Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
 


567 
Xulosa 
Kolonna turidagi to‗xtovsiz ishlaydigan bitumli qurilma oksidlangan 
neftli bitumlarini olish uchun mo‗ljallangan. Xomashyo sifatida gudronlar (neft 
chiqindisi), ko‗p fraksiyali gudronlar, neft qoldiqlarini deasfaltizatsiya asfaltlari, 
termik kreking qoldiqlari va ularni aralashmasi, og‗ir neft uchun-mazutlardan 
foydalaniladi. Qurilmada xomashyo sarfini, bosimini va siqilgan havo sarfini, 
oksidlovchi kolonnadagi suyuqlik fazasini haroratini va sathini avtomatik 
rostlagichlar hamda oksidlovchi kolonnaga kirib keladigan xomashyoni va 
havoli sovutish apparatidan keyin tovar bitumini mahsulotini haroratini yozib 
olish uchun kolonnaning uchta nuqtasiga nazorat qiluvchi asboblar va vositalar 
o‗rnatiladi. Qayta ishlash uchun rezervuardan xomashyoni qabul qiluvchi 
qurilmani ishini nazorat qilish oldindan ko‗rib chiqilgan. Bunday holda 
xomashyo talab qilingan haroratgacha zmeyevik pechida qizdiriladi. 
Qurilmaning asosiy seksiyalari quyidagilar: zmeyevikli pechda xomashyoni 
qizdirish; reaktor bloki (zmeyevik turidagi reaktor); gaz va suyuqlik fazasini 
ajratish; neft mahsulotlarini va suv bug‗larini kondensatsiyalash va sovutish
ajratish; oksidlangan gazsimon mahsulotlarni yoqish kiradi. Bitumlarning 
xossalari komponent tarkibiga bog‗liq bo‗ladi, uning optimal qiymatiga 
asfaltenlar, smolalar va moylarning aromatik uglevodorodlarning kerakli 
miqdori bilan ma‘lum bir mos nisbatlarida erishish mumkin. Shunday ekan, 
bitumlarning xossalari dastlabki neftning xossalari bilan aniqlanadi va dastlabki 
xomashyo aralashmasini tanlash hamda oksidlanuvchi tuzilmani hosil bo‗lishi 
jarayoni bilan rostlanadi. Oxirgi yillarda transportlar harakatining jadallashuvi 
tez o‗sib, shinalariga ko‗p bosim beruvchi og‗ir yukli avtomobillardan 
foydalanish hisobiga yo‗l qoplamalariga beriladigan yuklamalar ko‗paydi. Bu 
asfaltbeton qoplamalarining o‗yiqlar, yoriqlar hosil bo‗lishi va uning tarkibigi 
kiruvchi materiallarning chiqib ketishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi va tez 
buzilishiga olib keladi. Butun dunyoda o‗sib borayotgan yuklamaga qarshi to‗ra 
oladigan, yangi biriktiruv materiallarini sintez qilish va tanlash, yo‗l 
qoplamalarining foydalanish vaqtini uzaytirish va ta‘mirlash ishlarini olib 


568 
borishdagi vosita va materiallar sarfini kamaytirish bo‗yicha ishlar jadal olib 
borilmoqda. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish