www.pedagoglar.uz
45-son 9–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 42
b) Jismga uning bir qismi ikkinchisiga nisbatan siljitishga
urinadigan kuchlar
ta`sir etishi mumkin. Bu holda jismda yuz beradigan deformatsiya siljish
deformatsiyasi deyiladi.
Agar jismga bir biriga qarama qarshi yo`nalgan
va uning bir qismini
ikkinchisiga nisbatan siljitadigan kuchlar ta`sir qilsa jism qirqiladi. Buyumni qaychi
bilan qirqishda shu hodisa bo`ladi.
c) Bir uchi mahkamlangan sterjenga uni
o`qiga perpendikulyar tekislikda juft
kuch ta`sir etsa, bunda
burilish
defor matsiyasi hosil bo`ladi.Bu deformatsiya
kalit bilan gaykalarni burashda ro`y beradi.
www.pedagoglar.uz
45-son 9–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 43
d) Agar brusokning ikki uchi ikkita
tayachga qo`yib unga kuch ta`sir etilsa, brusok
ham egiladi. Bunda jism egilish deformat
siyasiga uchraydi.
Keyingi paytlarda texnikada polimerlar
deb ataluvchi moddalar keng
qo`llanilmoqda. Polimerlar ikki toifaga bo`linadi; tabiiy va sintetik. Polimerlarning
mexanik xossalari ko`p jihatdan molekulalar o`rtasidagi o`zaro ta`sir kuchlariga
bogliq bo`ladi. Plastmassalar juda ko`p
afzalliklarga ega;zanglamaydi, chirimaydi,
zichligi kichik, temperaturaning keskin o`zgarishlariga chidaydi,
unga istalgan
shaklni berish mumkin. Ayni shu sabablarga ko`ra polimerlar xalq xo`jaligida juda
keng qo`llaniladi. O`quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishlarini va fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida dars jarayonida turli xildagi o`yinlardan
ham foydalanish mumkin.O`yin davomida o`quvchi o`z
bilimi va kuchiga
tayanadi.Jumladan“Zinama-zina” o`yinini qo`llash mumkin. Bu o`yinni o`tkazishda
o`quvchilar 3 gruhga ajratilib, har bir gruhga 5tadan savol beriladi..Eng
kam ball
to`plagan gruh o`yinni tark etadi. Qolgan 2 gruh bilan o`yin davom ettiriladi va
g`olib aniqlanadi.