15.5.Yuqori sifatli motor yoqilg‗ilarini ishlab chiqarishning asosiy
tendensiyalari va zamonaviy muammolari
Hozirgi kunda dunyoni ko‗plab mamlakatlarining neftni qayta ishlash
sanoatining motor yoqilg‗ilariga nisbatan o‗sib borayotgan talabni neftni qazib
chiqarish hajmini oshirish hisobiga qoplash imkoniyatlari deyarli ishlatib
bo‗lingan. Bu aktual muammoni yechish uchun neftni qayta ishlashning,
dvigatellar ishlab chiqarish va motor yoqilg‗ilarini iste‘mol qilishning
muvozanatlash quyidagi yo‗nalishlarini rivojlantirishga bo‗lgan qiziqishni
oshiradi:
1)
neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish va kimyolashtirish;
2)
resurslarni kengaytirish va DVS ekspluatatsiyasida ularning haqiqiy sarfini
kamaytirish maqsadida motor yoqilg‗ilari sifatini optimallashtirish;
3)
dvigatel‘ konstruksiyalarini takomillashtirish;
4)
avtomobil parkini dizellashtirish;
5)
alternativ yoqilg‗ilar – gaz ko‗rinishidagi, kislorod saqlovchi va qattiq
yonuvchi qazilmalardan olinadigan yoqilg‗ilarni qo‗llash;
Yuqorida sanab o‗tilgan yo‗nalishlardan birinchisi zamonaviy jahon
neftni qayta ishlash sanoati rivojlanishining bosh yo‗nalishidar va
moslashuvchan texnologik sxemalarni ishlab chiqish va joriy etish va neft
qoldiqlaridan yuqori sifatli motor yoqilg‗ilari va boshqa neft mahsulotlari
olinadigan neftni chuqur qayta ishlashning yuqori intensiv ekologik zararsiz
termokatalitik va gidrogenizatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish bilan
bog‗liq.
Ikkinchi
yo‗nalish
sifat darajasiga
nisbatan
motor
yoqilg‗ilari
590
iste‘molchilarining ularni inlab chiqarish va qo‗llashda minimal xalq xo‗jaligi
xarajatlarini ta‘minlovchi, iqtisodiy va texnik asoslangan talablarini ishlab
chiqish zarurati bilan bog‗liqdir. Bunda yoqilg‗ini qo‗llashning, atrof muhit
himoyasi bo‗yicha uzluksiz keskinlashayotgan talablarga bog‗liq holda
aktualligi o‗sib borayotgan ekologik samaradorligi ham hisobga olinadi.
Shunday qilib, oxirgi yillarda dunyoning bir qator, ayniqsa, iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarida avtobenzinlarda qo‗rg‗oshin miqdorini pasaytirish va noetil
benzinlarni ishlab chiqarish va qo‗llashga yo‗naltirilgan bir qator qonuniy
yechimlar ishlab chiqilgan. Neftni qayta ishlovchilar nuqtai nazariga ko‗ra,
avtobenzinlarning oktan sonini oshirishning eng arzon va energetik samarador
usuli bo‗lgan etillashdan voz kechish, umumiy benzin fondi oktan sonini
oshirishdek og‗ir masalani qo‗yadi. Etillashdan voz kechilganda oktan sonining
kerakli miqdorda oshirilishi yuqori oktanli komponentlar ishlab chiqarishning
texnologik jarayonlarini rivojlantirish va takomillashtirish hamda alternativ
yuqori oktanli qo‗shimchalarni qo‗llash hisobiga ta‘minlanishi kerak va bu
kattagina kapital sarflarini talab etadi. O‗z navbatida, yuqori oktanli noetil
karbyurator yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish tovar benzinlari oktan sonining bir
qadar pasayishi bilan kechishi mumkin va natijada avtomobillarning yoqilg‗i
tejamkorligiga nisbatan talabning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Qiyinchiliklar o‗rta distillyatlar – reaktiv va dizel yoqilg‗ilari sifatini
optimallashtirishda ham paydo bo‗ladi. Reaktiv dvigatellar uchun yoqilg‗isi
asosan neftni to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan fraksiyalaridan olinadi. Ularni ishlab
chiqarish
resurslarini
kengaytirish
fraksion
tarkibni
(kengaytirib),
kristallanishning boshlanishi harorati va aromatik uglevodorodlar miqdorini,
qovushqoqligi va sifatning boshqa ko‗rsatgichlarini optimallashtirish bilan
bog‗liq.
Motor yoqilg‗isini iqtisod qilishning sezilarli rezervi yoqilg‗i solishtirma
sarfini 25-30% ga kamaytirish imkonini beruvchi, avtomobil transportini
dizellashtirish hisoblanadi. Biroq, shuni qayd etish kerakki, oxirgi yillarda
benzinli dvigatellarni takomillashtirish, bu farqni 15 - 20% ga olib keldi va bu
591
transportlarni dizellashtirish sur‘atining biroz pasayishiga olib keldi. Shunga
qaramasdan, so‗nggi ikki o‗n yillikda dizellarni ishlab chiqarish uzluksiz
ravishda yiliga o‗rtacha 8 mln donaga oshgan.
Avtobenzinlar ishlab chiqarishda asosiy tendensiyalar. Dunyo bo‗yicha
avtobenzinlar ishlab chiqarish 2000 y holatiga ko‗ra yiliga 953 mln tonnani
tashkil etgan. Jahon avtomobil parkining yuqori o‗sish sur‘atlariga (yiliga 10
mln donaga) qaramasdan, avtobenzinlarni iste‘mol qilish yaqin yillarda
avtomobillarning yoqilg‗i tejamkorligining sezilarli o‗sishi, avtotransportlar bir
qismining yoqilg‗ining alternativ manbalariga o‗tkazilishi va dizellashtirishning
tezlashishi hisobiga avvalgi darajasida saqlanadi. Shunday qilib, AQShda
shaxsiy yengil transportda avtobenzinlarning solishtirma sarfi 1975 dan 1985
yilgacha bo‗lgan davr uchun har 100 km ga 14,9 dan 8,6 litrga, ya‘ni uchdan bir
qismiga kamaygan. Bu ko‗rsatgichni 2000 yilgacha 6 l/100 km ga yetkazish
ko‗zda tutilgan edi. AQSh, Yaponiya shuningdek G‗arbiy Yevropa davlatlarida
avtotransportlar yoqilg‗i iqtisodining bunday sezilarli o‗sishiga avtomobilning
o‗z massasini kamaytirish (yengil konstruksion materiallarni qo‗llash va yengil
avtomobillarning kichik va eng kichik klasslarini ko‗proq ishlab chiqarish
hisobiga), dvigatel va transmissiyaning FIK ni samarali oshirish, kuzovning
aerodinamik qarshiligini pasaytirish, elektron nazorat tizimlarini qo‗llash,
avtomobil yo‗llari sifatini oshirish va h.k.lar sababli erishilgan.
Oxirgi yillargacha avtobenzinlar ishlab chiqarishni rivojlantirishning bosh
tendensiyasi ularnig DS (dvigatellar ishlab chiqarishda – siqish darajasining
ortish) ni uzluksiz oshirish bo‗ldi, bu esa transport vositalari
ekspluatatsiyasining
texnik-iqtisodiy
ko‗rsatgichlarini sezilarli darajada
yaxshilanishiga olib keldi. Biroq DS ning keyingi zamonaviy yuqori darajada
o‗sishi uchun neftni qayta ishlashda katalitik riforming, alkillash, izomerlash va
h.k kabi avtobenzinlar resurslarini kamaytirishga olib keluvchi qimmatroq va
ko‗proq energiya sarflovchi katalitik jarayonlarni rivojlantirish talab etildi.
Tabiiyki, neftni qayta ishlashda bunday xarajatlar o‗rni yuqori oktanli
benzinlarni qo‗llash hisobiga iste‘molchilar vositalarni iqtisod qilishi bilan
592
qoplanishi kerak. Natijada, avtobenzinlar DS ning optimal qiymati neftni qayta
ishlash jarayonlarining kimyolashish darajasi va texnologiyasiga, shuningdek
neftning jahon narxlariga ko‗ra belgilanadi.
Hozirgi vaqtda Rossiyada eng ommaviy avtobenzin A-76 hisoblanadi.
Yaqin yillarda A-72 ning ishlab chiqarilishi butunlay to‗xtatiladi, va istiqbolda
asosan AI-93 (yoki AI-92) va AI-95 ishlab chiqarilishi rivojlantiriladi.
Mamlakat aholisining transport bilan ta‘minlanganlik darajasini oshirish
maqsadida asosan quyidagi yuqori yoqilg‗i tejamkorligiga ega avtomobillar
ishlab chiqarishni sezilarli oshirish ko‗zda tutilgan: kam yuko‗taruvchi maxsus
yuk mashinalar, o‗rta), kichik va juda kichik klassdagi yengil avtomobillar va
avtopark tuzilishini optimallashtirish bo‗yicha bir qator boshqa tadbirlar.
Ekologik talablarning qattiqlashishi munosabati bilan dunyoning ko‗plab
mamlakatlarida avtobenzinlarda qo‗rg‗oshinli antidetonatorlarni qo‗llashni
taqiqlash bo‗yicha qonun hujjatlari qabul qilingan. Zamonaviy avtomobillar
chiqindi gazlarining zaxarliligi bo‗yicha qat‘iy ekologik normalarni
qanoatlantirishi kerak (15.2-jadval), avtobenzin va dizel yoqilg‗ilari esa ularning
DVSi uchun Yevropa Ittifoqi va AQSh normalari (15.3-jadval) bo‗yicha ishlab
chiqarilishi kerak.
15.3-jadvaldan ko‗rinib turibdiki, istiqbolli chet el benzinlarining o‗ziga
xos xususiyati ularda aromatik uglevodorodlar miqdorining kamligi(<30 %, shu
jumladan benzol<1 %) bo‗lib, u qurum hosil bo‗lishi, qizdiruvchiyonish, DS
ning fraksiyalar bo‗yicha tekis taqsimlanish koeffitsiyenti, va avvalo ekologik
tozalik kabi yuqori sifat ko‗rsatgichlarining belgisi hisoblanadi. Benzinlarning
DS yuqori ko‗rsatgichlarida aromatik uglevodorodlarning kam miqdoriga, sobiq
SSSR dagiga nisbatan, ularning tarkibiga ko‗p miqdordagi yuqori oktanli
izoparafin uglevodorodlarni xarakterlovchi, katalitik kreking alkilat va
benzinlarining komponent tarkibini ko‗proq jalb etish bilan erishiladi (15.3
jadval).
|