|
SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SONBog'liq MAQOLASO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 9-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.04.2023
184
mushaklarining ildiz hujayralariga aylantirilgan, so‘ngra biriktiruvchi to‘qima bilan
aralashgan va 3D printerga joylashtirilgan bemorning yog‘ hujayralaridan iborat.
Laboratoriyada yaratilgan yurak qisqarib-kengayishi mumkin, ammo hozircha u qonni
hayday olmaydi.
3D bosib chiqarishga bo‘lgan talab mashinasozlikning ham rivojlanishiga olib
keldi. Avtomobil sanoatining eng yirik xalqaro vakillari muntazam ravishda 3D-
printerlarda ehtiyot qismlarni chop etishadi, 3D-skanerlar yordamida mahsulot sifatini
tekshirishadi. Avtomobil sanoati yangi avtomobil modellari prototiplarini yaratish
uchun 3D-printerdan foydalanmoqda. Shuningdek, u aviatsiya sanoatida ehtiyot
qismlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
3D texnologiyalari bugungi kunda qurilish va arxitekturadagi turli muammolarni
hal qilib, loyihalash jarayonini tezlashtirish va soddalashtirish imkonini beradi.
Arxitektura va qurilish loyihalarida 3D printer har qanday arxitektura loyihalarining
real va aniq modellarini tezda yaratish imkonini beradi. Har qanday deganda, me‘moriy
konstruksiyadan tortib, hattoki uygacha yaratish mumkin. Xorijda 3D-
texnologiyalardan foydalanishga asoslangan ob‘ektlarni qurish qurilmasi ishlab
chiqilgan bo‘lib, u avtomatlashtirilgan rejimda bir kunda 250 kvadrat metr maydonga
ega xonani qura oladi. Bundan tashqari 3D lazerli skaner Parijning o‘rta asr
arxitekturasi Notr-Dam de Pari ni tiklashga yordam bermoqda. Ma‘lumot uchun bu
asar 2019-yil yonib ketgandi.
Interer dizaynida 3D printerlar ko‘pincha mebellar, dekor elementlari, san‘at
buyumlari, lampalar yaratish uchun ishlatiladi
3D-sensor ilovalariga yuzni tanish funksiyalari qo‗shildi, bu noutbuklar va mobil
qurilmalar xavfsizligini yaxshilash, raqamli fotosuratlar sifati va ruxsatini oshirish
imkonini beradi. Bundan tashqari, biometrik skanerlash va boshqa 3D sensor ilovalari
maishiy elektronika olamini qayta belgilamoqda.
3D modellashtirish ham ayni paytda qiziqarli va eng ko‘p talab qilinayotgan
yo‘nalishdir. Bu sohaga qarab, interyer yoki arxitektura vizualizatsiya, modellashtirish,
animatsiya, maxsus effektlarni yaratish - kino sanoati, multiplikatsiya, o‘yinlarni ishlab
chiqish va 3D print yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin. Har bir vazifa turi uchun maxsus
dasturiy ta‘minotlar ishlab chiqilgan va ularning soni juda ko‘p. Aniq bir reja bo‘lsa,
dastur tanlash shunchalik oson bo‘ladi.
Ushbu maqola doirasida barcha paketlarni tahlil qilib chiqish mumkin emas,
shuning uchun biz dunyo tendensiyasidagilarni to‘pladik. 4 ta universal dasturlardan
boshlaymiz: Blender, 3dsMax, Maya va Cinema 4D. Ularning har birida ob‘ekt va
personaj modellarini yaratish, sahnani yig‘ish, yorug‘lik va materiallarni sozlash,
animatsiya qo‘shish, renderda yakuniy rasm yoki videoni ko‘rish mumkin.
3ds max. O‘yin va kino san‘ati, sanoat ishlab chiqarish, interyer dizayn kabi
sohalarda keng qo‘llaniladigan Autodesk tomonidan yaratilgan kuchli 3D
modellashtirish muhiti. Bu sizga har qanday darajadagi detallashtirilgan real modellar
|
| |