Qattiq jismlarning xossalari




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana12.12.2023
Hajmi0,82 Mb.
#116807
1   2   3   4
Bog'liq
37-43

www.pedagoglar.uz 
45-son 9–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 38 
atomlarning tebranishlari xarakteriga bog`liqdir. Qattiq jismlarning strukturasi xilma 
xildir.Shunga qaramay, ularni ikkita sinfga—kristallar va amorf jismlarga ajratish 
mumkin.
1.Kristall va amorf jismlar . 
Qattiq jismlar ikki xil bo`ladi: kristall va amorf jismlar. Jismlarning shu ikki 
xili fizik xossalari jihatdan bir biridan farq qiladi.
Bir jinsli kristall jismning asosiy alomati uning fizik xossalarining: issiqlikdan 
kengayishi, issiqlik va elektr o`tkazuvchanligi, mexanik mustahkamligi turli xil
yo`nalishlarda har xil bo`lishidir. Kristallarning bu xossasi anizotropiya deyiladi.
Gips va shisha plastinka olib ikkalasini ham paraffin bilan qoplaymiz va ularga 
qizdirilgan ninani uchini tekkizamiz . Nina plastinkaga tekkan nuqta atrofida 
paraffin eriydi. Bunda gipsda erigan parafin ellips , shisha plastinkada esa doira 
shaklida bo`ladi. Bu tajriba isitganda gips kristalida energiya shishadagidek hamma 
yo`nalishda bir xil tarqalmasdan , har xil yo`nalishda har xil tarqalishini ko`rsatadi. 
Kristalning muhim tashqi alomati uning muntazam shaklga ega bo`lishidir.Kristall 
jismlarga misol qilib metallar, osh tuzi , kvars , achiq tosh va boshqa kristallarni 
ko`rsatish mumkin.
Agar jism bir kristalldan iborat bo`lsa, u monokristall deyiladi.
Jism tartibsiz joylashgan va bir-biriga yopishib o`sgan mayda kristallardan 
iborat bo`lsa, u polikristall jism deyiladi. Mayda kristallarning tartibsiz 


www.pedagoglar.uz 
45-son 9–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 39 
joylashganligi sababli polikristall jismning fizik xossalari hamma yo`nalishda bir xil 
bo`ladi. Polikristall jismlar jumlasiga metallar kiradi. 
2.Amorf jismlarning kristallardan farqi shundaki ularning fizik xossalari 
hamma yo’nalishlarda birday bo’ladi. Amorf jismlarga misol qilib qora mum va 
shishani ko’rsatish mumkin. 
Qora mum parchasiga bolga bilan urganimiz ,u maydalanib ketadi ,ya’ni mo’rt 
qattiq jismga o’xshaydi ,shu bilan birga unda suyuqliklarda bo’ladigan xossalar 
ham ko’rinadi . 
Masalan, qattiq mum parchalari gorizontal sirtda sekin yoilib ketadi; to’ntarib 
qo’yilgan bochkadagi mum sekin oqib chiqadi . Idishga solib qo’yilgan mum 
parchalari sekin-asta yoyilib ketadi va idish shaklini oladi . Mum ustiga qo’yilgan 
og’ir jism sekin-asta unga cho’kadi , mumning ostiga solingan engil jismlar bir 
qancha vaqt o’tishi bilan uning betiga chiqadi . Shu xossalariga qarab mumni juda 
ham quyuq va yopishqoq suyuqlik deyish mumkin .Shisha ancha pishiq va qattiq 
bo’ladi ,ya’ni qattiq jismlar uchun xarakterli bo’lgan xossalarga ega bo’ladi .Ammo 
molekulyar tuzilishi jihatidan qaraganda uni qattiq jismlarga kirgizgandan ko’ra 
suyuqliklar qatoriga kirgizish mumkin. Hozirgi vaqtda amorf jismlar har xil 
plastmassalar tarzida texnikada va turmushda ko`p ishlatiladi. Shunday moddalar 
borki ular ham amorf ham kristall holatda bo`lishi mumkin. Masalan shakar kristall 
tuzilishga ega. Lekin shakar eritilsa, tiniq obidandonga aylanadi. Obidandon amorf 
moddadir. Vaqt o`tishi bilan u shakar bog`lab kristallga aylanadi. Agar oltingugurtni 
300
0
dan ortiqroq isitib sovuq suvga solsak, amorf oltingugurt hosil bo`ladi.Bu
oltingugurt vaqt o`tishi bilankristall oltungugurtga aylanadi. Bu kuzatishlardan
qattiq jismning amorf holati turg`un holat emas degan xulosa chiqadi. Amorf jism 
sekin asta kristall jismga aylanadi.



Download 0,82 Mb.
1   2   3   4




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish