Yevropa ittifoqi avtobenzin va dizel yoqilg‗ilari sifatining asosiy
ko‗rsatgichlari.
15.2- жадвал
YEI davlatlarida chiqindilarning ruxsat etilgan normalari (1250 kg og‗irlikdagi 99 yengil
avtomobillarga), g/km
Normalar
Kiritilgan yili
YEI (RF)
Benzinli dvigatellar
Dizelli
dvigatellar
СО
С Н
m n
NO*
CO
C H
mn
NO*
Qattiq zarralar
Yevro-1
1993
(1999)
2,72
0,97*
2,72
0,97*
0,14
Yevro-2
1996
(2006)
2,2
0,5*
1,0
0,67*
0,08
Yevro-3
2000
(2008)
1,5
0,17
0,14
0,6
0,06
0,5
0,05
Yevro-4
2005
(2010)
0,7
0,08
0,07
0,47
0,05
0,25
0,05
* Summа C
m
H
n
ва NO
15.3- жадвал
Кўрсатгичлар
Евро-2
1996 г.
Евро-3
2000 г.
Евро-4
2005 г.
Автобензинлар:
Миқдори,
…дан кўп эмас:
бензол, % об.
5
1
1
аренлар, % об.
-
42
30
олтингугурт, % маС (ppm)
0,05 (500)
0,015 (150)
0,003^0,001 (30...10)
олефинлар, % маС
-
18
14
кислород, % маС
-
2,3
2,7
Дизель ёқилғиси:
Цетансони,
…дан кам эмас:
-
-
51
Миқдори,
…дан кам эмас:
ПАУ, %
11
олтингугурт, %
0,035
594
Mamlakatimiz yuqori oktanli benzinlari tarkibida riformat ko‗proq bo‗lib,
bu ularning tarkibida aromatik uglevodorodlarning yuqori miqdorda bo‗lishiga
olib keladi. Hozircha bizning mamlakatimiz zamonaviy GOSTlarida aromatik
uglevodorodlar miqdori bo‗yicha ham, benzin fraksiyalarida DS lar tekis
taqsimlanishi bo‗yicha ham cheklovlar ko‗zda tutilmagan. Cheklangan
miqdordagi aromatik uglevodorodli (30% dan kam) va fraksiyalar bo‗yicha DS
15.4- jadval
Rossiya, AQSh va G‗arbiy Yevropa avtobenzinlarining komponent tarkibi
Ko‗rsatgich
(1999 y. ma‘lumotlari)
Rossiya
AQSh G‗arbiy-
Yevropa
Benzin fondining umumiy hajmi, mlnt/yil
24
330
130
Komponent tarkibi, % um.:
butanlar
5, 7
7
5
riformat
54,1
34
48,2
katalitik kreking fraksiyalari
20
35,5
27
izomerizat
1,5
5
5
alkilat
0,3
11,2
5
oksigenatlar
0,2
3,6
2
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xaydash va gidrokreking fraksiyalari
13,3
3,1
7,3
termichek jarayonlar fraksiyalari
4,97
0,6
0,5
Oktan soni: (OCHIM + OCHMM)/2
82
89
88
Miqdori:
qo‗rg‗oshin, g/l
0,25
00
oltingugurt, % maS
0,1
0,03
0,02
aromatik uglevodorlar (umumiy), % um.
42
31
39
595
tekis taqsimlangan avtobenzinlarning ekspluatatsiyasi OCH darajasini bir
qancha oshirishga va bu bilan benzin resurslarini kengaytirishga, shuningdek
ularning ekologik sifatini sezilarli yaxshilashga imkon beradi.
Tovar avtobenzinlarida aromatiklar, benzol va olifenlar miqdorini G‗arbiy
Yevropa standartlarigacha pasaytirish muammosini hal etish uchun neftni qayta
ishlash majmuasi uchun noaromatik yuqori oktanli komponentlar, avvalo
benzinlar asosiy fraksiyalarini izomerlash, gidrokreking, selektiv gidrokrekinn,
shuningdek oksigenatlar ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etishni tezlashtirish
talab etiladi.
Dizel yoqilg‗ilari ishlab chiqarishning ba‘zi bir tendensiyalari.
Dunyo bo‗yicha dizel yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish 2000 y da yiliga 1
mlrd tonnadan ortiqni tashkil etgan.
Sobiq SSSR dizel yoqilg‗ilarini ishlab chiqarish hajmi bo‗yicha dunyoda
birinchi o‗rinni egallagan. Mamlakatimiz dizel yoqilg‗ilari sifati bo‗yicha eng
yaxshi chet el namunalariga mos keladi.
Mahalliy dizel yoqilg‗ilarining asosini to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydalgan
distillyatlar tashkil etib, ularning taxminan yarmi gidrotozalangan fraksiyalar
ulushiga to‗g‗ri keladi. Ikkilamchi distillyatlar kam miqdorda foydalaniladi
(xususan, tahminan 3 % katalitik kreking yengil gazoyli ulushiga to‗g‗ri keladi).
Qayd etish kerakki, oltingugurt miqdori massaning 0,2% dan kam bo‗lgan kam
oltingugurtli yoqilg‗i turlarini ishlab chiqarish ularning resurslarini yo‗qotish va
chuqur gidrotozalashga katta energiya xarajatlari bilan kechadi. Gidrotozalash
davomida nouglevodorod geterobirikmalar bilan bir vaqtda yoqilg‗idan
dastlabki neftda mavjud bo‗lgan tabiiy antioksidlovchi, eskirishga qarshi,
antikorrozion va boshqa qo‗shimchalar chiqib ketadi. Shuning uchun
gidrotozalangan tovar dizel yoqilg‗ilarini ishlab chiqarishda keng assortimentda
va yetarlicha katta miqdorda sintetik qo‗shimchalarni qo‗llashga zarurat paydo
bo‗ladi.
1993 yildan AQShda dizel yoqilg‗ilari tarkibida oltingugurt miqdoriga
nisbatan avval amalda bo‗lgan normativdagi 0,25 % o‗rniga 0,03 % ni tashkil
596
qiluvchi yanada qattiqroq cheklovlar qabul qilingan. AQSh atrof muhitni
ximoya qilish agentligi tomonidan ularning tarkibida shuningdek aromatik
uglevodorodlar miqdorini ham sezilarli (10 % gacha) pasaytirish bo‗yicha qonun
hujjatlari qabul qilingan.
YEI tomonidan yangi ekologik normalarning qabul qilinishi (15.2 -jadval)
dizel yoqilg‗isini ishlab chiqarishning texnologiyalarining murakkablashishiga
va mos ravishda dizel yoqilg‗isining tannarxining oshishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda past haroratda muzlovchi dizel yoqilg‗isini olishning asosiy
usuli bu oxirgi qaynash haroratini (yozgi navlar uchun bo‗lgan 360°С ga qarshi)
300-320°С gacha tushirish yo‗li bilan ularning fraksion tarkibini yengillashtirish
hisoblanib, bu esa ularning resurslarini sezilarli cheklanishi bilan bog‗liq.
Bunday yoqilg‗ining nisbatan katta qismi seolitli va karbomidli
deparafinizatsiya
asosida
ishlab
chiqariladi.
Seolitli
deparafinizatsiya
denormalizatlari yaxshi past haroratli xossalarga ega bo‗lib (qotish harorati -
45.50 °С, xiralashish harorati -35 - 50°С), shuning uchun ular qishgi va arktik
yoqilg‗ilar sifatida keng foydalaniladi. Karbamidli deparafinizatsiyada yuqori
haroratda eruvchi parafinlar to‗liq tozalanmaydi, shuning uchun ham bu jarayon
denormalizatlari talab qilingan -25 yoki -35°С o‗rnigа -35°С qotish haroratida
va bor yo‗g‗i -11°С xiralashish haroratlarida olinadi. Yozgi dizel yoqilg‗ilariga
denormalizatlarning noratsional jalb etilishiga e‘tibor qaratish kerak bo‗lib, bu
―Pareks‖ qurilmasining geografik joylashishi va yoqilg‗ining qishgi navlarini
ishlab chiqarish uchun denormalizatlarni saqlash va keyingi foydalanilishi
uchun kerakli hajmdagi rezervuarlarning mavjud emasligi bilan bog‗liq. Qishgi
va arktik dizel yoqilg‗ilari turlariga va bir vaqtning o‗zida neftkimyo va
mikrobiologik sintez uchun qimmatli defitsit xomashyo – suyuq parafinlarga
bo‗lgan talabni to‗liqroq qondirish uchun asosan ―Pareks‖ turidagi
deparafinizatsiya qurilmalari tez sur‘atlar bilan qurildi. Biroq keyinchalik,
dunyoning ko‗plab mamlakatlarida, shu jumladan sobiq SSSR da ham oksil-
vitaminli konsentatlar (OVK) ishlab chiqarish uchun suyuq neft parafinlaridan
foydalanishni taqiqlovchi qonun hujjatlari qabul qilinishi va kurilmalarni
597
usimlik turidagi xomashyolarga o‗tkazilishi bilan ―Pareks‖ turidagi adsorbsion
deparafinizatsiya jarayonlarini kengaytirishning keyingi o‗sish sur‘atlari sezilarli
pasaydi.
Past haroratda muzlovchi motor yoqilg‗isini (shuningdek moylarni) olish
muammosini NQIZ lar sxemalariga yangi samarali va juda ham universal
jarayon – neft fraksiyalarini katalitik gidrodeparafinizatsiya (KGD) sini
qo‗shishi bilan hal etish mumkin. KGD jarayonlari oxirgi yillarda chet
mamlakatlarda past haroratda muzlovchi reaktiv va dizel yoqilg‗ilarini olish,
shuningdek katalitik riforming (selekto-forming) jarayoni bilan birgalikda –
yuqori oktanli avtobenzinlar olishda keng foydalanilmoqda.
Maqsadli vazifasiga bog‗liq holda KGD xomashyosi sifatida neftni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydashning benzinli, kerosin-gazoylli yoki moyli
fraksiyalaridan foydalanilishi mumkin. KGD jarayoni neft fraksiyalaridan tor
g‗ovakli seolitlarning ba‘zi turlariga asoslangan metall-seolitli katalizatorlar
ishtirokida selektiv gidrokreking orqali-alkanli uglevodorodlarni tozalashga
asoslangan.
Ular harakatining selektivligi maxsus g‗ovakli tuzilishga bog‗liq: kirish
oynalari
orqali
faqatgina ma‘lum hajmdagi n-alkanli uglevodorod
moleklalarigina kirishi va faol markaz (bifunksional xossaga ega bo‗lgan) bilan
kontaktlashishi mumkin. KGD jarayonini (gazoylni gidrooltingugurtsizlanish
jarayoni rejimiga o‗xshash sharoitlarda) o‗tkazish natijasida KGD
denormalizatorlarining mo‗zlash va hiralashish haroratlarini sezilarli darajada
(25.60 °С ga) tushirishga va ularni chiqishdagi fil‘trlanishini 70 - 90% ga
yaxshilashga va bir vaqtning o‗zida yuqori oktanli benzinlar hosil bo‗lishiga
erishiladi. KGD jarayoni an‘anaviy deparafinizatsiya jarayonlari bilan qayta
ishlanishi iqtisodiy va texnologik sabablarga ko‗ra maqsadga muvofiq
bo‗lmagan, nisbatak kam n-alkan miqdorli (10% dan kam) xomashyolarni
boyitilganda ko‗proq samaraliroq bo‗ladi. KGD jarayonidan foydalanish dizel
yoqilg‗ilarining qishri va arktik navlarini ishlab chiqarishning xomashyo
bazasini sezilarli kengaytirishga imkon beradi.
598
Chet mamlakatlarda qishri dizel yoqilg‗isi olishning eng orzonroq usuli
yozgi yoqilg‗iga depressor qo‗shimchalarini (yuzdan bir ulushlarda) kiritish
hisoblanadi. Biroq ko‗pchilik qo‗shimchalar, yoqilg‗ining muzlash haroratini
yetarlicha samarali tushirgan holda, uning xiralashish haroratiga deyarli ta‘sir
qilmaydi, va bu uning qo‗llanilish sohasini sezilarli darajada cheklaydi. Bunday
yoqilg‗ini qishda harorati -15°С dan past bo‗lmaydigan hududlarda qo‗llash
mumkin.
Bunday
ob-havo
sharoitlari
G‗arbiy
Yevropaning
ko‗p
mamlakatlariga, Boltiqbo‗yi, Belorussiya, Moldaviya va Ukrainaga mos keladi.
Biroq mahalliy depressor qo‗shimchalarini ishlab chiqarish haligacha tashkil
etilmagan.
Dizel yoqilg‗ilari resurslarini keyingi kengaytirilishi ularning fraksion
tarkibini kengaytirish va ikkilamchi jarayonlar distillyatlaridan foydalanish
hisobiga bo‗lishi mumkin. Shunday qilib, oxirgi qaynash haroratini 25…30°Сga
oshirish bilan yozgi yoqilg‗i resurslarini ularning umumiy ishlab chiqarilishidan
3…4 % ga ko‗paytirish mumkin. Bunday oxirgi qaynash harorati tahminan t
90
%
= 360 °С ga to‗g‗ri keladi. Hozirgi vaqtda mamlakatning bir qator NQIZ larida
TU bo‗yicha, asosan benzin va dizel fraksiyalari aralashmasidan ibort bo‗lgan,
og‗irlashtirilgan fraksion tarkibli ( t
NK
= 60.80 °С, t
90
% = 360 °С) yozgi dizel
yoqilg‗isi yetarlicha katta masshtablarda ishlab chiqarish boshlangan. Bunday
ko‗rinishdagi yoqilg‗ilar ba‘zi bir gazokondensatlardan olinmoqda va standart
dizel yoqilg‗ilarini yetkazib berish qiyin bo‗lgan uzoq shimoliy va shimoli-
sharqiy hududlarda foydalanilmoqda.
Dizel yoqilg‗ilari ishlab chiqarishni garchi bu yoqilg‗ilarning kimyoviy
barqarorligining yomonlashuviga olib kelsada, ularning tarkibida (katalitik
kreking va kokslashish) ikkilamchi gazoyllardan foydalanish hisobiga oshirish
mumkin. Chet ellarda yengil siqilgan qavatli katalitik kreking yengil gazoyli
keng qo‗llanilmoqda. Masalan AQSh da dizel yoqilg‗isi tarkibida bunday
bunday gazoyl ulushi ancha katta. Shuning uchun unda aromatik uglevodorodlar
miqdori ortib, setan soni esa dizel fondida G‗arbiy Yevropa va sobiq SSSR dagi
45.50% ga qarshi ravishda o‗rtacha 40.42% gacha kamaydi.
599
Dizel yoqilg‗ilari resurslarini shuningdek, hozirda mazutda qoldiriladigan
yoki qozonxona yoqilg‗isiga talab etilgan qovushqoqlikni ta‘minlash maqsadida
suyultiruvchi sifatida qo‗shiluvchi, katta miqdordagi gazoyl fraksiyalarini
chiqarish hisobiga ham kengaytirish mumkin.
Qozonxona yoqilg‗ilari ishlab chiqarish hajmi kamayishi va visbreking
yoki neft qoldiqlarini chuqur qayta ishlashning boshqa jarayonlari
quvvatlarining oshishi bilan, dizel yoqilg‗ilari resurslarini qo‗shimcha
kengaytirish imkonini beruvchi gazoyl fraksiyalari miqdori uzluksiz oshib
boradi.
Rossiya neftni qayta ishlash majmuasi oldida yaqin yillarda
oltingugurtning juda kam miqdoriga ega bo‗lgan (0,05 % dan kam) dizel
yoqilg‗isining
ekologik
toza
markalarini
(15.3-jadval)
chiqarishni
tashkillashtirishdek texnologik va iqtisodiy og‗ir muammoni hal etish vazivasi
turibdi va bu chuqur gidrotozalashning yangi, yanada faol va selektiv
katalizatorlarini qo‗llashni (yoki qo‗shimcha reaktorlar qurilishini), shuningdek
qishgi va arktik markalar ulushini katalitik deparafinizatsiyaning samarali
jarayonlarini joriy etish yo‗li bilan oshirish talab etadi.
|