635
haydash maqsadi va usullariga bog‗liq. Standart usullardan tashqari N.f.t.
laboratoriya
sharoitida ham aniqlanadi, unda LAFS, SIATIM
va boshqa
asboblardan foydalaniladi.
Neft konlarini ishlashga tayyorlash - sanoat ahamiyatiga molik kon
(uyum)larda bajariladigan geologik razvedka ishlarining oxirgi bosqichi.
Neft olishni jadallashtirish metodlari – qatlamni neft bera olishlik
imkoniyatini oshirish metodlari: a) neftni dinamik siqib chiqarish (porshinli
samarani yuzaga keltirish); b) qatlam flyuidining
fizik kimyoviy xususiyatiga
ta‘sir etish; v) qatlamning fizik xususiyatlariga ta‘sir etish.
Neft uyumlarining ishlash rejimlari – uyumda ishlayotgan quduqlar
tomon suyuqlik va gaz oqimini harakat keltiruvchi kuchlar rejimi. Neft
uyumlarining ishlash rejimini tо‗rt: suv bosimli, gaz bosimli, gaz va gravitatsion
tipi ajratiladi.
Neftli qatlamni yer ostida gazlantirish – zaxirasi kamayib borayotgan
konlarda neft olishni ikkilamchi usuli. Bular quyidagilardan iborat: a) haydash
quduqlari yordamida qatlamga havo kiritish orqali neft qatlamida yonuvchi
о‗choqlar hosil qilinadi. Bunda qatlamdagi neftni bir qismi yonadi, kо‗p kismi
esa yengil fraksiyalarga parchalanadi va ular qо‗shni ishlatish quduqlari orqali
tortib olinadi; b) haydash quduqlari tubida yonuvchi о‗choqlar
vujudga
keltiriladi, yer yuzasida qizdirilgan havo qatlamga haydaladi.
Neftni qayta ishlash – neft tarkibidagi birikmalarni qaynash haroratiga
qarab fraksiyalarga ajratish. Sanoatda neftni qayta ishlash orqali benzin, ligroin,
kerosin, reaktiv va dizel yoqilg‗i, mazut va qozonxona yoqilg‗ilari olinadi.
Ajralgan fraksiyalar va neftni qayta ishlashdagi qoldiqlardan bevosita
foydalanish yoki neftni qayta ishlash jarayonida kreking, piroliz, reforming
olishda xom ashyo sifatida ishlatish mumkin. Harorat 200
0
C gacha bо‗lganda
qaynaydigan fraksiyalar atmosfera bosimida tortiladi, 200-300
0
C da fraksiyalar
0,7-1,3 Kpa qobiq bosimida, 300
0
C da yuqori haroratda fraksiyalar 0,1-0,4 KPa
bosimda tortiladi. Bu holda quyidagi fraksiyalar olinadi (
0
C): haydash
boshlanmasdan 65 gacha 65-95; 95-122; 122-150; 150-200; 200-250; 250-300;
636
300-350.
Neftning qatlamdagi tavsifi – neft qovushqoqligi, gaz bilan tо‗yinish
bosimi va hajm koeffitsiyentlaridan iborat.
Neftli qatlamni suv bostirish - neftli qatlamdan olinayotgan neft
miqdorini oshirish maqsadida neft qatlami (uyumi) ni suv bostirish. Qatlam
bosimini bir xil saqlab turish uchun sun‘iy ravishda suv bostirish (chegara
tashkarisiga, chegara bо‗ylab, chegara ichra) metodlaridan foydalaniladi. Neftli
qatlamni suv bostirishda undan pastda yoki yuqorida joylashgan suvli qatlam
suvidan ham foydalanish mumkin.
Neftning fraksion tarkibi- neft va neft mahsulotlarini haydash
(distillyasiya qilish) da ajraladigan fraksiyalar nisbatini ifodalaydigan
kо‗rsatgich. Fraksiya miqdori va ularning qaynash harorati chegaralari neftni
haydash maqsadi va usullariga bog‗liq. N.f.t. laboratoriya sharoitida ham
aniqlanadi, unda LAFS, SIATIM va boshqa asboblardan foydalaniladi.
Neft hosil bо‗lishi – bu muammo XVII asrdan boshlab to shu bugungacha
tо‗liq yechilmagan. Neft hosil bо‗lishi tо‗g‗risida juda kо‗p farazlar mavjud:
ularni uchga: organik, noorganik va mikstgenetik guruhlarga bо‗lish mumkin.
Neftning organik yо‗l bilan hosil bо‗lishi tо‗g‗risidagi farazlarga kо‗ra, neft
biosferadagi tirik moddalarni qayta о‗zgarishidan hosil bо‗lgan mahsulot
hisoblanadi. Neftni noorganik yul bilan hosil bо‗lishi tо‗g‗risidagi farazlarga
kura, yer mantiyasi yoki pustidagi, fazodagi oddiy uglevodorod birikmalarining
va dastlabki oddiy moddalarning – C, H
2
, CO, CO
2
, CH
4
, H
2
O va boshqa
murakkab sintezidan neft hosil bо‗ladi. Neft hosil bо‗lishining mikstgenetik
farazga kо‗ra yerning chuqur qismidan kelayotgan yuqori haroratli flyuidlar
chо‗kindi jinslardagi organik moddalarga ta‘siridan uglevodorodlar hosil
bо‗ladi.
Neft emulsiyasi – ikkita bir-birida erimaydigan suyuqliklardan iborat
dispers sistema. Ulardan biri ikkinchisi bilan juda kichik (о‗lchami 0,1-0,01
mkm bо‗lgan) tomchi (globul) kо‗rinishida aralashadi. Neft-gaz geologiyasida
minerallashgan suvlardagi N.e. mayin (10 mkm dan kichik) bо‗lib,
neft hosil
637
qiluvchi jinslardan suyuq uglevodorodlarning birlamchi kо‗chish shakli deb
qarash lozim. Bundan tashqari, suvdagi N.e. va neftdagi suvlar neft qatlamiga
suv bostirishda, ayniqsa ishqorli suvlar haydalgada hosil bо‗ladi.
Oktan soni – karbyurator yonilg‗isi sifati (detanasion turgunligi)ning
shartli о‗lchov birligi. O.s. son jihatidan (hajmi bо‗yicha) 2,2,4 - trimetilpentan
(