153
yoki havoli)da to‗liq kondensatsiyalanadi va idishga yoki ajratgichga tushadi, u
yerdan rektifikator bir qismi nasos yordamida sovuq bug‗lanuvchi ta‘minot
sifatida rektifikatsiya kolonnaga qayta beriladi, uning balans qiymati esa oxirgi
mahsulot sifatida olinadi.
Sirkulyatsion bug‗lanmaydigan ta‘minot (3.8 v-rasm). Kolonna
konsentratsiya seksiyasidan issiqlikni olishning bu varianti neftni qayta ishlash
texnologiyasida kolonnaning nafaqat yuqori qismida, balki murakkab
kolonnilarda o‗rta kesimlarida xam haroratni rostlashda keng qo‗llaniladi.
Sirkulyatsiya ta‘minotni hosil qilish uchun kolonnaning ba‘zi likopchalaridan
flegma (yoki yon distillyat) bir qismi chiqarib olinadi, issiqli almashinuvchi
apparatda dastlabki xomashyoga issiqlik berib sovitiladi, shundan so‗ng nasos
orqali yuqorida turuvchi likopchalarga qaytadi.