Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/157
Sana01.08.2024
Hajmi26 Mb.
#269016
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   157
Bog'liq
1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

Uslub va materiallar 
 
 
Polimer mahsulotlarining ekspluatatsiya qilish muddatlarini chо‘zish nafaqat kimyoviy, balki 
ekologik muammo hamdir. Bir tomondan plastmassa mahsulotlarini ekspluatatsiya qilish va saqlash 
vaqtini uzaytirish polimer mahsulotlari miqdorini oshirish bilan birgalikda uning sifatini ham 
yaxshilashni talab etadi. Boshqa tomondan polimer chiqindilarini tо‘planib qolishi atrof muhit 
muhofazasi va bartaraf qilishning bosh masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Ularni kо‘mib 
tashlash yoki yoqib yuborish esa nafaqat ekologik nо‘qtai nazardan balki iqtisodiy jihatdan ham 
maqsadga muvofiq emas. Hozirgi vaqtda polimer chiqindilarini yо‘qotishning bir necha xil usullari 
bor. Birlamchi qayta ishlash ishlab chiqarish jarayonining о‘zida qaytadan takroriy qayta ishlashdir. 
Ikkilamchi qayta ishlash esa kо‘p bosqichli jarayon bо‘lib, polimer chiqindisini ajratish, tozalash va 
ulardan takroriy foydalanishni о‘z ichiga oladi. Uchlamchi yoki kimyoviy (xomashyoviy) qayta 
ishlash polimer chiqindilarining umumiy massasidan quyi molekulyar mahsulotlarni alohida 
fraksiyalarga ajratib, ularni keyingi qayta ishlashga tayyorlashdir. Shuningdek, kimyoviy qayta 
ishlashning yana bir yо‘nalishi polimer zanjirlarini tiklash va ularni kimyoviy modifikatsiya qilish 
hisoblanadi. Bugungi kunda polimer chiqindilarni kimyoviy qayta ishlash iqtisodiy jihatdan juda 
qimmatga tushib, amalda juda kam ishlatiladi. Polimer chiqindilarni yо‘qotishning yana bir usuli – 
ularni yoqib, energiya olish. Bu usulning katta kamchiligi yonish jarayonida bebaho komponentlarni 
yonib ketishidir [1, 2, 3, 4]. Shunday qilib, polimer chiqindilari xossalarini yо‘qotmaydigan, 
xomashyoni tejaydigan, ularni xizmat muddatlarini kamaytirmaydigan, qayta ishlash usullari 
mexanik (birlamchi va ikkilamchi) qayta ishlash hisoblanadi [5].
 
Polimer kompozitsiyalarini dinamik termik barqarorlik va yorug‘likka bardoshligini aniqlash 
uchun ikkilamchi polietilen (PE), polipropilen (PP), polivinilxlorid (PVX), plastifikator, dioktilftalat 
va stabilizatorlardan iborat bо‘lgan plastikat tayyorlab olindi. Tayyorlab olingan teng miqdordagi 
namunalar (PE, PP, PVX chiqindilari) bir massa birligida, teng miqdorda olingan dioktilftalat va 
soapstok esa 0,3 massa birligida olindi. Ushbu plastikatning dinamik termik barqarorligi va 
yorug‘likka bardoshligini atmosfera havo kislorodida valslash orqali valiklarining harorati 433 


K, qalinligi 0,4 – 0,5 mm bо‘lgan plyonka namunalari (о‘lchami 4x5 sm) rangining har 5 minut 
davomida (dinamik rang о‘zgarish vaqti) о‘zgarishini hamda valslash vaqti boshlanishidan to 
sinalayotgan plyonkani valiklarga yopishish jarayonigacha bо‘lgan vaqtlar (dinamik termik 
barqarorlik vaqti) tadqiq qilindi. Termoplastlarning oquvchanlik indeksi IIRT-5 priborida kalibrovka 
soplosidan ma’lum vaqt ichida va ma’lum bosim ostida (yuk og‘irligi 21,65 kg va harorat 443 K) 
oqib tushgan polimer miqdoriga qarab aniqlandi. Oquvchanlik indeksi (kompozitsiyaning 
oquvchanlik kо‘rsatkichi) quyidagi formula bо‘yicha hisoblandi: 


INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Maxsus son, 2023-yil, dekabr 
ISSN 2181-4732 
64 

M
J
p
10


bu yerda, M – belgilangan harorat va bosim ostida soplodan oqib tushgan polimer miqdori, g;

– namunaning oqib tushish vaqti, min. 
Mustahkamlik chegarasi va chо‘zilishdagi nisbiy uzayishni uzish mashinasida aniqladik. 
Mustahkamlik chegarasini hisoblashda quyidagi formuladan foydalandik: 
S
Р



bu yerda: 

r
-namuna uzilgan vaqtdagi kuchlanish, kgs; S-sinashgacha bо‘lgan namunaning 
kundalang kesim yuzasi, sm
2

Aralash holdagi ikkilamchi PE, PP, PVX namunalarini termik barqarorlikka mustahkamligini 
aniqlashda PVX nisbatan issiqlikka kam bardoshli bо‘lganligi uchun undan destruksiya natijasida 
HCl ning ajralish harorati etalon sifatida olindi. Termik barqarorlik, ya’ni harorat natijasida (harorat 
190

) namunadan HCl ning erkin ajralishigacha bо‘lgan vaqt KEMCSÖTERMOSZTAT priborida 
aniqlandi. Bunda «Kongo–krasniy» indikator qog‘ozi rangining kо‘karishi HCl ning erkin ajralish 
vaqtini bildiradi (GOST 14041-68). 
Ikkilamchi polimer chiqindilari

Download 26 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   157




Download 26 Mb.
Pdf ko'rish