INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Maxsus son, 2023-yil, dekabr
ISSN 2181-4732
63
Kirish
Dunyoda polietilen, polipropilen, PVX va boshqa turdagi polimer chiqindilarini qayta ishlash,
ulardan ikkilamchi foydalanishdagi muammolar, shuningdek foydalanishning
samarali hamda
iqtisodiy tejamkor usullarni tо‘g‘ri tanlash borasida kо‘pgina ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Ushbu polimer chiqindilaridan foydalanish darajasi va hajmi ularni ikkilamchi qayta ishlaydigan
qurilmalarning
murakkabligiga, ayniqsa birlamchi chiqindilarni maydalash vaqtida uskunalarning
maydalanayotgan polimer chiqindilarni fizik-mexanik xossalarini о‘zgartirmaslik darajasiga bog‘liq
bо‘ladi. Ta’kidlash joizki, respublikamizda innovatsion texnologiyalarni
tatbiq etish orqali sanoat
obyektlarini yuritishning ilmiy asoslangan tizimi va atrof-muhitni muhofaza qilishning chora-
tadbirlarini amalga oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da
“Mahalliy xomashyo resurslarini
chuqur qayta ishlash asosida, yuqori qо‘shimcha qiymatli tayyor
mahsulot ishlab chiqarishni
yanada jadallashtirish, sifat jihatdan yangi mahsulot va texnologiya
turlarini о‘zgartirish” kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.