15.3. Neftkimyosining asosiy mahsulotlari
Sirt – faol moddalar. SFM – sanoatning har xil tarmoqlarida , qishloq
xo‗jaligida va maishiy sohada keng qo‗llaniladi. Neft qazib olishda SFMlardan
neftni qazib yer ustiga olib chiqishda va uni kon quvurlari orqali
harakatlanishida paydo bo‗ladigan suvneft deemulsiyalarini parchalashda
qo‗llaniladi. SFMlar suvga qo‗shiladi va rezervuarlarni va tankerlarni
bo‗linmalarini yuvishda jarayonni jadallashtirishda qo‗llaniladi. Yuqori
qovushqoqlikka ega bo‗lgan neftni haydashda SFM larni eritmasi bilan
ishlangan suv yordamida haydaladi. Bunda suv metallni yaxshi namlantiradi,
neft esa ichki suvli halqa orqali harakatlanadi.
Bundan tashqari SFMlardan sintetik yuvuvchi moddalar, kosmetik
preparatlar, los‘onlar, tish pastasi, tualet sovuni, terilarga ishlov berishda,
yunglarni bo‗yashda, non-pecheniyalarda, yong‗inga qarshi ko‗piklarni olishda,
konditer mahsulotlarini tayyorlashda va muzqaymoqlarda, kvas va pivoda
ko‗pik hosil qiluvchi sifatida keng qo‗llaniladi. SFM lar ko‗p shaklli bo‗lishiga
qaramasdan ular ikki guruhga bo‗linadi: iopogepli SFM suvda eritilganda
ionlarni dissotsiatsiya qiladi, psionogenli SFM esa ionlar dissotsiya qilmaydi.
Ionogenli moddalar qanday sirt faolligiga ega bo‗lishiga bog‗liq holda – anionli
579
yoki kationli bo‗ladi. Ionogenli moddalar - anioioaktiv, kationoaktiv va
amfolitli guruhlarga bo‗linadi. Amfolitli moddalar nordon eritmalarda o‗zini
kationaktiv SFM, ishqorli eritmada – anionaktiv bo‗ladi. SFM lar eritmalarda
yoki boshqa muhitlarda suvda eruvchan, suv-moyda eruvchan va moyli
erituvchan bo‗ladi.
Sintetik kauchuk. Kauchuk termini kauchu so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib,
Braziliyada mlech sokidan olinadigan sokni shunday ifodalagan. Haqiqiy sok
lateks cho‗moli, shavel yoki uksus kislotasi yordamida koagulyatsiya qilib
ajratib olingan. Paydo bo‗lgan yumshoq xamir suv bilan yuvilgan va list olish
uchun u val‘sda o‗ralgan. Haqiqiy kauchukka oksidlanishga va
mikroorganizmlarga qarshi chidamliligini oshirish uchun shakl berilgan, tutun
bilan to‗ldirilgan kamerada quritilgan.
Yevropada kauchuk 1738 yildan ma‘lum bo‗lib, fransuz tadqiqotchisi
Sh.Kondamin (Praij)
Parij
Fanlar Akademiyasiga haqiqiy kauchukni nusxasini
va undan yasalgan buyumni taqdim qilgan. Venada 1811 yil birinchi rezina
fabrikasi ochilgan. Shotland kimyogari Ch.Makintosh 1823 yili suvni
shimimaydigan tuqimani tayyorlash usulini ishlab chiqdi. O‗sha davrda
makintosh-paltosi amalda kamchiliklarga ega bo‗lgan: qishda qotgan, yozda esa
yoqimsiz hid chiqargan, shuning uchun uni sovuq joyga yashirib qo‗yishgan.
Undan keng foydalanishgan ya‘ni kauchuk kalish yasashgan.
Rezinadan sanoatda XIX asrning oxirida nisbatan kam foydalanilgan.
Asta – sekin foydalanish darajasi oshib bordi. Birinchi navbatda bunday o‗sish
avtomobil sanoatining rivojlanishi keyinchalik aviatsiyaning rivojlanishi bilan
bog‗liqdir. Shunday payt kirib keldiki, haqiqiy kauchuk ishlab chiqarish talabga
javob bermay qoldi.
Ma‘lumki, Yevropada birinchi jahon urushini boshladi. Germaniya
davlatidan kauchukni import qilish darajasi pasaygan bir davrda kimyogorlar
kauchukni sanoatda sintez qilishni boshladi. Ular tomonidan dimetilbutadiyenni
termik polimerlash yo‗li orqali sintetik kauchuk olindi. Olingan mahsulot
580
―metil-kauchuk ‖ nomini oldi. Lekin uni ishlab chiqarish 20 marta qimmat edi,
shinalar manfiy 5
0
С da 2000 km yurgandan keyin yaroqsiz holatga keldi.
Yirik sanoat ishlab chiqarishda sintez kauchuk birinchi marta sobiq SSSR
davrida 1932 yilda butadiyenni polimerlash asosida ishlab chiqarildi. Sintetik
kauchuk ishlab chiqarish 1937 yilda Germaniyada, 1940 yilda AQSh boshlandi.
Bu bir tomondan avtomobil sanoatini rivojlanishi bilan bog‗liq bo‗lsa, ikkinchi
tomondan sintetik kauchukni natural kauchukka nisbatan arzonligidir.
Hozirgi vaqtda sintetik kauchuk ishlab chiqarishni birlamchi materiali
sifatida asosan butadiyen, stirol, izopren va boshqa monomerlardan
foydalanilaди.
Har xil turdagi sintetik kauchuk ishlab chiqarish ikki guruhga bo‗linadi:
umumiy foydalanishga mo‗ljallangan kauchuk (butun jahon ishlab chiqarishini
80% ga to‗g‗ri keladi) va maxsus Birinchidan ishlab chiqariladigan kauchukka
oddiy haroratda elastiklik xossasi qo‗yiladi. Maxsus kauchuklardan eritmalarni
ta‘siriga, moylarni, issiqlikka, sovuqqa chidamli bo‗lgan buyumlar ishlab
chiqariladi.
Plastmassalar . Polimerlar asosida olingan va berilgan birlamchi
shakllarni oddiy sharoitlarda saqlab qoladigan konstruksion materiallarga plastik
massa deyiladi. Plastmassaning tarkibiga polimerlardan tashqari to‗ldiruvchilar,
plastifikatorlar, stabilizatorlar, buyoqlar va boshqa qo‗shimchalar kiradi.
To‗ldirgichlar plastmassani fizik-kimyoviy xossasini yaxshilash,
cho‗kishini kamaytirish va bahosini kamaytirish uchun qo‗shiladi.
To‗ldirgichlar sifatida yog‗och uni, qog‗oz, paxta to‗qimalari, slyuda, kaolin va
shishi tololari qo‗shiladi.
Plastifikatorlar – plastmassaga egiluvchanlik va elastiklik beradi,
qattiqligini va mo‗rtligini pasaytiradi. Plastifikatorlar sifatida dibutilftalat,
stearin, kamfor, glitserindan va boshqalardan foydalaniladi.
Stabilizatorlar – undan uzoq vaqt foydalanish davrida o‗zining xossasini
yo‗qotmaydi.
581
Buyoqlar – plastmassaga kerakli rangni berish uchun unga kiritiladi.
Plastmassalar qizdirilishiga qarab termoplastik va termoreaktiv guruhlarga
bo‗linadi. Termoplastik plastmassalar qizdirilganda yumshaydi va plastik bo‗lib
qoladi, sovutilganda esa yana qaytadan qattiqlashadi. Yumshatishni va qotishni
ko‗p marta olib borish mumkin. Termoplastik plastmassalarga polietilen,
polipropilen, polivinilxlorid, polistirol, ftoroplastlar va boshqalar kiradi.
Termoreaktiv plastmassalar termik ishlov berishni boshlanishida yumshaydi,
plastik bo‗lib qoladi va berilgan shaklni qabul qiladi. Lekin yana qizdirish
davom ettirilganda plastikligini yo‗qotadi hamda suzmaydigan va erimaydigan
holatga o‗tadi. Reaktiv plastik holatga fenoplastlar, aminoplastlar va boshqalar
kiradi.
Plastik massasi insoniyatga qadimiy davrdan ma‘lumdir. Ularni tabiiy
smoladan – bitumlardan tayyorlagan. Sobiq SSSR, Germaniyada va sanoati
rivojlangan davlatlarda termoplast – polivinilxlorid, polistirol va boshqalarni
ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgan. Plastmassa ishlab chiqarish sanoati asosan
1950 yillardan kuchli rivojlangan. Plastmassadan zamonaviy materiallarni ishlab
chiqaradigan bir qator korxonalarni ―SHo‗rtan gaz kimyo majmuasini‖,
―Qandim GKM‖ va yangi tashkil etilayotgan ―Oltin yo‗l GTL‖ misol keltirish
mumkin.
Bugungi kunda hayotni plastmassasiz tassavvur qilib bo‗lmaydi.
Qurilishdan undan qurilish materiali sifatida, devorlarni paneli, derazalarni
yopgichi, eshiklar va boshqalar. Mashinasozlikda plastmassadan tishli va
chervyakli halqalar, shkivlar, podshipniklar, roliklar, quvurlar va boqalar
tayyorlanmoqda. Aviasozlikda plastmassadan reaktiv dvigatellar, qanotlar,
samolyotlarni
fyuzelyalari,
vertoletlarni
ishonchli
vintlari
va baklar
tayyorlanmoqda. Avtomobilsozlikda plastmassadan dvigatelldarni detallari,
transmissiya, shassi, kuzovlar, salonni bezaklash elementlari tayyorlanmoqda.
Tibbiyotda plastmassadan asboblar, yurakni klapanchalari, protezlar, xrustal
ko‗zlar va boshqalar.
582
Sintetik tolalar. Maishiy sohada va texnik maqsadlarda foydalaniladigan
hamma tolalar uchta guruhga bo‗linadi:
• natural‘ (paxta, len, jo‗n, pen‘ka va boshqalar);
• su‘niiy – tabiiy polimerlarni kimyoviy ishlash asosida olinadi ;,
• sinteticheskiye – sintetik monomerlarni polimerlash asosida olinadi.
Sintetik tolani olish ishlab chiqarish 1932 yildan Germaniyada
polivinilxlorid tolasini chiqarishdan boshlangan.). AQShda – 1942 yildan
poliamidli tola – kapron ishlab chiqarish boshlangan. Hozirgi vaqtda poliamidli
toladan tashqari poliefir (lavsan), poliakrilonitril (nitron), polivinilxlorid va
polipropilenli tolalar ishlab chiqarilmoqda. Ularni tekstel va kordnol iplari va
shtapelli tolalar ko‗rinishida ishlab chiqarmoqda.
|