|
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Pdf ko'rish
|
bet | 301/307 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 15,32 Mb. | | #130098 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism15.10 - jadvalda
2001 y. uchun jahon neftni qayta ishlash quvvatlarining texnologik tuzilishi
keltirilgan.
NQIZ larning umumiy quvvati va neftni qayta ishlash hajmi bo‗yicha
yetakchi o‗rinni AQSh egallagan bo‗lib, bu ko‗rsatgichlar bo‗yicha G‗arbiy
Yevropa davlatlari va Yaponiyani birgalikdagi olinganda ham ortda qoldiradi.
Jarayon quvvati
Dunyoda
umumiy
Rossiya
AQSh
G‗arbiy
Yevropa
Yaponiya
Neftni birlamchi qayta ishlash, mln
t/yil
4059,6
273,1
831,0
739,6
244,8
Neftni qayta ishlashni
chuqurlashtiruvchilar, % birlamchi
qayta ishlash quvvatiga
40,7
20,1
71,7
42,7
29,3
katalitik kreking
17,9
5,9
35,9
15,7
17,1
gidrokreking
5,6
0,4
9,3
6,3
3,5
termokreking+visbreking
3,3
5,3
0,4
12,3
_
kokslashish
5,5
1,9
14,7
2,6
2,1
Ishlab chiqarish:
bitum
2,7
3,7
3,7
3,0
2,9
moylar
1,0
1,5
1,1
1,0
0,9
boshqalar
2,7
1,4
6,6
1,8
2,8
Mahsulot sifatini oshiruvchilar, %
birlamchi qayta ishlash quvvatiga
45,0
36,36
75,0
60,0
88,6
riforming
gidrotozalash
11,8
11,3
18,6
12,6
12,9
benzin fraksiyalar
(riformingsiz)
4,4
_
4,6
10,7
3,3
distillyatlar
20,9
24,5
38,5
27,1
48,2
qoldiqlar va og‗ir gazoyllarni
4,4
0
4,1
5,7
23,1
alkillash
1,9
0,1
5,8
1,3
0,7
izomerlash
1,3
0,4
2,7
2,2
0,3
MTBE ishlab chiqarish
0,3
0,06
0,7
0,4
0,1
Barcha ikkilamchi (K ), %
birlamchi qayta ishlash quvvatiga
85,7
56,46
146,7
102,74
117,9
625
AQSh ―benzin‖ profilidagi NQIZ larning yaqqol ko‗rsatilgan neftni qayta
ishlashning o‗ta chuqur darajasiga katalitik kreking (―36 %), katalitik riforming
(―19 %), gidrotozalashva gidrooltingugurtsizlantirish (―41 %), gidrokreking (9,3
%), kokslashish, alkillash, izomerlash va b.lar kabi ikkilamchi jarayonlardan
keng foydalanish hisobiga erishgan.
AQSh da NQIZ larning eng ommaviy mahsuloti bu – avtobenzindir (neftning
42 %). Benzin : dizel yonilg‗isi nisbati 2 : 1 ni tashkil etadi. Qozonxona
yoqilg‗isi minimal miqdorlarda ishlab chiqariladi – neftning 8%. AQSh da
neftni chuqur qayta ishlash darajasi (―93 %) birinchi navbatda vakuum gazoyli
va mazutlarni katalitik krekinglash, gidrokreking va kokslashishni qo‗llashdan
kelib chiqadi. Bu jarayonlar quvvati bo‗yicha AQSh boshqa davlatlardan ancha
o‗zib ketgan.
Sanoati rivojlangan davlatlardan quyidagilar eng katta quvvatli NQIZ larga
ega: G‗arbiy Yevropada – Italiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya;
Osiyoda – Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya. G‗arbiy Yevropa rivojlangan
davlatlari va Yaponiya NQIZ lari AQSh dagiga nisbatan neftni qayta ishlash
chuqurligining kamroqligi bilan tavsiflanadi va bunga ko‗p miqdorda pech
yoqilg‗isi ishlab chiqarishga zarurati bo‗lgan ob-havo sharoiti sabab bo‗lgan.
G‗arbiy Yevropa NQIZ larida benzin : dizel yoqilg‗isi nisbati dizel
yoqilg‗isi foydasiga bo‗lib, bunga sabab bu mamlakatlarda avtomobil
transportlarini intensiv dizellashtirish amalga oshirilmoqda. NQIZ larning neftni
qayta ishlanishini chuqurlashtiruvchi ikkilamchi jarayonlar bilan to‗yinganlik
darajasi bo‗yicha G‗arbiy Yevropa mamlakatlari AQSh dan sezilarli ortda
qoladi. NQIZ larda neftni qayta ishlashni chuqurlashtiruvchi jarayonlar (katalitik
kreking, termik kreking, gidrokreking va alkillash) ulushi AQSh va G‗arbiy
Yevropada mos ravishda 72 va 43% ni tashkil etadi.
Dunyoning bir qator mamlakatlarida motor yoqilg‗isi ishlab chiqarishni
ko‗paytirish uchun neftni chuqur qayta ishlash jarayonlari, birinchi navbatda
katalitik kreking qurilmalari quvvatlarini oshirish bo‗yicha dasturlar amalga
oshirilmoqda. Shunday qilib, neftni birlamchi qayta ishlash quvvatlaridan KK
626
ulushi XX asrda quyidagilarga yetdi (% larda):
Neft eksport qiluvchi davlatlardan Saudiya Arabistoni, Meksika,
Braziliya, Venesuyela va Eron eng katta NQIZ quvvatlariga ega. Bu davlatlarda
neftni qayta ishlashning o‗ziga xos xarakterli xususiyati – neftni qayta ishlash
chuqurligining pastligi (rangli yoqilg‗ilar 50% atrofida) va mos ravishda NQIZ
larning ikkilamchi jarayonlarga kam to‗yinganligi. Biroq oxirgi yillarda ular
orasida ham neftni qayta ishlashni chuqurlashtirishga bo‗lgan tendensiya
kuzatilmoqda. Shunday qilib, Braziliya va Venesuyela NQIZ larida katalitik
kreking ulushi 1994 y.da mos ravishda 27 va 20% ga yetgan.
Sobiq SSSR da 1950 y.gacha qurilgan NQIZ lar neftni qayta ishlash
chuqurligining yetarlicha darajasiga mo‗ljallangan edi. 1960-1970 yillarda
Uralo-Povoljye va G‗arbiy Sibirda nisbatan arzon neft qazib chiqarishning
ko‗paytirilishi sharoitlarida, mamlakatning asosan Yevropa qismlarida,
ko‗pincha neftni chuqur bo‗lmagan va qisman chuqurlashtirilgan qayta ishlash
sxemalari bo‗yicha yangi NQIZ lar qurilishi amalga oshirildi. Mamlakatimizda
neftni qayta ishlashning rivoji miqdor bo‗yicha ham, ya‘ni yangi quvvatlarni
qurish yo‗li bilan va sifat bo‗yicha ham – asosan yuqori samarali va
kombinatsiyalashgan
jarayonlar
qurilishi
va
mavjud
qurilmalarni
intensifikatsiyalash hisobiga olib borildi. Bundan tashqari, bu tarmoqning
rivojlanishi neftning yomonlashib borayotgan sifati (shunday qilib, 1980 y.da
oltingugurtli va yuqori oltingugurtli neftlar ulushi <<84% ga yetdi) va ishlab
chifarilayotgan neft mahsulotlari sifatiga nisbatan talabning tobora ortib borishi
bilan kechdi.
Sovet Ittifoqining parchalanishidan oldin oxirgi yillarda SSSR hukumati
quyidagi ittifoq respublikalarida oxirgi avloddagi yangi yuqori samarali NQIZ
Kolumbiya
38,1
AQSh
35,9
Xitoy
31,4
Avstraliya
30,0
Argentina
28,3
Braziliya
27,9
Buyuk Britaniya
26,3
627
lar qurilishiga asosiy e‘tiborini qaratdi: LK-6u, KT-1 va b. qurilmalar
kombinatsiyalashgan bazasida Litvada (Majayki, 1984 y. ishga tushgan, quvvati
13,3 mln t); Qozog‗stonda (Chimkentskiy, 1984 y. ishga tushgan, quvvati 6,6
mln t, Pavlodarskiy, 1978 y. ishga tushgan, quvvati 8,3 mln t); Turkmanistonda
(Chardjouskiy, 1989 y. ishga tushgan, quvvati 6,5 mln. t). Rossiyaga sobiq
SSSR ning 26 ta ma‘nan va jismonan eskirgan NQIZ lari tegdi. Ulardan
sakkiztasi ikkinchi jahon urushiga qadar ekspluatatsiyaga tushirilgan, beshtasi –
1950 y.gacha, yana to‗qqiztasi – 1960 y.gacha bo‗lgan davrda qurilgan edi.
Shunday qilib, 26 ta NQIZ dan 23 tasi 40-70 yildan ortiq ekspluatatsiya
qilinmoqda va tabiiyki, uskuna va texnologiyalarni yangilashni talab etadi (9.12
jadval). Albatta, Rossiya NQIZ larini shoshilinch rekonstruksiya qilish, neftni
qayta ishlash chuqurligini va chiqarilayotgan neft mahsulotlari sifatini
oshiruvchi katalitik jarayonlar quvvatlarini tubdan oshirish zarur.
Mamlakatimizda NQIZ larida sifati qanoatlantiruvchi neft mahsulotlarini
chiqarishni ta‘minlashga imkon beruvchi, katalitik riforming va gidrotozalash
kabi, neftning yoqilg‗i fraksiyalari bilan to‗yintirish jarayonlari bilan
ta‘minlanish holati nisbatan yaxshi.
|
| |