www.pedagoglar.uz
45-son 9–to’plam Iyun 2023
Sahifa: 41
5. Materialning muhim xossalari qatoriga uning
elastikligi va plastikligi
kiradi.Jismga ta`sir etayotgan kuch olingandan keyin deformasiya yo`qolib, jism
oldingi holatiga qaytsa bunday deformasiya elastik deformasiya, jismning o`zi esa
elastik jism deyiladi.
Agar prujinaga yuk ossak, uncha ko`p cho`zilmaganda u ilgarigi shakli va
o`lchamiga qaytadi.Agar u juda katta kuch ta`sirida cho`zilsa,
unda qoldiq
deformasiya yuz beradi.Bizga ma`lumki, bugungi kunning dolzarb vazifasi
tarbiyalab ta`lim berishdan iboratdir.Shuni inobatga olib,qoldiq
deformatsiyani
tushintirishdan oldin o`quvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qilishmumkin.
O`quv qurollari ayniqsa kitob va daftar bilan pala-partish muomalada bo`lgahda uni
varaqlarining chetlari qayrilib qoladi, keyin ularni avvalgi holatiga qaytarib
bo`lmaydi.Nima uchun? Bu savolga javob berayotganda
kitob va daftarlarni ishlab
chiqarish uchun qanchadan qancha o`rmonlar ,ishchi kuchi va elektr energiya sarf
bo`lishini,ulardan pala-partish fodalanish ham iqtisodiu ham ma`naviy zarar
ekanligini o`quvchilar ongiga singdirish foydadan xoli emas. Jismga ta`sir
etayotgan kuchning ta`siri olingandan so`ng , deformasiyalanganicha qolsa
bunday
jism plastik jism bo`ladi. Agar qattiq jism uncha katta bo`lmagan deformasiyalarda
emirilsa , bunday jism mo`rt jism deb ataladi. Cho`yan, marmar, chinni, qahrabo
ancha mo`rt bo`ladi.
6. Deformatsiyaning to`rtta asosiy turi mavjud cho`zilish, siljish, buralish va
egilish.
a) cho`zilish; to`gri AB sterjenga uning o`qi
bo`ylab qarama qarshi tomonlarga yo`nalgan F kuch qo`ysak
sterjen cho`ziladi. Kuch qancha katta bo`lsa cho`zilish shuncha katta boladi. Yuk
ko`tarish qurilmalaridagi,ko`priklar- dagi troslar,
zanjirlar, balkalar cho`zilish
deformatsiyasiga uchraydi.