qilinadigan aniqligiga erishish
mumkin.
Bir martali qizdirish sodir bo‗ladigan,
haydaladigan va qizdirilgan
xomashyoni rektifikatsiya kalonnasiga kiritish joyi to‗yintirish (ta‘minlash)
seksiyasi deb ataladi. Kalonnaning ta‘minlash seksiyasidan yuqorida joylashgan
qismi bug‗ oqimini rektifikatsiya qilish uchun xizmat qiladi va
mustahkamlovchi qism deb, boshqa suyuqlik oqimining rektifikatsiyasi amalga
oshiriladigan - past qismi esa, haydash qismi yoki tugatuvchi seksiya deb
ataladi.
Kolonnalar oddiy va murakkab kolonnalarga ajratiladi.
Oddiy kolonnalar dastlabki aralashma (xomashyo)ni ikkita mahsulotga
ajralishini ta‘minlaydi: kolonna yuqori qismidan ajratib olinuvchi, bug‗ holatida
bo‗lgan rektifikat (distillyat) va qoldiq – quyi qismidagi rektifikatsiyaning suyuq
mahsuloti.
Murakkab rektifikatsiya kolonnalari dastlabki aralashmani ikkitadan
ko‗prok mahsulotga ajratadi. Murakkab kolonnalar bir biridan farq qiladi,
qo‗shimcha fraksiyalar bevosita kolonnadan
yon tomonidagi haydash
kolonnasidan olinadi hamda qo‗shimcha olinadigan mahsulotlar stripping deb
ataladi va maxsus bug‗latish kolonnasi orqali ajratib olinadi. Eng oxirgi kolonna
146
neftni birlamchi haydash qurilmalarida keng qo‗llaniladi.
Binar yoki ko‗p komponentli aralashmalarni ikki komponentga ajratish
uchun bitta oddiy kolonna yetarli (agarda mahsulot tozaligiga yuqori talab
qo‗yilmasa) bo‗ladi. Uzluksiz yoki diskret aralashmalarni 2 tadan ko‗p
komponentga (fraksiyaga) ajratish uchun bitta murakkab kolonna yoki bir-biri
bilan ma‘lum ketma-ketlikda bog‗langan yoki to‗g‗ri yoki teskari bug‗ va
suyuqlik oqimli oddiy va murakkab kolonnalar tizimi qo‗llaniladi. Aniq
sxemalarni va haydash jarayonining
ishchi parametrlarini tanlash, ajratish
aniqligi va assortimentga, xomashyo va mahsulotlarning harorat barqarorligi,
mavjud va arzon sovutish agentlaridan, issiqlik
tashuvchilardan foydalanish
imkoniyatlari va shunga o‗xshash qo‗yiladigan talablarni hisobga olgan holda,
texnik-iqtisodiy texnologik hisob-kitoblarga asoslangan holda aniqlanadi.
Haydab ajratilish aniqligi – rektifikatsiya kolonnasi samaradorligining
asosiy ko‗rsatgichini ajratish qobiliyati tavsiflaydi. U – binar aralashmalar
holatida mahsulotda maqsadli komponent konsentratsiyasi ko‗rinishida
ifodalanadi. Neft aralashmalari rektifikatsiyasi olinadigan fraksiyalarning
guruhli tozaligi bo‗yicha, ya‘ni olinadigan fraksiyalar (distillyat va qoldiq)da
ITK egri chizig‗idan, aralashma ajralishining belgilangan harorat
chegaralarigacha
qaynovchi, shuningdek potensialdan fraksiya olinuvchi
komponent ulushini tavsiflaydi. Ajratish aniqligining nisbiy ko‗rsatgichi
sifatida, mahsulotga yondosh fraksiyalar qaynash haroratining kirib borishi kabi
tavsiflari amaliyotda tez-tez qo‗llaniladi. Ishlab chiqarish amaliyotida odatda
haydab ajratish aniqligiga nisbatan yuqori talablar qo‗yilmaydi, sababi, yuqori
darajada toza komponentlarni yoki yuqori aniqlikdagi fraksiyalarni olish uchun
mos ravishda juda katta kapital va ishlatish xarajatlari talab etiladi. Neftni qayta
ishlashda, masalan, neftni haydash kolonnalarinig yoqilg‗i fraksiyalariga yuqori
darajada ajratish kobiliyati sifatida qo‗shni fraksiyalar qaynash haroratini
10…30°С chegarasida kirib borishi hisoblanadi.
Rektifikatsiya kolonnalarning ajratish qobiliyatiga kontakt
darajalari soni
hamda bug‗ va suyuqlik fazalari oqimlarining o‗zaro nisbati katta ta‘sir etishi