kechayotgan bahslar mavzusi ham shu. Kompaniya senzura va kiber-xurujlardan shikoyat
qilib, Xitoydagi idorasini yopishga qaror qilgan. Har bir kompaniya, deydi Xitoy
rasmiylari, mahalliy qonunlarga bo’ysunishi shart.
Rasmiy Pekin nazarida Amerika hukumati ham butun dunyoga erkinlik haqida
jar solib,
o’z qarashlarini boshqalarga o’tkazish harakatida. Lekin osiyoshunos olima Rebekka
Makkinnon tahlil qilishicha:
“Internetda xitoyliklar orasida bo’layotgan suhbatlarni kuzatsangiz,
aniq bir xulosaga
kelasiz: Internetdan foydalanuvchilar
Google bilan juda yaxshi tanish. Kompaniya
AQShda joylashganini hamma biladi. Xitoyda Amerika
tashqi siyosatini tanqid
qiladiganlar ko’p, lekin internetga kirib-chiqib yurganlar
Google-dan har kuni
foydalanadi,
kompaniyaning
hurmati
bor”.
Google Xitoy bozorida yuzlashayotgan muammolar sabab, deydi tahlilchi Stiven Yeyts,
internet
erkinlikligi
yuzasidan
bahs-munozara
qizimoqda.
“Xitoyda huquq oyoq osti bo’layotgani, hukumat fuqarolar hayotini to’la nazorat qilishga
urinishi yangilik emas. Masala boshqa bir jihati bilan muhim.
Hukumat buni tushunib,
bila turib, qilayotgani yanada ayonlashdi. Rasmiy Pekin buni istamagan edi”, - deydi
Yeyts.
Tahlilchilar fikricha, Amerika bosimi ostida avtoritar rejimlar internet eshiklarini
qattiqroq yopsa ajabmas. Lekin, deydi Rebekka Makkinon, har narsaning chegarasi bor.
Eng mustahkam qulflar ham buziladi.
“Qator boshqa jamiyatlar qatorida Xitoy ham internetga filtr qo’yib, undagi ma’lumotni
cheklab, ichki iste’mol uchun moslashtirib olgan. Lekin, to’g’risi, global sahnada
yetakchi bo’laman degan davlatga bu yarashmaydigan ish”.
Internet qanchalik bosim ostiga
olinmasin, yopiq jamiyatlar uchun dunyoga darvoza.
To’siqlarni yorib o’tish kuchiga ega. Shu bois Amerika internet kompaniyalariga Kuba,
Sudan va Eronga internet orqali xizmat ko’rsatishga ruxsat berilgan. Bu davlatlar bilan
savdoning boshqa turlari cheklov ostida.
Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton nazarida, iqtisod nuqtai nazaridan siyosiy va
tijoriy senzura jamiyatga birdek ziyon. Mahalliy bizneslar global muhitdan xabardor
bo’lsagina chet el kompaniyalari bilan raqobatlasha oladi.