628
Xulosa
Neftni qayta ishlash va neftkimyo sanoatida texnik taraqqiyotning asosiy
yo‗nalishlaridan biri-yuqori unumdorli murakkab
qurilmalarni qurish
hisoblanadi. Gazni fraksiyalash blokida (15.3-rasm) qurilmaning hamma
seksiyalaridan barqarorlashgan mahsulotlar kirib kelgandan keyin bosh
fraksiyalarni yagona markazlashgan etansizlashtirish jarayoni ko‗rilgan.
Xomashyoni gidrotozalash katalitik krekingi
ikkita parallel ishlayotgan
reaktorlarda alyumin-nikel‘-molibdenli katalizatorni barqaror qatlamli oldindan
ko‗rib chiqiladi. Gidrotozalangan xomashyoni krekingi to‗g‗ri oqimli
reaktorda mikrosferik seolit tarkibli katalizatorda amalga oshiriladi.
Apparaturalarni va jihozlarni joylashtirishdan asosiy maqsad-texnologik
maqsadga muvofiqlik va ixchamlilik hisoblanadi. LK-6U qurilmalarida hamma
kompressor stansiyalari riforming va gidrotozalash
seksiyalarida sirkulyatsiya
vodorod-tarkibli gazlarni siqish uchun bir bino-kompressor stansiyasiga
joylashtiriladi. Elektr jihozlari ikkita elektr taqsimlash binolarida joylashadi.
Apparaturalarni va jihozlarni seksiyaning ichiga joylashtirishda texnologik
xususiyatlardan tashqari qurilish va montaj ishlarini
industrial metodlarda
amalga oshirish hisobga olinadi hamda jihozlarni almashtirish va ta‘mirlash
vaqtida kranlarni va mashinalarni kirib kelishi hisobga olinib maydonga ixcham
holda joylashtiriladi. Sintetik polimerlarni, kauchuklarni,
yuvish moddalarini
ishlab chiqarishda spirt qo‗laniladi, eritgichlar sifatida, ekstragentlardan boshqa
maqsadlarda foydalaniladi. Spirtlarni ishlab chiqarishda eng muhim usullardan
biri olefinlarni gadratatsiya qilish hisoblanadi. SFM – sanoatning har xil
tarmoqlarida , qishloq xo‗jaligida va maishiy sohada keng qo‗llaniladi. Neft
qazib olishda SFMlardan neftni qazib yer ustiga olib chiqishda va uni kon
quvurlari orqali harakatlanishida paydo bo‗ladigan suvneft deemulsiyalarini
parchalashda qo‗llaniladi. SFMlar suvga qo‗shiladi va rezervuarlarni va
tankerlarni bo‗linmalarini yuvishda jarayonni jadallashtirishda qo‗llaniladi.
Yuqori qovushqoqlikka ega bo‗lgan neftni haydashda SFM larni eritmasi
bilan
629
ishlangan suv yordamida haydaladi. Bugungi kunda hayotni plastmassasiz
tassavvur qilib bo‗lmaydi. Qurilishdan undan qurilish materiali sifatida,
devorlarni paneli,
derazalarni yopgichi, eshiklar va boshqalar. Mashinasozlikda
plastmassadan tishli va chervyakli halqalar, shkivlar,
podshipniklar, roliklar,
quvurlar va boqalar tayyorlanmoqda.