Neft qoldiqlarini qayta ishlab motor yoqilg‗isini olish




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

15.4. Neft qoldiqlarini qayta ishlab motor yoqilg‗isini olish 
texnologiyasining zamonaviy texnologiyalari  
Kirib kelgan XXI asrda jahon iqtisodiyotining dolzarb muammosi neft 
zaxiralarining tugashi bo‗ladi.Uning dunyo bo‗yicha olinadigan zaxirasi (~ 140 
mlrd t) bugungi kundagi qazib chiqarish darajasini (~3,2 mlrd. t) saqlagan holda 
taxminan 40 yilga yetadi. Rossiya neft zaxiralari esa (< 7 mlrd t) bugungi 
kundagi qazib chiqarish darajasini (~500 mln t/yil) saqlagan xolda bor yo‗g‗i 14 
- 15 yilga yetadi. Uning zaxiralari keyingi o‗n yillikda Samatlor koni kabi yangi 
geologik natijalar bilan to‗ldirilmadi, va bundan tashqari ular samarasiz ishlatish 
va chuqur qayta ishlanmaganligi sababli kamaygan. Shunday qilib, 1991 dan 
1999 yillargacha 
bo‗lgan 
oraliqda qazib chiqariladigan neft zaxiralarining oshish 
sur‘ati uning qazib chiqarilishiga nisbatan 1,81 dan 0,42 gacha kamaydi. Bundan 
tashqari biz yaqin ikki-uch o‗n yillikda qazib chiqarilishi qiyin bo‗lgan past 
rentabelli zaxiralar, boshlang‗ich neft zaxiralari yuqori darajada ishlab bo‗lgan 
kam debitli konlar bilan ishlashga majburmiz. Shu jumladan respublikamizdagi 
Ko‗kdumaloq, Shimoliy O‗rtabuloq, Kruk, Janubiy Kemachi va hakozo 
konlardagi qatlam bosimining pasayish va suvlanganlik darajasini oshib 
ketganligi qazib olish ko‗rsatgichlariga ta‘sir qilishi bilan birgalikda uni qayta 
ishlashda ham yangi texnologiyalarni qo‗llashni taqozo qilmoqda. Shunday 


583 
qilib, boshlang‗ich neft zaxiralarining ishlatib bo‗linganligi darajasi 
ishlatilayotgan G‗arbiy Sibir konlari bo‗yicha bugungi kunda 38,7%, Volga-
Ural hudud bo‗yicha – 68,8%, Shimoliy Kavkvz bo‗yicha – 82%ni tashkil etadi. 
Eng yirik konlarda ishlatib bo‗linganlik darajasi oshdi: Samotlor - 68, Fedorov - 
63, Mamont - 74, Romashkin - 86 va Arlan - 84%. Ishlatib bo‗linganlik 
darajasining oshishi bilan tabiiy ravishda qazib chiqarilayotgan neftning 
suvlanganligi oshadi, quduqlar debiti va zaxiralarni olish tezligi ham pasayadi. 
Rossiya bo‗yicha suvlanganlik darajasi hozirgi vaqtda o‗rtacha 20%. Qazib 
chiqarilayotgan neft konlari debiti oxirgi 20 yilda 5 barobardan ko‗proqqa 
pasaydi, bunda ba‘zi bir hududlarda (Tatneft, Bashneft, Perm‘- neft) ularning 
darajasi 5 t/sut atrofida tashkil etadi.
Agarda o‗z vaqtida ―neftning tugamasligi va arzonligi‖ haqidagi noto‗g‗ri 
tushunchalar tugatilmasa, bir necha o‗n yillikdan so‗ng uni tabiiy zaxiralarning 
―Qizil kitobi‖ga kiritilishi va keyingi avlodlar uni qattiq yonuvchi qazilmalardan 
sintez qilishga majbur bo‗lishlari ehtimoldan xoli emas 15.2- jadvalda qazib 
chiqarilayotgan neftning 1999 yilda Rossiya, AQSh va G‗arbiy Yevropada qayta 
ishlash samaradorligi ko‗rsatilgan. Undan kelib chiqadiki, Rossiyada neftni 
qayta ishlash hajmi va qayta ishlash chuqurligi bo‗yicha ham va motor 
yoqilg‗ilari turlariga aylantirish bo‗yicha ham ortda qolmoqda. 
Neft yetishmasligi va uni yerdan qazib chiqarish murakkabligining oshib 
borishi sharoitlarida, shuningdek qozonxonalarni qizdirishda yoqish uchun 
yetarlicha gaz va ko‗mir yoqilg‗isi miqdorining borligida ham neft resurslarini 
mavjud noratsional sarflash amaliyotini oqlab bo‗lmaydi. Neft faqatgina yuqori 
sifatli va ekologik toza mahsulotlarni, avvalo motor yoqilg‗ilari, yuqori indeksli 
moylar va neftkimyo sintezi uchun xomashyo olinadigan darajada chuqur va 
qoldiqsiz qayta ishlanishi kerak. Neftni qayta ishlash rivojining strategik 
yo‗nalishi deb neftni chuqur va qoldiqsiz qayta ishlash va eksport hajmini 
sezilarli qisqartirish deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Bunda ulkan gaz 
zaxirasiga ega bo‗lgan (dunyo bo‗yicha 3-dan yuqori) Rossiyaning issiqlik- va 
elektr energetikasini yanada ekologik toza va resurs bilan ta‘minlangan 


584 
‗zangori‖ va yadro yoqilg‗ilariga o‗tkazish kerak bo‗ladi. 
Мамлакатимизда нефтни қайта ишлаш чуқурлиги охирги 30 йилда, 
бу муаммо бўйича кўп маротаба қабул қилинган давлат дастурларига 
қарамасдан, деярли кўтарилмади ва 64…65% даражасида ―қотиб‖қолди. 
Uning qolgan uchdan bir qismi oltingugurtli va yuqori oltingugurtli yonilg‗i 
ko‗rinishida, havoga ulkan qiymatdagi zaxarli oltingugurt va azot oksidlarini 
chiqarib, issiqlik- va elektr stansiyalarda yoqildi va yoqishda davom etilmoqda. 
Hozirda va istiqbolda ham neftdan ratsional va kompleks foydalanish va uni 
chuqur «qoldiqsiz» qayta ishlashning al‘ternativlari yo‗q. 
Toshkent shahrida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining 
―O‗zbekistonda yo‗ldosh gazni utilizatsiya qilishning tajribasi va neftgaz 
tarmog‗ida Toza rivojlanish mexanizmi loyihasini joriy etish‖ masalasi bo‗yicha 
―Uzbekneftgaz‖ Milliy xolding kompaniyasi tomonidan anjuman tashkil etilgan 
bo‗lib, unda yo‗ldosh gazni yoqishni qisqartirish bo‗yicha O‗zbekistondagi 
Jahon banki bilan Global hamkorlik muammolari ko‗rib chiqildi. Anjumanda 
atmosferaga 
chiqariladigan 
gazni 
chiqindilarini 
imkoniyat 
darajasida 
kamaytirish usullari muhokama qilindi. 
Anjumanda bugungi kunda iqlimning global o‗zgarishi katta 
muammolarni keltirib chiqarayotganligi belgilandi.

Download 15,32 Mb.
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Neft qoldiqlarini qayta ishlab motor yoqilg‗isini olish

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish