630
Glossariy
Alangalanish harorati – standart sharoitdagi
neft mahsulotlariga olov
yaqinlashtirilganida ularni yonish harorati. Yonish ma‘lum muddatgacha davom
etadi. A.T. Brenken asbobida aniqlanadi.
Asfalt asosli neft – eskirgan tasniflardagi termin bо‗lib, barcha neftlar
quyidagilarga bо‗linadi: 1) A.a neftlar; 2)
parafin asosli neftlar; 3) aralashma
asosli neftlar. Asfalt asosli neftlarga tarkibida parafin kam bо‗lgan, og‗ir smolali
neftlarni, asosan naftenli – aromatik (xushbuy) neftlarni kiritish mumkin.
Bosim gradiyenti - suyuqlikning harakat yо‗li uzunligi birligiga (m, km)
nisbatan bosimning pasayishi.
Bosim depressiyasi – a) konni ishlab chiqarishda dinamik qatlam bosimini
uning boshlang‗ich bosimi (neft uyumini ishlatishdan oldin о‗lchangan qatlam
bosimi)
ga nisbatan pasayishi; b) ishlatilayotgan quduqlar uchun – dinamik
qatlam bosimi bilan quduq tubidagi bosim orasidagi farq.
Vodorod sulfid (H
2
S) (serovodorod) – suvda yaxshi eriydigan, hidli,
rangsiz yonuvchi gaz. 1l
vodorod sulfidning O
0
C va 0,1 MPa bosimdagi
og‗irligi 1,538 g-ga teng. Yonish issiqligi 2,MJ/m
3
. Juda zaharli. Havoda V.s
0,1% dan oshsa odamni zaharlaydi. Qaynash harorati 60
0
C. Havoda mu‘tadil
miqdori 0,01 mg/l. V.s 4,3 - 45,5% gacha yig‗ilishi portlashi mumkin.
Vodorod sulfidli suvlar – tarkibida erigan vodorod sulfid miqdori 10
mg/l dan kо‗p bо‗lgan suvlar. Sulfidli suvlar chо‗kindi jinslarda kо‗p tarqalgan.
Neft, suyuq va qattiq bitumlar, shuningdek karbonat angidrid gazlari bilan uzviy
bog‗liq.
Gaz bosim – gaz molekulalarining issiqlik ta‘sirida
kengayishidan hosil
bо‗lgan bosim. Odatda kgs/sm
2
yoki atm (1 atm =1,03 kgs/sm
2
) da ifodalanadi.
Gaz kondensati omili (kondensatli) – kondensat hajmi yoki og‗irligini
qatlamdagi gazning mu‘tadil sharoitga keltirilgan hajmiga nisbati, ya‘ni qatlam
gazining gaz omili kо‗rsatkichiga teskari bо‗lgan miqdori.
Gaz kondensati uyumi – yuqori bosimli (P
pk
>10 MPa) gaz uyumi. Gaz
fazasi tarkibida C
1
, C
2
, C
3
–uglerodlari (metan, etan, propan) bilan birga erigan
631
C
4
–uglevodorodlar (butan) hamda ligroin va
kerosin tarkibiga kiruvchi
uglevodorodlar uchraydi.