-rasm. Texnik vodorod-sul‘fiddan




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

14.16-rasm. Texnik vodorod-sul‘fiddan 
sulfat
 kislotasini ishlab chiqarish qurilmasining 
texnologik sxemasi: 
1-qabul-qilgich-nam ajratgich; 2-pech; 3-kontakt apparati; 4-havo purkagich; 5-fil‘tr; 6-
sovutgich; 7-minora-kondensator; 8-naporli idish; 9-qazon-utilizator; 10-deaerator; 11-
analizator; 12-gidravlik-zatvor; 13-elektr-fil‘tr; 14-yig‗gich; 15-nasos; 16-bosim rostlagich; 
17-sarf rostlagich; 18,19-haroratni rostlagich; 20-haroratni korreksiyalab sarfni rostlagich; 
21-sarf rostlagich.
Gaz kontakt apparatiga yuqoridan kiritiladi hamda panjarasi va 
aralashtirgich orqali ketma-ket holda to‗rt qatlamli kontakt massasi orqali o‗tadi. 
Oltingugurt ikki oksidni oksidlanishi natijasida ajraladigan issiqlikni olish uchun 
havo purkagichni (4) pnevmo-zaslonkasini haroratni rostlovchi kontakt apparati
orqali (kirishda va har bir katalizator qatlamining oldidan) sovuq havo uzatiladi. 
Apparatdan gaz (3) panjara orqali minora-kondensatorning (7) pastki qismiga 
kirib keladi. Minoraning yuqori qismiga nasos (15) bilan sug‗oruvchi sifatida 
sovuq 
sulfat 
kislotasi beriladi, qaysiki naporli idishdan (8) qurilma orqali bir 
tekis minora-kondensator kesimi bo‗yicha kislota kiritiladi. Minorada 


565 
kondensatsiyalangan 
sulfat
kislotasi sovutgich (6) orqali yig‗gichga (14) 
chiqariladi, u yerdan balansli ortiqcha kislota tayyor mahsulot rezervuariga olib 
ketiladi. 
Kondensatsiyalanmagan gaz minora-kondensatordan (7) futerovkali 
gazuzatma orqali gidravlik zatvorga (12) va ho‗l elektr fil‘trga (13) kirib keladi. 
Elektr fil‘tri gaz tumanlaridan 93-94% gacha 
sulfat
kislotasining 
konsentratsiyasini ushlab qolish uchun mo‗ljallangan. Gidravlik zatvor 
purkalmalarni ham ushlab olish uchun xizmat qiladi. Tozalangan gaz 
atmosferaga chiqariladi. Kontakt apparatida katalizatorni dastlab qizdirish uchun 
ishga qo‗shuvchi qizdirgichdan foydalaniladi, havo gazni yoqish hisobiga 
qizdiriladi. 
Sulfat
kislotasi xalq xo‗jaligida mineral o‗g‗itlarni, fosfor, bor, tuzli va 
boshqa kislotalarni, bo‗yog‗ichlarni olishda, dori moddalarini, rang 
metallurgiyada, qog‗oz sanoatida va boshqalarda keng qo‗llaniladi.
Neftni qayta ishlash sanoatida oleumda (oltingugurtni kislotasida 
oltingugurtni uch oksidli eritmasi SO
3
) m-parafinlarni aromatik 
uglevodorodlradan tozalashda, neft mahsulotlarini oltingugurtli va chegarasiz 
organik birikmalardan tozalashda qo‗llaniladi. 
Qurilmani normal ishlatishda kontakt apparatlariga gaz uzatiladi, uning 
tarkibida 6—8 % (hajmiySO
2
va 11—12 % (hajmiy) О
2
, qaysiki o‗txonaga 8-
10 karrali havoni vodorod-sul‘fidga nisbatan yetishmasligi kuzatiladi. Kontakt 
apparatlarida katalizator sifatida sul‘fovanadat-diatom massasi qo‗llaniladi. Uni 
tayyorlashda unga pirosul‘fid kaliy kiritiladi, vannadiyning faol besh oksidli 
VaOg • KaSaO majmuasini hosil qiladi. Katalizatorni kiritishda (500-700°С) 
faol kompleks qisman parchalanadi, shuning uchun massa yuklangandan keyin 
oltingugurtning ikki oksidi bilan (gacha 3,5% hajmiy) to‗yinadi, keyin esa 
oltingugurt ikki oksidining konsentratsiyasi 6 - 10% gacha oshadi (hajmiy). 
Harorat 400°С dan past bo‗lganda oltingugurt ikki oksidining oksidlanish 
darajasi 100% ga yaqin, lekin bunda katalizator mavjud bo‗lganda ham 
reaksiyaning tezligi juda kichik bo‗ladi. Oltingugurt oksidini uch oksidga 


566 
katalitik reaksiyasini boshlanishida, bu-kontakt massasining yonish harorati 
(belgilangan katalizator uchun 440°С); past haroratda katalizatorning faolligi 
keskin pasayadi. Gazda kislorod oshirilganda yonish harorati bir qancha oshadi. 
Gaz kislorod bilan boyitilganda katalizatorning qatlamlaridan o‗tishda 
(sovutishga havoni uzatish hisobiga) IV-chi qatlamga gazni kirish harorati 
425°С gacha pasaytirilgan bo‗lishi mumkin. Kontakt massasining qatlamidan 
chetdagi gazning maksimal harorati massani qaynatishga va faolligini 
yo‗qotilishidan holi bo‗lgan holda 580-600°С dan oshib ketmasligi kerak. 
Minora-kondensatorda 
sulfat 
kislotasini kondensatsiyasi nasadkaning 
sirtida va gazning hajmida bo‗lib o‗tadi. Nasadkaning sirtida kondensatsiya 
minoraning pastki qismida sodir bo‗ladi. 
Sulfat
kislotasining 35% ga yaqini 
hajmda kondensatsiyalanadi, bunda bug‗lar suyuqlikning tomchilariga aylanadi, 
tumanga o‗tadi va gazning oqimi bilan chiqib ketadi. 
Sulfat 
kislotasining 
kondensatsiyasi 275°С da boshlanadi va 150°С da tugaydi. 150°Сda 
sulfat
kislotasini tumanlarini ushlab qolish namli tik elektr fil‘trlari yordamida amalga 
oshiriladi. Qozon-utilizatordagi bug‗ning bosimi yetarlicha yuqori ushlab 
turiladi, qaysiki issiqlik almashtirish qozoni sirtidagi harorat 
sulfat 
kislotasining 
(275°С) shudring nuqtasini haroratidan yuqori bo‗lishi kerak. 
Kislota sovitiladigan sovutgichning quvuri suv bilan sug‗oriladi, 
tarmoqdan teskari suv bilan olib ketiladi. Nordon suvlarni oqovoga tushishini 
oldini olish nordon oqovo suvlarni neytrallashtirish stansiyasidan oldin quriladi. 
Sovutgichning quvurlaridan yoki flanetslaridan oqib chiqish shakllansa, u suvga 
tushishi mumkin. Bunday holatda kislotalikni ko‗rsatuvchi datchik ishlab ketadi, 
klapan suvni aylanma tizimga tushishishini berkitadi, suv maxsus yig‗gichga 
yo‗naltiriladi va kislotani neytrallashtirish uchun ishqorli eritmaga beriladi 
Qurilmada territoriyani quruq tozalash masalasi ko‗rib chiqilgan; kislota to‗kilib 
ketgan holda soda bilan yuviladi, qum sepiladi va tozalanadi. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish