• Ikkilamchi aralash polimerlarni qayta ishlash davrida texnologik xossalarining о‘zgarishi № Ikkilamchi polimerlarning nomlari
  • Plastikatsiya- lanish vaqti, min.
  • Qarshi muhandislik-iqtisodiyot




    Download 26 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/157
    Sana01.08.2024
    Hajmi26 Mb.
    #269016
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   157
    Bog'liq
    1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди.

    Munozara 
     
     
    Tadqiqot natijalari shu narsani kо‘rsatdiki, ikkilamchi PE, PP va PVX asosidagi materiallarni 
    qayta ishlashda DOF va soapstok eng samarali plastifikator hisoblanib, uning miqdori (massa ulushi) 
    10-13% gacha qо‘shilganda boshqa plastifikatorlarga nisbatan eng yuqori kо‘rsatkichlarni namoyon 
    qiladi.
    Quyidagi 2-jadvalda taqqoslash uchun birlamchi va ikkilamchi hamda aralash polimerlarning 
    termik barqarorligi, oquvchanlik (PTR) kо‘rsatkichi va plastikatsiyalanish vaqtlari keltirilgan.
    2-jadval
    Ikkilamchi aralash polimerlarni qayta ishlash davrida texnologik xossalarining о‘zgarishi 
    № 
     
    Ikkilamchi polimerlarning nomlari 
    va plastifikatorning nisbatlari 
    Termik 
    barqarorlik, 
    minut 
    Oquvchanlik 
    kо‘rsatkichi, 
    g/10 min. 
    Plastikatsiya-
    lanish vaqti, 
    min. 
    1 Ikkilamchi PE 
    182 ℃ da 60 min. 
    6-7 

    2 Ikkilamchi PVX 
    185 ℃ da 80 min. 

    12 
    3 Ikkilamchi PP 
    218 ℃ da 70 min 


    4 PE, PP, PVX aralashmalari 
    185 ℃ da 72 min 
    3,2 

    5 PE, PVX, PP+soapstok, DOF, 1:0,1 
    180 ℃ da 70 min 
    3,4 

    6 PE, PVX, PP+soapstok, DOF, 1:0,3 
    178 ℃ da 69 min 
    4,8 

    7 PE, PVX, PP+soapstok, DOF, 1:0,5 
    176 ℃ da 67 min 
    5,6 

     
    Polimerlarning oquvchanlik (PTR) kо‘rsatkichlari Rossiyaning GOST 11645 - 73 bо‘yicha IIRT-
    5 ekstruzion plastomerida aniqlandi.
    Termik barqarorlik Vengriyaning KEMCSÖTERMOSZTAT 
    markali laboratoriya qurilmasida GOST-14041-68 bо‘yicha tadqiq qilindi. Plastikatsiyalanish 
    vaqtlari esa Germaniyaning Brabender-plastograf qurilmasida aniqlandi. 
    Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga kо‘ra (2-jadval) ikkilamchi PE ning qovushoq-
    oquvchanlik kо‘rsatkichi 182 ℃ haroratda о‘rtacha 6-7 g/10 min. ni tashkil qilgan bо‘lsa, termik 
    barqarorlik 60 minutni, plastikatsiyalanish vaqti esa 6 minutni tashkil qildi. Bundan kо‘rinib turibdiki, 
    ikkilamchi PE ni qayta ishlab mahsulot olishda PE ning fizik-mexanik xossalarida о‘zgarishlar sodir 
    bо‘ldi: mexanik mustahkamlik ma’lum darajada kamaydi, mahsulotning tashqi kо‘rinishi xiralashib, 
    yuzasi dag‘allashdi va shularning natijasida qovushoq-oquvchan holatga 190 ℃ haroratda emas
    balki 182 ℃ haroratda yetganda erishdi, oquvchanlik kо‘rsatkichi esa 6-7 g/10 min. ni tashkil qildi. 
    Xuddi shuningdek, qolgan ikkilamchi polimerlar: PP va PVX larda ham xuddi shunday holatlarni 
    kо‘zatish mumkin. Demak, polimer chiqindilarini har takror qayta ishlaganda ikkilamchi polimer 
    materiallarining xossalariga salbiy ta’sir qiladi hamda texnologik va fizik-mexanik xossalari shuncha 
    yomonlashib boraveradi. 

    Download 26 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   157




    Download 26 Mb.
    Pdf ko'rish