600
Mamlakatimizda maxsus kompleks programma doirasida ko‗mirdan (uni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri chuqurlashtirish yoki sintez-gazda dastlabki gazifikatsiyalash
yo‗li bilan) motor yoqilg‗ilari olish bo‗yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Tabiiy gazdan transport yoki energetik qurilmalarda to‗g‗ridan-to‗g‗ri
foydalanish eng istiqbolli hisoblanadi. Siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi gaz
yoqilg‗isidan foydalanishga mo‗ljallangan avtomobillar ko‗proq paydo
bo‗lmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyo bo‗yicha gaz yoqilg‗ilari bilan ekspluatatsiya
qilinadigan avtomobillar parki 5 mln.dan ortiq deb baholanadi. Avtomobillarda
asosan metandan tashkil topuvchi siqilgan tabiiy gaz ballonlarda 20 MPa.gacha
bo‗lgan bosimda saqlanadi va ekspluatatsiya qilinadi.
Tabiiy gaz yuqori
antidetanatsiya xossaga ega bo‗lib (OCHIM PO atrofida), bu dvigatellarning
siqish darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi va bu bilan
dvigatelning litrli quvvatini oshirish va yoqilg‗ining solishtirma sarfini
pasaytirishga olib keladi.
Dvigatel siqilgan tabiiy gazda (STG) ishlaganida ta‘mirlashlar oralig‗i
benzindagiga nisbatan 2 marta yuqoriroq va moyning
sarfi sezilarli darajada
kam bo‗ladi. STG ning kamchiligi maxsus qalin devorli ballonlardan
foydalanish zaruratidadir. Asosan propan va butandan tashkil topgan siqilgan
neft gazlari (SNG) avtomobil yoqilg‗isi sifatida siqilgan gazlar oldida bir qator
afzalliklarga ega va shuning uchun ham hozirgi vaqtda kengroq
foydalanilmoqda. SNG – yuqori antidetanatsiya xossasiga ega bo‗lgan, keng
uchqunlanish chegarasiga ega bo‗lgan, sifatli uglevodorod yoqilg‗isi (OCHIM
PO atrofida), havo bilan yaxshi aralashadi va silindrda deyarli to‗liq yonadi.
Natijada SNG dan foydalanuvchi avtomobil benzinliga nisbatan 4.5
marta
kamroq zaxarliroqdir. SNG dan foydalanishda yoqilg‗i bug‗larining dvigatel
silindrlarida kondensatsiyalanishi to‗liq bartaraf etiladi, va natijada karter
moyining suyuqlashishi yuz bermaydi. Qurum hosil bo‗lishi juda kam bo‗ladi.
SNG lar kamchiliklariga ularning yuqori uchuvchanligi
va portlash xavfining
kattaligini kiritish mumkin.
601
Oxirgi yillarda neftning qimmatlashishi va QTE larni qo‗llashning
taqiqlanishiga bog‗liq holda dunyoning ko‗plab mamlakatlarida yuqori oktanli
tovar avtobenzinlarida kislorod saqlovchi birikmalardan foydalanishning
oshishiga bo‗lgan tendensiya kuzatilmoqda. Ular orasidan metilli (MS), etilli
(ES) i tret-butillli (TBS) spirtlar, vaayniqsa yuqori oktan soniga, asosiy
fraksiyalar OCH sini oshirishga va bu bilan DS ni taqsimlanish koeffitsiyentini
oshirishga imkon beruvchi past qaynash haroratiga,
shuningdek yetarlicha
yonish issiqligiga ega bo‗lgan metil-tret-butil efiri (MTBE) (15.5 jadval) keng
qo‗llaniladi. Spirtlardan metanol eng keng xomashyo resursiga ega. Uni gazdan,
ko‗mirdan, yog‗ochdan, biomassadan va turli xil chiqindilardan ishlab chiqarish
mumkin.
Suvsiz metanol benzin bilan har qanday nisbatlarda yaxshi aralashadi,
biroq suvning oz miqdorda tushishi ham aralashmaning qatlamlashishiga olib
keladi. Metanolda benzinga nisbatan yonish issiqligi kam bo‗lib, u ko‗proq
zaxarli. Shunga qaramasdan metanolga kelajak yoqilg‗isi sifatida qaralmoqda.
Shuningdek metanolni bilvosita motor yoqilg‗isi sifatida ishlatish bo‗yicha
tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunday qilib, metanoldan ZSMturidagi seolitlarda
benzin olish jarayonlari ishlab chiqilgan.
Kislorod saqlovchi yuqori oktanli komponentlar orasida eng istiqbolli va
bugungi kunda chet el avtobenzinlari tarkibida eng keng qo‗llanilayotgan
oksigenat bu efirlardir. Ular yaxshi antidetanatsion xossaga ega bo‗lib, deyarli
korroziyaga olib kelmaydi va avtomobillar taminlash tizimlarini o‗zgartirishni