➢ sensorlar ma’lumotlariga ko‘ra shubhali harakatlar va hujumlarni aniqlashga
mo‘ljallangan tahlillovchi qism tizimi;
➢ tahlil natijalari va dastlabki holatlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni
ta’minlaydigan omborxona;
IDS tizimini konfiguratsiyalashga imkon beruvchi, IDS va himoyalangan tizim
holatini
kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan mojarolarni kuzatuvchi boshqaruv
konsoli. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash
tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash
tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni
aniqlash tizimi (NIDS) ishlash tamoyili quyidagicha:
1. tarmoqqa kirish huquqiga ega bo‘lgan trafiklarni tekshiradi;
2. zararli va ruxsatga ega bo‘lmagan paketlarga cheklov qo‘yadi.
Sanab o‘tilgan xavfsizlik bosqichlarini qo‘llagan holda Eavesdropping
tahdidiga qarshi
samarali tarzda himoyalanish mumkin.
DOS (Denial-of-service) tarmoq hujumning bu turi xizmat qilishdan voz kechish
hujumi deb nomlanadi. Bunda hujum qiluvchi legal foydalanuvchilarning tizim yoki
xizmatdan foydalanishiga to‘sqinlik qilishga urinadi. Tez-tez bu hujumlar infratuzilma
resurslarini xizmatga ruxsat so‘rovlari bilan to‘lib toshishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday hujumlar alohida xostga yo‘naltirilgani kabi butun tarmoqqa ham yo‘naltirilishi
mumkin. Hujumni amalga oshirishdan oldin obyekt to‘liq o‘rganilib
chiqiladi, ya’ni
tarmoq hujumlariga qarshi qo‘llanilgan himoya vositalarining zaifligi yoki kamchliklari,
qanday operatsion tizim o‘rnatilgan va obyekt ish faoliyatining eng yuqori bo‘lgan vaqti.
Quyidagilarni aniqlab va tekshirish natijalariga asoslanib, maxsus dastur yoziladi.
Keyingi bosqichda esa yaratilgan dastur katta mavqega ega bo‘lgan serverlarga
yuboriladi. Serverlar o‘z bazasidagi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga yuboradi.
Dasturni qabul qilgan foydalanuvchi ishonchli server tomonidan yuborilganligini bilib
yoki bilmay dasturni o‘rnatadi. Aynan
shu holat minglab hattoki, millionlab
kompyuterlarda sodir bo‘lishi mumkin. Dastur belgilangan vaqtda barcha
kompyuterlarda faollashadi va to‘xtovsiz ravishda hujum qilinishi mo‘ljallangan
obyektning serveriga so‘rovlar yuboradi. Server tinimsiz kelayotgan so‘rovlarga javob
berish bilan ovora bo‘lib, asosiy ish faoliyatini yurgiza olmaydi. Server xizmat qilishdan
voz kechib qoladi.
Xizmat qilishdan voz kechish hujumidan himoyalanishning eng samarali yo‘llari
quyidagilar:
➢ tarmoqlararo ekranlar texnologiyasi (Firewall);
➢ IPsec protokoli.
Tarmoqlararo ekran ichki va tashqi perimetrlarning
birinchi himoya qurilmasi
hisoblanadi. Tarmoqlararo ekran axborotkommunikatsiya texnologiya (AKT)larida
kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni boshqaradi va ma’lumotlarni filtrlash orqali AKT
himoyasini ta’minlaydi, belgilangan mezonlar asosida axborot tekshiruvini amalga
oshirib, paketlarning tizimga kirishiga qaror qabul qiladi. Tarmoqlararo ekran tarmoqdan
o‘tuvchi barcha paketlarni ko‘radi va ikkala (kirish, chiqish) yo‘nalishi bo‘yicha
paketlarni belgilangan qoidalar asosida tekshirib, ularga ruxsat
berish yoki bermaslikni
hal qiladi. Shuningdek, tarmoqlararo ekran ikki tarmoq orasidagi himoyani amalga
oshiradi, ya’ni himoyalanayotgan tarmoqni ochiq tashqi tarmoqdan himoyalaydi. Himoya
vositasining quyida sanab o‘tilgan qulayliklari, ayniqsa, paketlarni
filtrlash funksiyasi
DOS hujumiga qarshi himoyalanishning samarali vositasidir. Paket filtrlari quyidagilarni
nazorat qiladi:
➢ fizik interfeys, paket qayerdan keladi;
➢ manbaning IP-manzili;
➢ qabul qiluvchining IP-manzili;
➢ manba va qabul qiluvchi transport portlari.