SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023
182
3D TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA DUNYO TENDENSIYALARI TAHLILI
https://doi.org/10.5281/zenodo.7823188
Jamilova Maftuna
TATU 3-bosqich talabasi
Beknazarova Saida
Ilmiy raxbar: TATU kafedra mudiri
Yuqori texnologiyalar har yili kundalik hayotimizga yanada chuqurroq kirib
bormoqda. Multimedia,
interaktiv, mobil va 3D texnologiyalar ―Raqamli dunyo‖ deb
ataladigan yangi muloqot va zamonaviy raqamli muhit imkoniyatlarini yaratdi.
Bugungi kun yoshlarining 85% dan ortig‘i turli xil zamonaviy yuqori texnologiyali
―gadjetlarga‖: kompyuterlar, planshetlar, Internetga kechayu-kunduz kirish imkoniyati
bor smartfonlarga ega. XX asr oxiri - XXI asr boshlarida mahsulot ishlab chiqarishning
ilg‘or innovatsion yo‘nalishlaridan biri bu 3D texnologiyasidir. Ushbu texnologiyadan
foydalanish asosida yaqin kelajakda mashina va mexanizmlarning
qismlarini inson
ishtirokisiz ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Ushbu innovatsion texnologiyadan
foydalanish robototexnika sohasidagi yutuqlarni yuqori darajaga ko‘tarish imkonini
beradi, chunki kompyuter tomonidan boshqariladigan bosib chiqarish moslamasi robot-
manipulyator hisoblanadi. Uning yordami bilan insonning individual organlari, plastik
qismlar, metall buyumlar (qurolgacha), yog‘och
buyumlar, beton qurilish
konstruksiyalari va murakkab hajmli mahsulotlar, xususan,
samolyotlar
tayyorlanmoqda.
Graphic Display World ma‘lumotlariga ko‘ra, geografik jihatdan 3D
texnologiyalar bozorida jahon yetakchilari Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk
Britaniya va Germaniya bo‘ladi. Qo‘shma Shtatlar 3D
texnologiyasini joriy etish
bo‘yicha pionerlardan biri bo‘lib, 3D texnologiyalari bozorining muhim katta ulushini
egallashi kutilmoqda. Bundan tashqari, organ va to‘qimalar
transplantatsiyasiga olib
keladigan surunkali kasalliklar sonining ortib borayotgani va organ donorlarining
cheklangan soni bozorning o‗sishiga turtki bo‘lgan asosiy omillardandir. Sog‘liqni
saqlash sohasida 3D bosib chiqarish uchun keng ko‘lamli spektrlar mavjud, ya‘ni bular
stomatologiyadagi qoliplardan tortib protezlash va murakkab operatsiyalar uchun 3D
bosilgan modellargacha.
3D texnologiyalaridan foydalanish deganda, quyidagi mahsulotlar: 3D
sensorlar,
3D integral mikrosxemalar, 3D tranzistorlar, 3D printer, 3D o‘yinlar va boshqa 3D
modellardan foydalanish tushuniladi. Ularning ilg‘or vizual effektlari, animatsiyalari va
grafik imkoniyatlaridan foydalanish tufayli sog‘liqni saqlash, media, ta‘lim,
ishlab
chiqarish, avtomobilsozlik va boshqa shu kabi turli sohalarda tez mashhurlikka
erishmoqda. Ularning yuqori texnologiyalari natijasida 3D texnologiyasini qabul qilishi