|
Mavzuga oid adabiyotlar sharhiBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.
О‘zbekistonda turizmning salohiyatli va istiqbolli turlaridan
biri ziyorat turizmi hisoblanadi. Uning о‘ziga xos xususiyati komil insonni ham jismoniy, ham
ma’naviy jihatdan shakllantirishga ijobiy ta’sir kо‘rsatishi bilan bog‘liq. Bugungi kunda jahondagi
turistik obyektlarning 90 foizidan dan ortig‘i bevosita yoki bilvosita sig‘inish yoki din bilan aloqador.
Ushbu strategik vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun xorijda sinalgan va turizm sohasini hududiy
jihatdan samarali tashkil etish va xizmat kо‘rsatuvchi subyektlarining qо‘shilgan qiymat zanjiri bilan
bog‘lanishini ta’minlashga qodir bо‘lgan klaster yondashuvida ziyorat turizmini rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bо‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Turizm salohiyatini rivojlantirish muammosining ayrim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-nazariy va
amaliy masalalarni ishlab chiqishga A.A.Eshtayev [3], A.M.Abduvohidov [4], M.T.Alimova [5],
Ye.V.Golisheva [6], S.Nurmatova [7], S.R.Safayeva [8], B.X.Turayev [9], O.H.Hamidov [10] singari
mamlakatimiz olimlari munosib hissa qoʻshdilar.
Mazkur ilmiy ishlarni tavsiflovchi oʻziga xoslik shundaki, aksariyat mualliflar uning asosiy
funksional maqsadi sifatida turizm infratuzilmasi obyektlari va turizm mahsulotiga talabni taʼminlash
nuqtai nazaridan eʼtibor qaratgan va koʻrib chiqqan holda, turizm salohiyati tushunchasiga turli xil
maʼnolarni kiritadilar. Turizm salohiyatidan foydalanish va rivojlantirishga bagʻishlangan koʻplab
ishlarga qaramay, turli tavsif, turli inqirozli hodisalar, jumladan, koronavirus pandemiyasi oqibatlari
bilan bogʻliq oʻzaro aloqalarini koʻrsatuvchi jihatlar nuqtai nazaridan ularning yanada rivojlanishiga
yondashuvlar, shuningdek, bunday murakkab sharoitlarida turizmning rivojlanishi va uning
salohiyatiga taʼsir etuvchi omillarni modellashtirish mavjud emas, bu esa olib borilayotgan
tadqiqotning dolzarbligini asoslab beradi.
Ayni paytda ziyorat turizmning ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati va о‘rni hamda istiqbollarini
belgilash borasida olib borilayotgan ishlar ham masalaga jiddiy yondashgan holda ilmiy tadqiqotlar
olib borishni taqozo etmoqda.
|
| |