|
SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SONBog'liq MAQOLASO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023
187
Bugungi kun bizni turli texnika va ilmiy yutuqlar yordamida taqdim etilgan
dunyoga yangicha qarashga majbur qiladi. 3D texnologiyasi yaqin kelajakda deyarli
barcha sohalarga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. 3D texnologiyasi asosida qismlarni ishlab
chiqarish va ob‘ektlarni qurish bo‘yicha xorijiy va mahalliy tajriba uning maqsadga
muvofiqligini ko‘rsatdi, shuning uchun uni yanada rivojlantirish tavsiya etilmoqda.
Sababini 3D texnologiyalarning asosiy jarayonlarga ta‘sir qilishida ko‘rishimiz mumkin:
Mahsulotni ishlab chiqarish kamroq vaqt talab etadi; talab va daromad manbalari
o‘zgaradi; yangi raqobat muhiti paydo bo‘ladi; yangi imkoniyatlar: 3D ishlab chiqarish
imkonsiz chegaralarni deyarli yo‘q qiladi, cheksiz tasavvur parvozini ta‘minlaydi va
turli sohalarda amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu to‘g‘risida yuqorida
ko‘rib chiqildi. Ya‘ni har bir sohadagi o‘rniyu natijalarini ko‘rib chiqildi. Shundan
so‘nggi yillardagi tendentsiya 3D printerga aylanganligini bilib oldik. 3D printerlardan
foydalanish modellashtirish, fizika, matematika va dasturlash bo‘yicha zarur
bilimlarning butun majmuasini birlashtiradi. 3D bosib chiqarish kuchli ta‘lim vositasi
bo‘lib, bolaga nafaqat tayyor mahsulotdan foydalanish, balki o‘zi uchun yaratishni
o‘rgatish mumkin.
Bugungi kunda 3D bosib chiqarish iqtisodiy faoliyatning turli turlari vakillari
uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. 2021 yilda global 3D bosib chiqarish bozori 15
milliard dollarga yetgandi va 2030 yilga kelib taxminan 100 milliard dollarga yetishi
kutilmoqda. Ekspertlarning fikricha, 3D bosib chiqarish dunyo bozori keyingi o‘n
yillikda ham o‘sish davom etish tendentsiyasini ko‘rsatmoqda. Birinchi 3D printerlar
paydo bo‘lganidan beri o‘tgan juda qisqa vaqt ichida odamlar idish-tovoq, kiyim-
kechak, o‘yinchoqlar, printer uchun sarflanadigan materiallar va printerlarni o‘zlari,
mashinalar va hatto inson a‘zolari va to‘qimalarini, shuningdek zargarlik buyumlarini
chop etishni o‘rgandilar. 3D bosib chiqarish texnologiyasini rivojlantirishning
navbatdagi bosqichi qurilish konstruksiyalari va turar-joy binolarini bosib chiqarish edi.
3D texnologiyalaridan foydalanish deyarli har qanday shakldagi binolarni qurishga
imkon beradi, birinchi navbatda, bu dizaynerlar va arxitektorlarga o'zlariga ma'lum
chegara qo‘ymasliklariga, erkin fikrlash imkoniyatini beradi. 3D texnologiyalaridan
foydalanishda ochiladigan navbatdagi imkoniyat bu tezlikdir. Masalan, Shanxayda bir
kunda har biri 200 kvadrat metr maydonga ega o‗nta 3D-bosma uy qurildi. Uylarni
loyihalashda kompyuter modellashtirishdan foydalanib, izolyatsiyalash, quvurlar, elektr
simlari va deraza bloklari uchun ulagichlarni yotqizish mumkin.
3D prototiplash tufayli yangi mahsulotlarning maketlari katta sarmoyasiz,
qimmatbaho uskunalarni jalb qilmasdan tayyorlanishiga, bu esa mahsulotni ishlab
chiqarish vaqtini qisqartirish va uning tannarxini pasayishiga olib keladi.
|
| |