15.8-jadval
NQIZ turlari va neftdan foydalanish samaradorligi orasidagi bog‗liqliklar
Qayta ishlash ko‗rsatgichi
Tip NQIZ
NGP
UPN
GPN
BOP
Qoldiq turi
Mazut
Gudron
Og‗ir
gudron
Qoldiq yo‗q
Neftni qoldiq chiqishi, %
40...55
20.30
10.15
0
Neftni qayta ishlash chuqurligi, %
maS (TvaPhisobga olinmagan holda)
45...60
85.90
100
Neftdan foydalanish
samaradorlik
2
3
4
5
610
fraksiyalarning potensial miqdorda bo‗lishiga yordam beradi. Chuqurlashtirilgan
yoki chuqur qaytaishlovchi NQIZlarda DT : ning talab qilingan nisbati,
avtobenzin va dizel yoqilg‗isi komponentlarining mos proporsiyalarda chiqishini
ta‘minlovchi ikkilamchi jarayonlar bilan tartibga solinadi. Shunday qilib, asosan
benzin ishlab chiqaruvchi profildagi NQIZlar qoidaga ko‗ra katalitik kreking va
alkillash jarayonlaridan tuziladi. Dizel yoqilg‗isini ko‗proq ishlab chiqarish
uchun NQIZlar tarkibiga odatdagi kreking jarayoni qo‗shiladi.
15.7.NQIZ larni loyihalashning asosiy prinsiplari.
1)
Zamonaviy va istiqbolli NQIZlar quyidagilarga ega bo‗lishi kerak:
2)
iqtisodiy hududning tovar neft mahsulotlariga bo‗lgan talabini yetarlicha
qondirish uchun optimal quvvatga ega bo‗lishi;
3)
chiqayotgan neft mahsulotlarining sifati talab qilinayotgan davlat
standartlarini ta‘minlashi;
4)
chiqarilayotgan neft mahsulotlarining chuqur va kompleks qayta ishlanishini
ta‘minlashi;
5)
yuqori samarali, raqobatbardosh, texnik va ekologik xavfsiz korxona bo‗lishi
kerak.
Hech bir NQIZ iste‘molchilarga kerakli barcha turdagi neft mahsulotlarini
ishlab chiqara olmaydi va o‗zaro sifati bo‗yicha katta farq qiluvchi, mamlakatda
ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi neftlarni bir xil samaradorlikda qayta
ishlay olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, istalgan tarixiy davrda va mamlakatning
istalgan hududida qurilishi mumkin bo‗lgan yagona standartdagi (turdagi) NQIZ
mavjud emas Har bir yangi NQIZ uchun qayta ishlanadigan neft sifatini,
iqtisodiy maqsadga muvofiqlikli, shuningdek u quriladigan hududning tabiiy,
geologik, gidrogeologik, ob-havo va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda
individual (alohida) loyihalash talab etiladi. Bunda loyihalash boshlangunga
qadar mamlakatda va jahondagi ko‗p yillik (yuz yildan oshiq) neftni qayta
ishlash zavodlari foydalanishning amaliy tajribalaridan va neftni qayta ishlash
texnika va texnologiyasida erishilgan yangi yutuqlardan maksimal foydalanish
611
kerak bo‗ladi.
NQIZlarni loyihalashda neftlarning quyidagi uch hil navlarini qayta
ishlashda qo‗llash uchun ishlab chiqilgan alohida texnologik jarayonlar va
kombinatsiyalangan uskunalarning tipik loyihalaridan foydalanish mumkin.
1)
yuqori navli, kam oltingugurtli, yuqori yoki oshirilgan rangli yoqilg‗ilari
bo‗lgan baku yoki grozniy nefti turlari;
2)
o‗rtacha navli, rangli yoqilg‗ilari kam bo‗lgan oltingugurtli g‗arbiy-sibir nefti
aralashmasi turidagi neftlar;
3)
pastnavli, yuqori oltingugurtli, rangli yoqilg‗ilari kam bo‗lgan turidagi
neftlar.
NQIZ larning qurilish joyi, profili, quvvati, neft turi, chiqariladigan neft
mahsulotlari assortimenti va boshqa dastlabki ma‘lumotlar ixtisoslashgan
loyiha tashkilotining bosh buyurtmachilari tomonidan belgilanadi. Loyiha
instituti, loyihaga bo‗lgan buyurtmani qabul qilib, birinchi bosqichda alohida
jarayonlarning tipik loyihalaridan va tarmoqlar yoki akademik NII bo‗yicha
ishlab chiqilgan yangi ishlab chiqarish texnologik reglamentlaridan foydalanib,
yangi NQIZ qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini (TIA) bajaradi.
TIA asosida joy va qurilish maydoni o‗lchamlari aniqlanadi, asosiy texnik-
iqtisodiy ko‗rsatgichlar (kapital qo‗yilmasi, tannarx, rentabellik, mehnat
unumdorligi, foyda, fond samaradorligi, suv, bug‗, yonilg‗i, elektroenergiya va
b. xarajatlari) belgilanadi.
Keyingi, loyihalashning eng qiyin va mas‘uliyatli bosqichi NQIZning optimal
texnologik sxemasini (tuzilishini) ishlab chiqishdir. Texnologik tuzilishni
optimallashtirish – bu texnologik qurilmalar to‗plamini eng iqtisodiy maqsadga
muvofiqini hisoblash yo‗li bilan tanlashdir. Tanlangan texnologik jarayonlar
to‗plami berilgan neftni optimal chuqurlikda qayta ishlanishini va zavoddan
belgilangan yuqori sifatli neft mahsulotlari assortimentining minimal kapital va
foydalanish xarajatlar bilan chiqishini ta‘minlashi kerak. Tanlangan har bir
texnologik jarayonlarning, ularning qurilmalarining avtomatizatsiya va ekologik
xavfsizlik darajasi fan va texnikaning yangi yutuqlariga mos kelishi kerak.
612
Kapital va foydalanish xarajatlarni minimallashtirishda eng sezilarli samaraga,
loyihada NQIZning katta hajmli texnologik jarayonlar va kombinatsiyalashgan
qurilmalar bazasida qurilishi ko‗zda tutilganida erishiladi. Bir necha texnologik
jarayonlarni kengaytirilgan yagona markazlashgan boshqariluvchi qurilmaga
kombinatsiyalashtirishda quyidagilarga erishiladi:
-rezervuar
parklari,
quvurlar, texnologik
kommunikatsiyalar
va
muhandislik tarmoqlarini qisqarishi natijasida kapital sarfining tejalishi, uskuna
va apparatlarning qulay joylashishi, nasos, kompressor, operatorlik va KIP
binolarinig birlashtirilishi va bu bilan qurilish samarasining oshirilishi;
-energiya, bug‗, yonilg‗i va sovituvchi suvning solishtirma sarfini
fraksiyalash, issiqlik almashinish, chiquvchi oqimlar issikligini utilizatsiya qilish
darajasini oshirish va b.lar hisobiga qisqartirish, shuningdek boshqarishni
markazlashtirish, avtomatlashtirish va mexanizatsiyaning yuqori darajasi
hisobiga xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar sonini qisqartirish (ya‘ni mehnat
unumdorligini oshirish) hisobiga eksrluatatsion xarajatlarni tejash;
Neft mahsulotlarining yo‗qotilishi va chiqindi suvlar miqdorini
kamaytirilishii va natijada atrof muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish.
O‗rtacha quvvatli NQIZda (5...7 mln t/yil) har bir jarayon bitta texnologik
qurilma bilan bajarilishi kerak deb hisoblanadi. Biroq NQIZning bunday
texnologik tuzilishida jarayonlar orasidagi aloqa yanada kuchayadi, jihozlarning
ishonchliligiga, nazorat va avtomatizatsiya tizimiga, katalizatorlarning xizmat
qilish muddatiga talab kech ko‗tarildi. Katta quvvatli (10 -.15 mln t/yil)
NQIZlarni loyihalash va qurilishi zamonaviy amaliyotida, har bir jarayon ikkita
bir nomli texnologik qurilma bilan taqdim etilgan, neftni qayta ishlashning ikki
oqimli sxemasi ustunlik ko‗rsatadi. Bunda, NQIZning berilgan quvvatida
xomashyo resursi cheklangan jarayon, bir texnologik qurilma (alkillash,
kokslashish, visbreking, oltingugurt ishlab chiqarish va b.) bilan taqdim etilishi
mumkin.
Yoqilg‗i-moy profilidagi NQIZlar moy bloklari texnologik tuzilishi,
yoqilg‗i ishlab chiqaruvchilaridan farqli ravishda, kam xilma-xillik ammo
613
ko‗pligi bilan tavsiflanadi. Neftni moyli qayta ishlashning eng ko‗p tarqalgan
sxemasi jarayonlarning quyidagi ketma-ketligidan tashkil topadi:
—
moyli neftni atmosfera-vakuumli haydab (AVTM), odatda ikki-uch aniq
distillyat fraksiyalari va gudronni olish;
—
gudronni deasfaltlash;
—
moyli fraksiyalar va deasfaltizatni selektiv tozalash;
—
rafinatlarni deparafinlashlash;
—
deparafinlashlangan rafinatlarni gidrotozalash (yoki kontaktli tozalash).
AVTMda olingan har bir aniq yog‗ fraksiyalari tozalash jarayonidan
alohida o‗tkazilishi sababli, moy bloklarini loyihalovchilar texnologik
jarayonlarning
alohida
quvvatlarini
kengaytirishdagi
kabi,
ularni
kombinatsiyalash uchun ham cheklangan imkoniyatlarga ega bo‗ladi.
Yiliga 12 mln tonna deb qabul qilingan yoqilg‗i profilidagi NQIZning
optimal quvvatidan kelib chiqib, mamlakatimizdagi va chetdagi zavodlarning
texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari va foydalanish tajribalariga asoslanib AVT bosh
qurilmasining optimal quvvati 6 mln tonnaga teng deb qabul qilingan.
1)
Quyidagi jarayonlar eng ko‗p kombinatsiyalashtiriladi: ELOU-AVT
(AT), benzinni gidrotozalash - katalitik riforming, vakuum gazoylini
gidrotozalash - katalitik kreking - gazlarni ajratish, gazlarni oltingugurtdan
tozalash - oltingugurt ishlab chiqarish; vakuumli haydash - gidrotozalash -
katalitik kreking - gazni fraksiyalash; deasfaltizatsiya - selektiv tozalash,
deparafinlash - moysizlantirish va boshqalar.
2)
Chet
el
neftni
qayta
ishlash
tajribasida
quyidagi
kombinatsiyalashgan qurilmalar modellari ishlab chiqilgan (15.9- jadval):
3)
neftni chuqur bo‗lmagan qayta ishlash LK-6U – unumdorligi yiliga
6 mln tonna;
4)
neftni chuqurlashtirilgan qayta ishlash GK-3 – unumdorligi yiliga 3
mln tonna;
5)
vakuum gazoylini qayta ishlash G-43-107 – unumdorligi yiliga 2
mln tonna
614
6)
mazutni qayta ishlash KT-1, uz tarkibiga G-43-107 va mazutni
akuumli haydash seksiyasini va gudron visbrekingini oladi;
7)
mazutni qayta ishlash KT-1u, KT-1 dan vakkum gazoylini
gidrotozalash o‗rniga yengil gidgokreking jarayonidan foydalanilishi bilan farq
qiladi;
8)
mazutni qayta ishlash KT-2, KT-1u dan oddiy vakuumli haydash
o‗rniga 350.540 °S fraksiyalari olinadigan chuqur vakuumli haydash bilan farq
qiladi. 1-4 modellar mamlakatning bir qator NQIZlariga joriy etilgan va yuqori
samaradorlikni ko‗rsatgan. Shunday qilib, alohida turuvchi qurilmalar
jamlanmasiga nisbatan KT-1 kombinatsiyalashgan qurilmasida kapital va
foydalanish xarajatlar mos ravishda 36 va 40% ga pastroq, qurilish maydoni 3
martaga kamroq, mehnat unumdorligi esa 2,5 barobar yuqoriroq.
Yuqori samarali qurilmalardan, aynan LK-6u va KT-1 dan foydalanilib,
oxirgi yillarda Pavlodar shaxri, Chimkent va Chardjouda yuqori samarali
NQIZlarning yangi avlodlari qurilib foydalanishga tushirilgan va ularda neftni
|