|
Qurilmaning texnologik sxemasi va uning tavsifi
|
bet | 2/19 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 71,1 Kb. | | #124741 |
Bog'liq Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi-fayllar.orgQurilmaning texnologik sxemasi va uning tavsifi
1. 1.Ekstraktsiyalash jarayoni to`g’risida adabietlar sharhi
1.1.Qattiq va suyuq fazalarning o’zaro ta’sirlanish usullari
Qattiq jism va suyuqlikning o`zaro ta`sirlanishiga ko`ra, Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan ekstraktsiyalash va eritish jarayonlari quyidagi turlarga bo`linadi: 1) cheklangan hajmli davriy; 2) parallel to`g’ri yoki qarama-qarshi yo`nalishli; 3) qo`zg’almas qatlamli va 4) mavhum qaynash qatlamli (1-rasm).
1-rasm. Qattiq jismlarni ekstraktsiyalash va eritish usullari:
a-chegaralangan hajmli davriy; b- parallel yo`nalishli; v - qarama-qarshi yo`nalishli; g-qo`zg’almas qatlamli; d-mavhum qaynash qatlamli.
Cheklangan hajmli davriy jarayon odatda mexanik yoki pnevmatik aralashtirgichi bo`lgan qurilmalarda olib boriladi. Qattiq zarrachalar aralashtirgich yordamida turli tezliklarda har tomonga qarab harakat qila boshlaydi. Qattiq zarrachalar harakatining inertsiya kuchi ta`sirida suyuqlik vaqt o`tishi bilan o`zgaruvchan tezlikda harakat qila boshlaydi. Bunday inertsiya rejimida ekstraktsiyalash yoki eritish jarayonini tezlatish uchun kerakli shart-sharoit yaratiladi. Jarayon muvozanat holatiga yaqinlashgan sari qattiq jismdagi diffuziya bo`layotgan moddaning kontsentratsiyasi kamayib boradi, natijada harakatlantiruvchi kuchning qiymati ham kamayadi. ekstraktsiyalash davomida suyuqlikka o`tgan moddaning miqdori esa ko`payib boradi. Demak, cheklangan hajmda olib boriladigan jarayon noto`g’ri jarayon hisoblanadi.
Aralashtirgichli qurilmalarda olib boriladigan cheklangan hajmli jarayonlar davriy jarayonlarga xos bo`lgan bir qator kamchiliklarga ega bo`lganligi sababli ularning samaradorligi kam.
Parallel yoki qarama-qarshi yo`nalishli jarayonlar uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda olib borilishi sababli Oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. Parallel yo`nalishli jarayonlarda qattiq material va erituvchi bir tomonga harakat qiladi. Bunda ekstraktsiyalash yoki eritish jarayoni ketma-ket joylashgan bir necha aralashtirgichli qurilmalarda olib boriladi. Qattiq material va erituvchining o`zaro ta`siri natijasida hosil bo`lgan aralashma (pul’pa) bir qurilmadan ikkinchisiga o`z-o`zicha oqib o`tadi. Bu sxema bo`yicha jarayonning harakatlantiruvchi kuchi bir pog’onadan ikkinchisiga o`tishi bilan asta-sekin kamaya boradi. Odatda pog’onalarning soni 3-6 dan ortmaydi. Parallel yo`nalishli qurilmalarda qattiq materiallar tarkibidan ajralishi kerak bo`lgan modda birmuncha katta miqdorda ajratib olinadi.
Uzluksiz jarayonlarni qarama-qarshi yo`nalishda olib borish ancha yuqori samara beradi. Bu printsipda ishlaydigan qurilmalarda qattiq material va suyuqlik bir-biriga qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Qurilmaning oxirgi apparatiga toza erituvchi beriladi, bu yerda tarkibidan ajratib olinayotgan komponent kam qolgan qattiq material toza suyuqlik bilan o`zaro ta`sir ettiriladi. Qurilmaning birinchi apparatida esa dastlabki qattiq material kontsentratsiyasi yuqori bo`lgan eritma bilan aralashadi. Natijada qurilmalar bir tekisda yaxshi ishlaydi. eritmaning kontsentratsiyasi ortadi, erituvchining sarfi va qurilmaning ish unumdorligi ko`payadi.
|
| |