|
SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SONBog'liq MAQOLASO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023
183
tezlashdi, bu esa bozorni oshirishi mumkin. 3D modellashtirish texnologiyasidan
foydalanish mumkin bo‘lgan sohalar ro‘yxati tugamaydi, bu texnologiyaning
imkoniyatlari cheksizdir. Bundan tashqari, nafaqat texnologiyaning mashhurligiga,
balki uning ta‘siri ostida ishlab chiqarish, bir qator biznes jarayonlar va jahon
iqtisodiyoti qanday o‘zgarishiga ham e‘tibor qaratish lozim. Demak, dunyo tendensiyasi
bo‘yicha asosiy sohalardagi 3D texnologiyaning o‘rnini ko‘rib chiqamiz.
3D texnologiyasi barcha talablarga javob beradigan va ulkan potensialga ega
bo‘lgan ta‘lim texnologiyalarining zamonaviy yo‘nalishidir. 3D texnologiyalar
maktablarda ham, oliy o‘quv yurtlarida ham o‘quv jarayonining ajralmas qismiga
aylanishi kerak. Ushbu texnologiya odatiy darslar va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni
yangicha uslubda olib borish, o‘quv jarayonini samarali, qiziqarli va vizual hajmli qilish
imkonini beradi. Masalan:
geografiya - hududni 3D modellashtirish va vizuallashtirish uchun;
tarix - arxeologik topilmalar va qadimiy qoldiqlar, tarixiy voqealar va
boshqalarni modellashtirish uchun;
anatomiya - tananing va organlarning alohida qismlarini modellashtirish uchun;
biologiya va kimyo - to‘liq rangli molekulyar modellarni yaratish, DNK
zanjirlarini, elektr zaryadini yoki atom tuzilishini vizual tarzda namoyish qilish
qobiliyati;
informatika - bunda ―Modellashtirish‖ bo‗limi eng muhimlaridan biri hisoblanadi.
3D texnologiyalari tibbiyotda haqiqiy inqilobni amalga oshirdi. Bemorlarga sifatli
xizmat ko‘rsatish, ehtiyojlarga qarab tezroq davolash uchun nafaqat 3D bosib chiqarish
va 3D skanerlash, balki 3D modellashtirishdan ham foydalanish bo‘ldi. Va natijada,
bularning barchasi faqat bitta muhim maqsadni ko‘zlaydi - inson hayoti sifatini sezilarli
darajada yaxshilash, ayniqsa, bir qator sabablarga ko‘ra imkoniyati cheklanganlar
uchun. Yangi texnologiyalar organlar va suyaklar modellarini yasash, 3D modellarni
yaratish va protezlar, implantlar, jarrohlik shablonlari, ortopedik stelkalar va boshqa
mahsulotlarni yuqori aniqlikdagi 3D printer yordamida bosib chiqarish imkonini beradi.
3D modellashtirish sohasidagi tibbiyotning eng faol tarmoqlari kosmetologiya, plastik
jarrohlik va protezlashdir. Vizualizatsiya davolashning eng yaxshi variantlari yoki
o‘zgarishlarini tanlash, o‘zgarishlar va ularning maqsadga muvofiqligini dastlabki
baholash imkonini beradi. Protezlashda 3D modellashtirishsiz iloj yo‘q. Bundan
tashqari, masshtabdan qat‘i nazar, u kichik tish koronkasimi yoki butun ekzoskeletmi,
3D modellashtirish barcha ishni tez bajarish va tayyor mahsulotni iloji boricha
individuallashtirish imkonini beradi. Ya‘ni, bu dizayn bosqichida ham bemorning
anatomik xususiyatlari va ehtiyojlarini iloji boricha hisobga olishini anglatadi.
Erishilgan natijalardan eng kattasi : Isroillik olimlar 3Dprinterda qon tomirlari va
hujayralaridan iborat inson yuragi yaratganlari. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, u
miniatyurada qilingan, ammo xuddi shu texnologiya oddiy o‘lchamdagi yurakni chop
etish uchun ishlatilishi mumkin. Bosib chiqarilgan organ yurak-qon tomir
|
| |