INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
141
tushunchani yetarli darajada erkinlik bilan qoʻllash mumkin, chunki kontekst baribir ularning
mazmuniga nima kiritilganini tushunish imkonini beradi.
Ziyorat turizmda “turizm salohiyati” ta’rifiga tadqiqotchi olimlarning yondashuvlari va nuqtai
nazarlarini tahlil qilgan holda shundy xulosa qilish mumkinki, tadqiqotchi mualliflar asosan ikkinchi
resurs tushunchasiga amal qiladilar, unga koʻra salohiyat ma’lum maqsadlarga erishish uchun zarur
boʻlgan oʻzaro bogʻliq resurslar majmuasidir.
Ziyorat turizm salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish nuqtai nazaridan oʻrganishdagi asosiy
muammo uning barcha elementlari bir vaqtda va birgalikda faoliyat yuritishidadir. Ya’ni turizm
salohiyati murakkab va dinamik tizim hisoblanadi, chunki aynan salohiyatning alohida elementlari
oʻrtasidagi munosabatlar ishlab chiqarish xususiyatlari va faoliyat
yuritish qonuniyatlarini
modifikatsiya qiladi, shu tariqa salohiyatning umuman yangi sifat holatiga, ya’ni yuqori tartibli
tizimga oʻtishga yordam beradi.
Yuqoridagi
mulohazaga muvofiq, aytish mumkinki, turizm salohiyati oʻzaro bogʻlangan va
oʻzaro aloqadagi turli elementlardan tashkil topgan, turizm mahsulotini
yaratish va taqdim etish
jarayonida, kerakli miqdor va sifat hamda bozor tomonidan belgilangan muddatlarda turli vazifalarni
bajaruvchi murakkab, uyushgan, dinamik tizimdir.
Shunday qilib, ziyorat turizm salohiyati tizim hisoblanadi, shunga koʻra u har qanday tizimning
yaxlitligi, elementlarning kutilmaganda paydo boʻlishi va boʻlinuvchanligi singari xususiyatlarga
ega. Shu bilan birga turizm salohiyati maxsus, faqat oʻziga xos fundamental xususiyatlarga ham ega
(1-rasm).
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, natijalovchi konsepsiya qoidalarini
birlashtiradigan
“turizm salohiyati” atamasining quyidagi ta’rifini toʻgʻri deb hisoblaymiz. Turizm salohiyati – turizm
industriyasini rivojlantirish va uning faoliyat yuritishidan ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish
va ularning turizm jozibadorligi darajasini oshirish imkoniyatlari mavjudligi; turizm salohiyati –
turizm faoliyatini tashkil etish maqsadida mavjud resurslar yigʻindisi.
Tuzulmaviy jihatdan turizm salohiyati oʻzaro bogʻlangan salohiyatlar: tabiiy-resursli, tarixiy-
madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatlar yigʻindisi sifatida namoyon etilgan. Bir qator
mualliflarning tadqiqotlarida ifodalangan
ilmiy yondashuvni tahlil qilib, muayyan “alohida”
salohiyatlar bloklari va ularning ta’riflarini shakllantirdik.