Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Deemulsiyaga issiq ishlov berishda birlamchi neft (60 – 150
0
С) zichligiga 
qovushqoqlik – harorat tavsifiga, deemulsiyani turiga va elektrdegidratordagi 
bosimi yoki tindirgichdagi termokimyoviy suvsizlantirishga bog‗liq holda 
optimal haroratgacha qizdiriladi. Harorat aniq chegaragacha oshirilganda 
deemulsiyalash jarayonini hamma bosqichlarida jadallashish sodir bo‗ladi: 
birinchidan – neftda tabiiy emulgatorlarni eruvchanligini oshishi natijasida 
deemulsiyani nobarqarorligi oshadi hamda parafinlarni va asfaltenlarni 
bronlashgan kristallarni erishi kuchayadi. Ikkinchidan – neftni qovushqoqligini 
va zichligini pasayishi natijasida suv tomchilarini cho‗kish tezligi oshadi hamda 


140 
talab qilingan deemulgatorni sarfi kamayadi. 
Degidratlashda shunday optimal harorat tanlanadiki, bunda neftning 
qavushqoqligi 2.4 sSt.ni tashkil qiladi. Ko‗pgina neftlar 70 – 90
0
C da yetarlicha 
tuzsizlanadi. Neftni qizdirish harorati oshirilganda bir vaqtda bosim ham 
oshiriladi hamda tizimning suyuqlik holatini ushlab turiladi va yong‗inga qarshi 
xavfsizligi ta‘minlanadi. Bosim oshirilganda apparat devorlarining qalinligi ham 
oshiriladi. Zamonaviy elektr gidratorlarning modeli 1,8 MPa bosimga 
hisoblanadi. 
ETQsining texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlariga deemulgatorlarni eritmasi 
neftni deemulsiyasi bilan aralashish jadalligi va davom etishi ta‘sir qiladi. 
Deemulgatorlarning kichik sirt faolligi ayniqsa, neftda yomon eriganda, uni 
jadallashtirish va aralashishini davom ettirish talab qilinadi qaysiki, yuqori 
dispersli tizim shakllantiriladi va yomon tindiriladi. Neftni deemulgator bilan 
yaxshi aralashishi markazdan qochma nasos yordamida amalga oshiriladi.
Yaxshi aralashishi uchun diafragma, klapanlar, aylanuvchi rotorlar kabi maxsus 
aralashtirgichlardan foydalaniladi. Eng yaxshisi ETQlarida kichik ish 
unumdorligiga ega bo‗lgan dozalash nasoslaridan foydalaniladi. 
ETQsining asosiy apparati elektrdegidrotor hisoblanadi. Bu yerda neft 
deemulsiyasiga elektrdegidrator yordamida ishlov berish va dedeemulsiyalangan 
neftni tindirish hamda bir vaqtning o‗zida cho‗ktirish ham amalga oshiriladi.
Konlarda va zavodlarda qo‗llaniladigan ETQlarning konstruksiyalari har 
xil bo‗lib (tik, sharli va gorizontal) ulardan eng ko‗p qo‗llaniladigan gorizontal 
elektrogidratorlar hisoblanadi. Ilgari qo‗llaniladigan tik va sharli 
elektrogidratorlarni gorizontalga taqqoslaganimizda quyidagi afzalliklarga ega 
(3.3- jadval): 
suv tomchilarini cho‗kishi uchun qulay sharoitga ega ekanligi, solishtirma 
gorizontal kesim yuzasining va neftni chiziqli tezligini kattaligi; 
apparatning narxi va solishtirma massasi 1,5 marta kichik bo‗lganda uning 
solishtirma unumdorligi 3 marta katta bo‗ladi;
elektrodlarning maydoni katta bo‗lganda elektr jihozlarining soni kam, 


141 
konstruksiyasi sodda, montaj qilishning qulayligi, xizmat ko‗rsatish va 
ta‘mirlash oson;
yuqori bosimda va haroratda ishlashga qo‗layligi. 
ETQsining texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlari yuqori unumdorlikka ega 
bo‗lishi elektrogidrotorlar qo‗llanilganda issiqlik almashgichlarni, xomashyo 
nasoslarini, rezervuarlarni, o‗lchov asboblari va avtomatik majmualarini (O‗A 
va AM) kamayishi hamda neftni to‗g‗ri haydash qurilmalarini takomillashtirish 
hisobiga kapital va energiya xarajatlarni kamayishi, mehnat unumdorligini 
oshirish hisobiga va boshqalarga. Neftni birlamchi haydash qurilmasi bilan 
takomillashtirilgan gorizontal elektrogidratorli ETQ si ya‘ni 2EG-160 alohida 
turgan sharsimonli ETQsi taqqoslanganda bir xil unumdorlikda (6 mln. t/yil) 
kapital xarajatlari, foydalanish sarflari va tuzsizlantirish tannarxi 1,5 marta 
kichik bo‗ladi. 
2.3-jadval

Download 15,32 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish