INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
139
Ichki ziyoratning о‘ziga xos xususiyati safarni noan’anaviy yо‘l bilan bosib о‘tishdadir.
Insonning о‘z ma’naviy barkamollikka erishish yо‘lida xilvatda kitoblarni о‘qib turish, ma’rifiy-
tarbiyaviy tadbirlarda qatnashib saboq olish, ilm о‘rganish, bilim olish kabi say-harakatlarni, bizning
fikrimizcha,
ichki safar vositalari
qatoriga kiritish mumkin. Shuningdek, ichki ziyorat sajda va duo
о‘qishda ham о‘z ifodasini topadiki, unga kо‘ra ziyoratchi ibodat qiladi. U yoki о‘z uyidan turib, yoki
uyiga yaqin joylashgan masjidga borib, yoki qо‘shni-qarindoshlar tomonidan uyushtiriladigan xatmi
Qur’on, mavlud, ashurlik, bibi seshanbe va haj oshi, sunnat tо‘yi kabi diniy marosimlarga qatnashib,
ibodat amallarini ijro qiladi. Ichki ziyorat insonning ruhiy kamolotga erishishiga kо‘maklashadi.
Tashqi ziyorat esa diniy rasm-rusumlarni bajarish bilan birga amalga oshiradigan insonning
turli muqaddas makonlar bо‘yicha sayru sayohatidir. U kishining doimiy yashab turgan manzilidan
uzoqlashgan holda sajda qilishga asoslangan diniy va/yoki dunyoviy muqaddas joylarga ziyorat
qilishini nazarda tutadi. Ziyoratchi muqaddas joy va narsalar
oldiga borib sajda qilgan, ularni
e’zozlagan holda ziyoratni amalga oshiradi. Ziyoratning tashqi shakli ziyorat turizmining asosi
sifatida xizmat qiladi. Chunki, ziyorat sayohati jarayonida ziyoratchilar
muqaddas joylarni ziyorat
qilish maqsadida safarga chiqadilar. Ziyoratning bu shakli odamlarni ma’naviy va jismoniy
kamolotga erishishiga kо‘maklashadi.Chunki, insonlar doimiy yashash manzillaridan uzoqlashgan
sari о‘pkalardagi havo almashtiradilar va
buning natijasida sog‘liqlari ancha yaxshilanadi. Ular turli-
tuman maskanlarga borish-kelish vaqtida xilma-xil odamlar bilan qiziqarli suhbatlarda bо‘ladilar,
yangi muqaddas joy va narsalar bilan tanishadilar va ulardan ma’naviy
ozuqa oladilar, har xil
hodisalarga guvoh bо‘ladilarki, bularning barisi ziyoratchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va
barkamollikka erishishga kо‘maklashadi.
Diniy
ziyorat
о‘z navbatida islomiy, buddaviylik, xristianlik va boshqa diniy e’tiqodlarga
bо‘linadi. Agar diniy ziyorat diniy muqaddas narsa va joylarga
ibodat qilishni bildirsa, dunyoviy
ziyorat tabbiiy va hayotiy narsalar (zardushtiylik ta’limotlarida olov, suv, yer, havo muqaddas
hisoblangan) hamda muqaddas joylarga sajda qilish va ularni qadrlashda о‘z ifodasini topadi.