INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
137
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Oʻzbekistonda hozirgi kunda ziyorat turizm salohiyatini
oshirish, undan samarali foydalanish va rivojlantirish muammolari boʻyicha nazariy va amaliy
masalalarni tadqiq etishga ehtiyoj yanada kuchaymoqda. Koronavirus
pandemiyasining ziyorat
turizm sohasi, uning salohiyati va resurslariga taʼsiri sharoitida bunday ilmiy izlanishlar yetarli
emasligi ham ushbu sohada ilmiy tadqiqotlar zaruratidan dalolat beradi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston
ziyorat turizm sohasini jadal rivojlantirish va uni iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biriga
aylantirish yoʻlidan
bormoqda, bu esa mamlakatning iqtisodiy oʻsishini taʼminlash va jahon
hamjamiyatidagi nufuzini oshirishdagi ahamiyati bilan bogʻliq.
Shu bilan birga mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2022-2026-yillarda Yangi
Oʻzbekiston taraqqiyot Strategiyasida ziyorat turizm sohasini
rivojlantirishning ustuvor
maqsadlaridan biri sifatida, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy
sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga
tashrif buyuradigan xorijiy
turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish vazifasini qoʻydi [2]. Bundan tashqari, mamlakatimiz
iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini taʼminlashning hozirgi sharoitlarida ziyorat turizm sohasining
investitsion
jozibadorligini oshirish, davlat va xususiy biznesning sheriklik mexanizmidan
foydalangan holda turizm salohiyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Shularni eʼtiborga olganda, mazkur
tadqiqotining dolzarbligi, ayniqsa, respublikamiz
ziyorat turizm sektori koronavirus pandemiyasidan soʻng oʻzining yangi rivojlanish bosqichini
boshlagan, ziyorat turizm salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlayotgan
hozirgi sharoitda
shubhasiz, Yangi Oʻzbekistonda ziyorat turizm salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini
takomillashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati bilan bogʻliq hisoblanadi.