INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
140
faol ta’sir koʻrsatadi. Mamlakat va uning hududi turizm biznesini yuritish va yashash uchun yanada
jalb etuvchan boʻlib kelmoqda.
Ziyorat turizmning iqtisodiy samaradorligi shuni taqozo etadiki, mamlakatda turizm ijtimoiy-
iqtisodiy kompleksning boshqa tarmoqlari bilan ketma-ket va birgalikda rivojlanishi kerak.
Ta’kidlash lozimki, turizmning mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri turizm har tomonlama
rivojlanib, boshqa tarmoqlar rivojiga zarar yetkazmagan holdagina yuz beradi.
Dinamikada
kuzatiladigan turizmni rivojlantirish jarayoni, uning doimiy sifat oʻzgarishlari, turizmga yangi
texnologiyalarning kirib kelishi bilan bogʻliq boʻlgan turlarning koʻpayishi har bir mamlakatning
iqtisodiy rivojlanishi uchun ushbu murakkab va muhim tizimning
boshqaruv usullarini doimiy
yangilash va takomillashtirishni talab qiladi.
Oʻzbekistonda milliy qonunchilikka muvofiq joylashtirish vositalari, transport, umumiy
ovqatlanish obektlari va koʻngilochar, ma’rifiy, ishbilarmonlik, davolash-sogʻlomlashtirish, jismoniy
tarbiya-sport hamda boshqa maqsadga moʻljallangan
obyektlar, ziyorat turizm faoliyatini amalga
oshiruvchi tashkilotlar, ekskursiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar majmuasi,
shuningdek
ekskursiya yetakchilarining, gidlar (gid-tarjimonlar) hamda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlari
majmuasi turizm industriyasidir. Shu sababli ziyorat turizmni tadqiq qilishda turizm salohiyati va
turizm resursi tushunchalariga katta ahamiyat berishimiz lozim bо‘ladi.
Yuqoridagilarning barchasi koʻrsatadiki, bugungi kunga qadar salohiyat mohiyatining iqtisodiy
talqiniga cheklangan yondashuv hukmronlik qiladi, chunki birinchisi salohiyatni resurslar majmuasi
sifatida, ikkinchisi iqtisodiy tizimning mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati sifatida, uchinchisi ishlab
chiqarish kuchlarining muayyan samaraga erishish qobiliyati sifatida ta’riflaydi. Bu ikki
tushunchaning oʻziga xos xususiyatlari 1-jadvalda berilgan.
1-jadval