10.10.-jadval
Oltingugurtli smolali gudronni qayta ishlash qurilmasining texnologik rejimi:
Harorat, °C
4-chi kolonnaga kiradigan xom-ashyo
4-chi kolonnaning yuqorisiga
4-chi kolonnaning pastiga
14-chi bug‗lantirgichga
16-chi bug‗lantirgichga
pechdan chiqishdagi bitumli eritma
130—170
75—85
50—65
60—85
160—170
210—250
428
propanning bug‗lari
28-chi apparatdan chiqishda
ortiqcha bosim, MPa
11-chi qabul qilgichda
4-chi kolonnada
14-chi bug‗lantirgichda
16-chi bug‗lantirgichda
17-chi kompressordan chiqishdagi propanni bug‗lari
Xom-ashyoga propanni yaxlitligi (hajmi bo‗yicha)
30—40
1,7—1,8
3,7—4,4
2,2—2,4
1,7—2,0
1,8—2,0
(5—8):1
Bir pog‗onali deasfaltizatsiyalashda qurilmalardagi texnik propanning
solishtirma sarfi 1 tonna gudronni qayta ishlash uchun 2- 4 kg ni tashkil qiladi.
10.6. Gudronlarni suyuq propan bilan ikki bosqichli deasfaltizatsiyalash
qurilmasi
Gudronlarni suyuq propan bilan ikki bosqichli deasfaltlash jarayoni qoldiq
xomashyodan har xil qovushqoqlikka ega bo‗lgan ikkita deasfaltizatorni olishga
mo‗ljallangan. Birinchi va ikkinchi pog‗onalarda olinadigan I va II deasfaltlash
alohida yoki qoldiq moylarni aralashmasi bilan qayta ishlanadi.
Bir bosqichli deasfaltlashdan ikki bosqichga o‗tish natijasida gudronlarni
qayta ishlashda deasfaltizatni chiqishi 13-30% ga (nisbiy) oshadi. Mahsulotni
chiqishini o‗sishi asosan xomashyoning sifatiga va mahsulotga qo‗yilgan
talablarga bog‗liqdir.
Ikki pog‗onali qurilmadan bitum eritmasi deasfaltizatsiya uchun birinchi
kolonnadan ikkinchi kolonnaga qizdirgich orqali kirib keladi, unga qo‗shimcha
suyuq propan uzatiladi. Deasfaltizat II va bitum II mos holda ikkinchi
kolonnaning yuqori va pastki qismlaridan chiqariladi.
I-chi pog‗onadagi deasfaltizatlarni qoldiq yog‗larini ishlab chiqarish
uchun qovushqoqligi 18-23 mm
2
/s ( 100°Сda) bo‗lgan xomashyo hisoblanadi,
II-chi pog‗onadagi deasfaltizatlar esa-katta qiymatli qovushqoqli yog‗
hisoblanadi, masalan, qovushqoqligi 30-45 mm
2
/s (100°Сda). II-chi
deasfaltizatning tarkibida aromatik uglevodorodlar ko‗p bo‗ladi; ular ham
yuqori zichlikka va kokslanishga ega bo‗ladi. Deasfaltizatsiya bitumi-ikki
pog‗onali jarayonning qo‗shimcha mahsulotlari - yuqori haroratda yumshaydi;
undan qattiq markadagi neft bitumlarini ishlab chiqarishdagi xom - ashyo
429
komponentlari sifatida foydalanish mumkin [81].
Qurilmaning bosh seksiyasi quyidagilar (10.10-rasm): deasfaltizatsiyaning
I-chi pog‗onasi (qo‗shimcha jihozli 10-chi kolonna); deasfaltizatsiyaning II chi
pog‗onasi (qo‗shimcha apparatlar va 18-chi kolonna); I-chi deasfaltizatsiya
eritmasidan, II chi deasfaltizatsiya eritmasida, II chi bitumli eritmadan (uchta
seksiya) yuqori bosim ostida propanni regeneratsiya qilish; oldingi regeneratsiya
seksiyalaridan chiqadigan eritmalarni birlashtirib past bosimli propan
regeneratsiyasi.
I-chi pog‗onani xomashyosi gudron yoki konsentrat hisoblanadi, II-chi
pog‗onani dastlabki aralashmasi-bitum eritmasi hisoblanadi, bosim ostida
birinchi kolonnadan ikkinchi kolonnaning pastki qismiga o‗tadi. Ba‘zi bir
qurilmalarda xomashyoni deasfaltizatsiyalash I-chi pog‗onada ikkita parallel
harakatdagi kolonnalarda olib boriladi, qaysiki bitumli eritmalar II-chi
pog‗onaga bir umumiy kolonnaga kirib keladi.
Xomashyo nasos (1) yordamida bug‗li qizdirgich (4) orqali
deasfaltizatsiyalash (10) kolonnasining I-chi pog‗onasiga beriladi. Shu
kolonnaning pastki zonasidan sovutgich (3) orqali suyuq propan kiritiladi,
nasos (2) qabul qilgichdan (5) olinadi. Yuqoridagi qator qizdirgich (9) va
yuqoridagi tindirish zonasidan o‗tib, deasfaltizator I eritmasi bosimi
pasaytirilgandan keyin (4,2 dan 2,7 MPa.gacha) yuqori bosimli propanni
regeneratsiyalash seksiyasiga to‗planadi. Kolonnadagi (10) talab qilingan ishchi
bosim reduksiya klapani (8) yordamida ushlab turiladi; kolonna qavurg‗ali
turdagi likopchalar bilan jihozlanadi.
Bitumli eritma I-chi kolonnaning (10) pastki qismidan chiqariladi,
apparatda (15) suv bug‗i yordamida qizdiriladi va deasfaltizatsiyalashning II-chi
pog‗onasining kolonnasiga (18) kiritiladi.
Bu kolonnada jarayon kichik bosimda va kolonnaga nisbatan (10)
bosimlarning farqi hisobiga (0,4—0,7 MPa.da) olib boriladi, bitum eritmasi I-
chi kolonnadan (10) kolonnaga (18) siljiydi. Propan kolonnaga (18) nasos (12)
yordamida sovutgich (14) orqali uzatiladi. Kolonna (18) konstruksiyasiga
430
muvofiq kolonnaga (10) o‗xshashdir. Propanni xomashyoga nisbati ikkinchi
pog‗ona uchun birinchisiga nisbatan kattaroq qabul qilinadi. Deasfaltizat I-chi
eritmadan asosiy miqdordagi propan ketma-ket bir-biri bilan ulangan (21 va 22)
bug‗lantirgichlarda
ajratiladi,
deasfaltizat
II-chi
eritmadan
esa
bug‗lantirgichlarda (20 va 23) ajratiladi. Juda ham past haroratlarda ishlaydigan
bug‗lantirgichlarda (20 va 21) issiqlik tashuvchi sifatida bosimi 0,6 MPa.ga
yaqin bulgan suv bug‗laridan foydalaniladi, yuqori haroratli bug‗lantirgichlarda
(22 va 23) – suv bug‗ining bosimi 1,0 MPa.ga teng bo‗ladi. Deasfaltizatlarning
I-chi va II-chilari amalda to‗liq propandan mos holda (29 va 31) likopchali
turdagi bug‗lantirish kolonnalaridan ozod bo‗ladi, bu yerda oquvchi suyuqliklar
qarshi oqimli suv bug‗lari bilan shamollatiladi. Undan keyin ikkali deasfaltizat
ham nasoslar (27 va 30) yordamida sovutgichlar (25 va 26) orqali rezervuarga
beriladi.
Bug‗lantirgichdan chiqadigan (20 va 21) yuqori bosimli propan bug‗lari
(2,7-2,8 MPa) havoli sovutish apparatida (7) kondensatsiyalanadi; kondensat
kojux quvurli suvli sovutgich (6) orqali qabul qilgichga (5) kirib keladi.
Bug‗lantirgichlarda ajratilgan bug‗lar (22 va 23) (juda yuqori bosimda
ishlayotgan - 1,8 MPa) havoli sovutish apparatlarida (17) kondensatsiyalanadi;
shu yerda hosil bo‗lgan kondensat qabul qilgichga (16) oqib o‗tadi. Bug‗lanib
yo‗qotilishni to‗ldirish uchun bu qabul qilgichga atrofidan texnik propan
beriladi. Propan qabul qilgichdan (16) nasos (13) yordamida qabul qilgichga (5)
uzatiladi.
II-chi pog‗ona bitum eritmasi sarf rostlagichdan (11) o‗tib, quvurli pechda
(19) qizdiriladi; bug‗lantirilgan propan suyuqlikdan ajratgichda (24) ajratiladi.
Bu yerdan ketayotgan bug‗lar keyin kondensator-sovutgichda (7) to‗planadi.
Birlashtirilgan bitum eritmasi ajratgichdan (24) chiqishda bug‗lantirish (34)
kolonnasida (likopchali ko‗rinishdagi) suv bug‗lari yordamida purkaladi.
Bug‗lantirish kolonnalaridan (29,31 va 34) katta bo‗lmagan ortiqcha
bosim ostida ketadigan propan va suv bug‗larining aralashmalari to‗silgan
umumiy kondensator - sovutgich aralashtirgichga (33) to‗planadi.
|