Tarmoqlararo ekran ba’zi bir kamchiliklari tufayli Dos hujumidan to‘laqonli




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

Tarmoqlararo ekran ba’zi bir kamchiliklari tufayli Dos hujumidan to‘laqonli 
himoyani ta’minlab bera olmaydi: 
loyihalashdagi xatoliklar yoki kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarning har xil 
texnologiyalari himoyalana-yotgan tarmoqqa bo‘ladigan barcha suqilib kirish yo‘llarini 
qamrab olmaydi;amalga oshirish kamchiliklari — har bir tarmoqlararo ekran murakkab 
dasturiy (dasturiy-apparat) majmua ko‘rinishida ekan, u xatoliklarga ega. Bundan 
tashqari, dasturiy amalga oshirish sifatini aniqlash imkonini beradigan va tarmoqlararo 
ekranda barcha spetsifikatsiyalangan xususiyatlar amalga oshirilganligiga ishonch hosil 
qiladigan sinov o‘tkazishning umumiy metodologiyasi mavjud emas; qo‘llashdagi 
(ekspluatatsiyadagi) kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarni boshqarish, ularni xavfsizlik 
siyosati asosida konfiguratsiyalash juda murakkab hisoblanadi va ko‘pgina vaziyatlarda 
tarmoqlararo ekranlarni noto‘g‘ri konfiguratsiyalash hollari uchrab turadi. Sanab o‘tilgan 
kamchiliklarni IPsec protokolidan foydalangan holda bartaraf etish mumkin. 
Yuqoridagilarni umumlashtirib, tarmoqlararo ekranlar va IPsec protokolidan to‘g‘ri 
foydalanish orqali DOS hujumidan yetarlicha himoyaga ega bo‘lish mumkin. 
Port scanning hujum turi odatda tarmoq xizmatini ko‘rsatuvchi kompyuterlarga nisbatan 
ko‘p qo‘llanadi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq virtual portlarga e’tibor 
qaratishimiz kerak. Chunki portlar ma’lumotlarni kanal orqali tashuvchi vositadir. 
Kompyuterda 65 536ta standart portlar mavjud. Kompyuter portlarini majoziy ma’noda 
uyning eshigi yoki derazasiga o‘xshatish mumkin. Portlarni tekshirish hujumi esa 
o‘g‘rilar uyga kirishdan oldin eshik va derazalarni ochiq yoki yopiqligini bilishiga 
o‘xshaydi. Agar deraza ochiqligini o‘g‘ri payqasa, uyga kirish oson bo‘ladi. Hakker 
hujum qilayotgan vaqtda port ochiq yoki foydalanilmayotganligi haqida ma’lumot olishi 
uchun Portlarni tekshirish hujumidan foydalanadi. 
Bir vaqtda barcha portlarni tahlil qilish maqsadida xabar yuboriladi, natijada real vaqt 
davomida foydalanuvchi kompyuterning qaysi portini ishlatayotgani aniqlanadi, bu esa 
kompyuterning nozik nuqtasi hisoblanadi. Aynan ma’lum bo‘lgan port raqami orqali 
foydalanuvchi qanday xizmatni ishlatayotganini aniq aytish mumkin. Masalan, tahlil 


natijasida quyidagi port raqamlari aniqlangan bo‘lsin, aynan shu raqamlar orqali 
foydalanilayotgan xizmat nomini aniqlash mumkin 

Download 5,02 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoqlararo ekran ba’zi bir kamchiliklari tufayli Dos hujumidan to‘laqonli

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish