Texnik vodorod-sul‘fiddan oltingugurt ishlab chiqarish




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

14.7. Texnik vodorod-sul‘fiddan oltingugurt ishlab chiqarish
Neftni qayta ishlash zavodlarida oltingugurt texnik vodorod-sul‘fiddan 
(H
2
S) olinadi. NQIZlarida H
2
S asosan 15%li monoetanolaminning suvli 
eritmasidan maxsus qurilmali gidrotozalash va gidrokreking oqimlaridan 
olinadi.
Monoetanolaminning to‗yingan eritmasidan vodorod sul‘fid regeneratsiya 
bloki dizel yoqilg‗isini, kerosinni yoki benzinni gidrotozalash qurilmalariga, 
gidrokrekingga yoki qayerda monoetanolamin eritmasi yig‗iladigan oltingugurt 
ishlab chiqarish qurilmalariga va vodorod-sul‘fid tarkibli katta guruhdagi 
qurilmalarga montaj qilinadi. Regeneratsiya qilingan monoetanolamin 
gidrotozalash qurilmasiga qaytariladi va u yerda vodorod-sul‘fit olish uchun 
foydalaniladi. 
Oltingugurt ishlab chiqarish qurilmalarida tarkibida 83,8 %dan (hajmiga 
nisbatan) kam bo‗lmagan vodorod-sul‘fid gazlaridan foydalaniladi. 
Uglevodorodli gazlarni tarkibi xomashyoda 1,64 % dan katta emas (hajmiy), 
suv bug‗lari ( 40 °Сda va 0,05 MPa) 5 % dan katta emas (hajmiy) va uglerod 
ikki oksidi 4.56 % (hajmiy) katta emas 
Qurilmalarda tarkibi 99,98 % (massasi bo‗yicha) kichik bo‗lmagan yuqori 
sifatli oltingugurtlar ishlab chiqariladi; boshqa sortlarida oltingugurt tarkibi 99,0 
i 99,85% dan kichik emas (massasi bo‗yicha). Oltingugurtni chiqishi uning 
vodorod-sul‘fiddagi potensial tarkibidan 92-94%ni tashkil qiladi (massasi 
bo‗yicha). Xomashyoda vodorod-sul‘fidni konsentratsiyasini kuchaytirib, 
masalan, 90% gacha (hajmiy) oltingugurtni potensialdan chiqishi 95-96% gacha 


559 
(massasi bo‗yicha) oshadi. 
Texnik vodorod-sul‘fiddan oltingugurt ishlab chiqarish jarayonining 
asosiy bosqichlari: vodorod-sul‘fidni havo kislorodi bilan termik oksidlantirib 
oltingugurt va oltingugurt ikki oksidini olish; katalizatorlar bilan yuklangan 
reaktorlardagi vodorod-sul‘fid bilan oltingugurt ikki oksidini o‗zaro ta‘sir etish.
Termik oksidlantirish jarayoni bir agregatga qozon-utilizator bilan 
birgalikda montaj qilingan asosiy o‗txonada bo‗lib o‗tadi.
Vodorod-sul‘fid va oltingugurt ikki oksidini aralashtirish va qizdirish 
yordamchi o‗txonalarda amalga oshiriladi. Oltingugurtni katalitik ishlab 
chiqarish amalda ikki pog‗onada olib boriladi. Termik kabi oltingugurtni 
katalitik ishlab chiqarish katta bo‗lmagan ortiqcha bosim ostida olib boriladi. 
Qurilmaning texnologik sxemasi 14.15-rasmda keltirilgan. 
Xomashyo-vodorod-sul‘fid tarkibli gaz (texnik vodorod-sul‘fid) –qabul 
qilgichdagi kuchaytirilgan monoetanolamin va suvdan ozod qilinadi va bug‗li 
qizdirgichda (2) 45-50°Сgacha qizdiriladi. Keyin vodorod-sul‘fid tarkibli 
gazning umumiy miqdori 89% (massasi bo‗yicha) yo‗naltiruvchi forsunka orqali 
asosiy o‗txonaga (4) kiritiladi. Xuddi shu forsunka orqali havo purkagich bilan 
(5) o‗txonaga havo uzatiladi. Xomashyoning sarfi va havo va gazning 
belgilangan hajmiy nisbatlari (2—3) : 1 avtomatik ushlab turiladi. Asosiy 
o‗txonadan chiqadigan texnologik gazning harorati termopara yoki pirometr 
yordamida o‗lchanadi. Keyin gaz ketma-ket birinchining ichida sovitiladi, keyin 
esa ikkinchi konvektiv bog‗lam asosiy o‗txonaning qozon-utilizatorida 
sovitiladi. Kodensat (kimyoviy tozalangan suv) qozon-utilizatorga deaeratordan 
(3) kirib keladi, yuqorisidan olingan suv bug‗i chiqarib yuboriladi. 
Asosiy o‗txonaning qozon-utilizatorida bug‗ 0,4-0,5 MPa bosim bilan 
ishlanadi. Bu bug‗dan bug‗ yo‗ldoshli quvur uzatmalarning qurilmalarida 
foydalaniladi. Oltingugurt tashiladigan quvur uzatmalarda hamda suyuq 
oltingugurt saqlanadigan omborlarda 130-150°С harorat saqlanadi. Qozon-
utilizatorda kondensatsiyalangan oltingugurt gidravlik zatvor (7) orqali yer osti 
omboriga (20) oqib o‗tadi. Oltingugurt ikki oksidi bilan boyitilgan texnologik 


560 
gaz qozon-utilizatordan yordamchi o‗txona I katalitik pog‗ona I-ga (11) 
aralashtirish uchun yo‗naltiriladi. Yoqilg‗i yoqish kamerasiga vodorod-sul‘fidli 
gaz (6% umumiy miqdorning massasi) va havo purkagichdan (5) kirib keladi.
Havo:gazning hajmiy nisbatlari (2-3) : 1 ga teng, shu yerda avtomatik 
ushlab turiladi. Yonish mahsulotlarining aralashmasi yordamchi o‗txona (11) 
aralashtirish kamerasidan yuqoridan pastga tik reaktorning I-chi pog‗onasiga 
(8) kirib keladi. Reaktorda teshilgan panjaraga katalizator-faol alyuminiy oksidi 
yuklangan. Katalizator orqali gaz o‗tish davomida uning harorati oshadi, 
qaysiki, qatlam qalinligi chegaralangan, haroratning ko‗tarilishi bilan 
katalizatorning dezaktivatsiyasining ehtimolligi oshadi. 
Texnologik gaz reaktordan (8) kondensator - rotorni alohida (10) 
seksiyasiga yo‗naltiriladi. Kondensatsiyalangan oltingugurt gidravlik zatvor (9) 
orqali oltingugurtni saqlash omboriga (20) yo‗naltiriladi, gaz esa ikkinchi 
yordamchi o‗txona II-chining katalitik pog‗onasiga (14) aralashtirish kamerasiga 
yo‗naltiriladi. Kondensator-generatorda 0,5 yoki 1,2 MPa bosimda ishlangan 
gaz qurilmada foydalaniladi yoki zavod bug‗ uzatmasiga olib ketiladi. 
O‗txonaning yoqish kamerasiga (14) vodorod-sul‘fid tarkibli gaz (5% umumiy 
miqdordagi massasiga nisbatan) va havo purkagichdan havo (5) (1 :2-3 hajmiy 
nisbatlarda) kirib keladi. Vodorod-sul‘fidli va texnik gazlarni yonish 
mahsulotlarini aralashmasi yordamchi o‗txonasini (14) aralashish kamerasidan 
reaktorga (konventor) II-chi pog‗onasiga (16) kirib keladi hamda faol alyuminiy 
oksidi yuklangan. Gaz reaktordan kondensator-generatorning (10) ikkinchi 
seksiyasiga kirib keladi, u yerda oltingugurt kondensatsiyalanadi va yer osti 
omboriga (20) gidravlik zatvor (17) orqali oqib o‗tadi. Texnologik gaz 
oltingugurt tutqich (15) orqali o‗tadi, mexanik olib ketilgan oltingugurtning 
tomchisi keramik halqadan nasadka qatlami orqali ushlab qolinadi. Gidravlik 
zatvor (18) orqali omborga (20) oqib o‗tadi. Gaz yoqish pechiga (12) 
yo‗naltiriladi, u yerda yoqilg‗i gazini yoqish hisobiga 580-600°Сgacha 
qizdiriladi. Yoqilg‗ini yoqish va vodorod-sul‘fid qoldiqlarini yoqish uchun 
kerakli havo mo‗ri quvurining (13) yoqilg‗i gazi bilan injeksiyalanadi.


561 

Download 15,32 Mb.
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Texnik vodorod-sul‘fiddan oltingugurt ishlab chiqarish

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish