xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning
barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy
etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi.
Har bir soha faoliyatida
Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish
imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning
zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning
mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi.
Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni
ta’minlaydi.
Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni
yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega
bo‘linadi.
Biroq
tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish,
yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini
tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish
uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishi kerak.
Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni
ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo‘llash,
choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq
xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni
tezda aniqlashi va
unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p
turlari bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi:
➢ axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish
(Eavesdropping);
➢ xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service) portlarni tekshirish (Port
scanning).
Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa
liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari
orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan
holatda
axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin. Bir qancha
tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni
amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni
raqamli signalga aylantirib berish va aksincha) standartidagi raqamli tovushni osonlik
bilan
yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib
beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman
sezilmaydi. Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni
bajaraveradi. Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi.
Faqatgina
oldindan ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z
qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash
natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va
o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud:
IPSec (Internet protocol security) protokoli;
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;
IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.
Ipsec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash
algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot
almashish imkonini
beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro aloqasida dastur
va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Ipsec
protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning sirliligini, ya’ni faqatgina yubo-ruvchi
va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini, axborotning sofligini hamda paketlarni
autentifikatsiyalashni amalga oshiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har
bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy vosita bo‘lib qoldi, Ipsec protokoli esa aynan
quyidagilar uchun samarali himoyani ta’minlaydi:
➢ bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda;
➢ uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda;
➢ homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda;
➢ elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda.