SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.05.2024
Hajmi0,51 Mb.
#235039
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAQOLA

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023 
185 
va hajmli animatsiyalarni yaratish, minglab ob‘ektlar bilan eng murakkab sahnalarni 
yaratish, turli muhitlar va qismlarni o‘xshatish, teksturalarni qo‘llash va o‘rnatilgan 
Arnold komponentida nurli kuzatuv renderini amalga oshirish imkonini beradi. Shuni 
ta‘kidlash kerakki, Arnold renderi yordamida ―Pacific Rim‖ (
Тихоокеанский
рубеж
) va 
―Gravity‖ (
Гравитация
) filmlar uchun grafikalar yaratilgan. 
3ds Max modellashtirishni osonlashtiradigan turli xil modifikatorlarning katta 
kutubxonasiga ega. Ushbu dastur keng professional vositalar to‘plamini taklif etadi. 
Shuning uchun uni o‘rganishga o‘quv materiallar yetarlicha. Bundan tashqari AutoCAD 
bilan yaxshi integratsiyalashgan. Faqat 3ds Max macOS tizimida qo‘llab-
quvvatlanmaydi. 
Maya. Katta hajmdagi modellarni, animatsiyalarni, simulyatsiyalarni tayyorlash, 
murakkab sahnalarni ko‘rsatish uchun Autodeskning yana bir mashhur mahsuloti. 
Maya asosan o‘yinlar, maxsus effektlar va kinematik ko‘rinishlarni yaratadigan 3D 
dizaynerlar va rassomlar tomonidan qo‘llaniladi. Dasturda siz kuchli portlashlarni, 
kiyim yoki sochlarning real harakatini, kichik to‘lqinlar bilan suv yuzasini yoki o‘qning 
otilishini modellashtirish mumkin - buning uchun maxsus uskunalar va modullar 
mavjud. Shu kabi Maya modellashtirish va vizualizatsiya vositalariga ega, ammo uning 
eng kuchli tomoni personajlar animatsiyasidir. Ko‘pincha ZBrush bilan birgalikda 
ishlatiladi. U barcha asosiy animatsiya va o‘yin studiyalarida, jumladan Disney va 
Naughty Dogda qo‘llaniladi. Maya shuningdek, Magic the Gathering treylerini 
yaratishda ham ishlatilgan. 
Blender. 3D grafika va 2D animatsiya bilan ishlash uchun bepul, ammo kuchli 
vosita. U modellashtirish va haykaltaroshlik, renderlash, post-processing va video 
tahrirlash vositalarini amalga oshiradi. Aynan Blender 3D modellashtirish va 
haykaltaroshlik uskunalari assortimentiga egaligi bilan alohida ajralib turadi va pullik 
modellashtirish dasturiga munosib alternativ hisoblanadi. Soch, jun va hatto mato 
simulyatsiyasini yaratish uchun vositalar, qattiq va yumshoq jismlar dinamikasi uchun 
uskunalar, modellarda teksturalarni chizish, o'yinlarda mantiqni yaratish va vazifalarni 
avtomatlashtirish uchun Python qo‘llab-quvvatlashi mavjud. O‘quv materiallarini 
topish qiyin emas. Dastur frilanserlar va kichik studiyalar tomonidan sevib ishlatilinadi. 
Ammo katta studiyalar kamdan-kam hollarda boshqa dasturlarga nisbatan Blenderni 
bilishni talab qiladi. Shunga qaramasdan, Blender yordamida yaratilgan ―Spring‖ qisqa 
metrajli filmi ko‘pchillikning diqqatini tortgan. 
Cinema 4D. Dastur modellashtirish (arxitektura va interyerni modellashtirish 
uchun mos emas), haykaltaroshlik, chizish, kompozitsiya yaratish, treking va 
animatsiyani, shuningdek, murakkab animatsiyalarni yaratish va jismoniy 
xususiyatlarni (ishqalanish, sirpanish, almashinuv) o‘xshatishga, yuqori sifatli renderni, 
g‘ayrioddiy uch o‘lchovli effektlarni real amalga oshirish imkonini beradi. Cinema 4D 
motion dizaynerlari tomonidan juda yaxshi ko'rilib foydalaniladi. Bunga sabab 
o‘rnatilgan MoGraph animatsiya moduli va Adobe mahsulotlari, xususan After Effects 



Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish