INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
138
Tahlillar va asosiy natijalar
Oxirgi oʻn yilliklarda ziyorat turizm sohasining jahon va milliy iqtisodiyotlarga ta’siri jiddiy
ravishda ortib bormoqda. Ziyorat turizm va rekreatsiya sohasining
faoliyat yuritishi va
shakllanishining oʻziga xos xususiyatlari uning salohiyati sezilarli darajada sifat va son
koʻrsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Ziyorat turizm sohasidagi davlat siyosati mintaqalarni jadal
va kompleks rivojlantirish,
diversifikasiya qilish, ularning infratuzilmasini yaxshilash, xalqaro
maydonda mamlakat nufuzi va
investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish, daromadlarni oshirish, aholining
turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan. Ziyorat turizm sohasi va uning salohiyatini ustuvor
rivojlantirish Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyatini oshirish va undan foydalanish sohasidagi
barcha strategik dasturiy hujjatlarida belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasida ushbu
sohani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari,
jumladan, ziyorat turizm industriyasini jadal
rivojlantirish, uning iqtisodiyotdagi
roli va hissasini oshirish, ziyorat turizm xizmatlari sifatini
diversifikatsiya qilish va takomillashtirish, turizm infratuzilmasini kengaytirish vazifasi belgilangan.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi koʻrsatadiki, ziyorat
turizmni rivojlantirishning
muvaffaqiyati bevosita ushbu sohaning davlat darajasida qanday qabul qilinishiga, davlat koʻmagidan
qanchalik bahramand boʻlishiga bogʻliq. Davlat darajasida turizmga gʻamxoʻrlik qilish turizm
xizmatlari eksportini sezilarli darajada oshirish va turizm balansining ijobiy saldosini ta’minlash
imkonini beradi.
Ziyorat turizmini о‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash
maqsadida turizm obyekti sifatidagi “ziyorat” atamasining mohiyati va tabiatini anglab olish lozim.
Adabiyotlarda bu atamaning xususiyatlari hali-hanuzgacha yoritilmagan.
Maqolada biz mazkur
atamaga ziyorat turizmini о‘lkamizda komil insonni shakllantirishga qо‘shadigan hissasi va
diversifikatsiyalash imkoniyatlarini qо‘llash nuqtai nazaridan qarab, ta’rif va tavsif beramiz.
“Ziyorat” (arabcha
ةرﺎﯾ ِ ز
ziyara) sо‘zidan olingan bо‘lib “tomosha qilish”, “kо‘rishga borish
(kelish)” ma’nolarni bildiradi. Musulmonlarda “ziyorat”- bu payg‘ambarlar qabri, diniy muqaddas
joylarni ziyorat
qilishdir
6
1
.
Ziyorat – Islomning turistik asosidir. “Xojagon” ta’limoti
asoschisi Xojai Jahon
Abuduxoliq G‘ijduvoniyning