-rasm. Suyuq propan bilan gudronni bir bosqichli deasfaltizatsiyalash




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

10.8-rasm. Suyuq propan bilan gudronni bir bosqichli deasfaltizatsiyalash 
qurilmasining texnologik sxemasi: 
1,10,21,26-nasoslar; 2,3-bug‗li qizdirgichlar; 4-deasfaltizatsiya kolonnasi; 5-qatorli 
qizdirgich; 6-bosimni rostlagich; 7-kondensatni olib ketgich; 8-sath ko‗rsatgichi; 9-sarf 
rostlagich; 11-qabul qilgich; 12,12 a- suvli kondensator-sovutgich va propan bug‗larini 
havoli kondensatori; 14,16-bug‗lantirgich; 15-tomchi urilgich; 17-kompressor; 18-tomchi 
tutqich; 19-pech; 20 –ajratgich; 22,27-suvli sovutgich; 23,25-bug‗lantirish kolonnalari; 24-
nasadkali turdagi tomchi urgich; 28-kondensatni aralashtirgich. 
Deasfaltizat eritmasi kolonnadan (4) chiqishda yuqorida qator tuzilgan 
qizdirgichda (5) qizdiriladi va keyin esa shu kolonnaning (4) zonasida tindiriladi 
va qizdirilgan og‗ir fraksiyalardan (smola-deyiladi) ajratiladi. Bosimni (6) 
rostlagichdan o‗tadi, deasfaltizat eritmasi bug‗lantirgichga (14) kirib keladi, past 
bosimli suv bug‗i bilan qizdiriladi, keyin bug‗lantirgichga (16), keyin esa 
kuchaytirilgan bosimli bug‗ bilan qizdiriladi. Suv bug‗i bug‗lantiruvchi quvurli 
pechlarga (14 va 16) kiritiladi. Qaynovchi eritmaning harorati birinchisida 
ikkinchisiga nisbatan juda yuqori emas Kolonnaning yo‗lidan (4) 
bug‗lantirgichga (14) o‗tguncha propan bosim taxminan 4,0 MPa.dan 2,4 
MPa.gacha pasaytirilganda qaynash holatiga o‗tadi.


426 
Tarkibida nisbatan kam miqdorda propanli (6 % massasiga nisbatan ko‗p 
bo‗lmagan) deasfaltizatorning eritmasi bug‗lantirgichdan (16) chiqadi va ochiq 
suv bug‗i bilan bug‗lantirish (23) kolonnasida ishlanadi. Bu kolonnaning 
yuqorisidan propanli va suv bug‗larining aralashmasi chiqib ketadi, pastki 
qismidagi tayyor deasfaltizat nasos (21) sovutgich orqali (22) rezervuarga 
yo‗naltiriladi. Propanni to‗liq chiqib ketishi deasfaltizatni alangalanish harorati 
orqali nazorat qilinadi. 
Deasfaltizat kolonnasining pastki qismidan chiqadigan bitum eritmasi 
to‗xtovsiz ravishda sarf rostlagich (9) orqali zmeyevik pechiga (19) kirib keladi. 
Bu zmeyevikdan chiqishda propanning katta qismi bug‗simon holatda bo‗ladi. 
Bug‗lar shu bosim kattaligida ishlayotgan gorizontal ajratgichda (20) 
suyuqlikdan ajratiladi. Propanning qoldiqlari ochiq suv bug‗lari yordamida 
bitumli bug‗lantirish kolonnasida (25) bug‗lantiriladi. Deasfaltizatsiya bitumi 
kolonnaning pastki qismidan porshenli nasos (26) yordamida sovutgichga (27) 
haydaladi.
Yuqori bosimli propanning bug‗lari apparatlardan (14,16 va 20) chiqishda 
tomchi urilma (15) orqali kondensator-sovutgichga (13 va 12) kirib keladi. 
Suyultirilgan propan qabul qilgichda (11) to‗planadi. Propan bug‗lari 
apparatlardagi (16 va 20) 1,7-1,8 MPa ishchi bosim ostida kondensatorlarda – 
sovutgichlarda (13 va 12) kondensatsiyalanadi. Bunda kompressorni 
qo‗llamasdan issiqlik beruvchi va sovituvchi muhitlarning oralig‗idagi kerakli 
haroratni farqi evaziga erishiladi. Ba‘zi bir qurilmalarda ajratgichdan (20) 
chiqqan propanning bug‗lari va erkinlashtirilgan bitumning bug‗lari 
ajratgichlardan birining issiqlik tashuvchisi hisoblanadi.
Bug‗lantirish kolonnasidan (23 va 25) chiqadigan suv bug‗i bilan 
chiqadigan propanning bug‗lari kondensator aralashtirgichda (28) suv 
bug‗laridan ozod qilinadi va keyin tomchi tutqichdan o‗tib (18) kompressor 
bilan (17) siqiladi va kondensator-sovutgichga (12 a) yo‗naltiriladi. Propanning 
yo‗qotilishi qabul qilgichga uzatish (11) orqali to‗ldiriladi. Agarda propan 
deasfaltizatsiyalash kolonnasiga ikkita ichki taqsimlagich orqali kiritilsa, undan 


427 
yuqorida joylashgan yo‗naltiruvchi taqsimlagichda pastki taqsimlagich orqali 
uzatiladigan propanga nisbatan oldindan juda yuqori haroratda (70 °С gacha) 
qizdiriladi.
Bitum eritmasi ba‘zi bir qurilmalarda zmeyevik pechiga (19) kirguncha 
issiqlik almashtirgichda qizdiriladi. Quvurli pechlar yong‗inga qarshi devor 
bilan o‗raladi. Zmeyevik pechlaridagi quvurlarni qizib ketishini oldini olishda 
unga yetarli miqdordagi eritma yoki uni ekstrak bilan aralashmasiga 
deasfaltizatsiya bitumlari qo‗shiladi va qovushqoqligi kamaytiriladi hamda 
to‗xtovsiz kirib turishi ta‘minlanadi. Yoqilg‗ining sarfi uni issiqlik hosil qilish 
xususiyatiga, 
uzatiladigan 
xomashyoning 
sifatiga, 
uni 
chuqur 
deasfaltizatsiyalash va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi hamda o‗rtacha 1 tonna 
gudronga 15-30 kg ni tashkil qiladi. 
Bug‗lar bilan birgalikda suyuqlik tomchilarini chiqib ketishini 
kamaytirish uchun apparatlarning (23, 25 va 28) yuqori qismlarida nasadkali 
turdagi uriluvchi likopchalar (24) joylashtiriladi. 
Deasfaltizatsiya qurilmalarida suv bug‗larining katta qismi 
bug‗lantirgichlarda yoki eritmalarning qizdirgichlarida birikmalarning zichligini 
yetarli bo‗lmaganligi uchun kondensatsiya zonasiga suv bug‗lari yorib 
kirmasligi uchun oldindan kondensatning chastotasini tekshirish e‘tiborga 
olinadi. Ko‗pgina qurilmalarda kondensator aralashtirgichdan (28) chiqadigan 
texnik propanni vodorod sul‘fiddan tozalovchi ishqorli tozalash kolonnalari 
o‗rnatiladi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Suyuq propan bilan gudronni bir bosqichli deasfaltizatsiyalash

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish