Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

3. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi
Kompyuterlar O‘zining elementlar bazalari bo ‘yicha avlodlarga ajratilgan. I avlod 
(1945— 1956) kompyuterlari elementlar bazalari elektron 1ampalar ekanligi bilan 
harakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallarni egallagani holda, yuzlab kilovatt 
elektr energiya sarf qilar va tonnalab ogirlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal 
bajarar, xotirasining hajmi 1-2 ming sO‘zni(maiumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod 
mashinalariga “Ural-1”,"Ural-2", “BESM-1”, “BESM-2”,”M-1",”M-2",”M -20" kabi 
mashinalarni misol qilib keltirish mumkin. II avlod (1957—1968) kompyuterlari 
elementlar bazalari 
tranzistorlardan iborat edi
, tezkorligi sekundiga 10-20 ming amal 
bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming sO‘zni saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod 
kompyuterlari hisoblash ishidan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, iqtisodiy 
masalalarni yechish, harflar bilan ishlay olish “qobiliyati”ga ham ega bO‘ldi. Bu avlod 
mashinalariga “BESM-3”,”BESM-4", “Ural-16”, “Minsk-22”, “IBM-608”, “BESM-6” 
mashinalarini misol qilib keltirish mumkin. III avlod (1969— 1980) kompyuterlarining 
elementlar bazalari integral sxemalardan iborat bO‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan 
boshlab, shu avlodning eng oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal bajarishgacha yetdi. 


Xotirasining hajmi ham 8-10 ming baytdan( bu avlod xotira oichami xalqaro oicham 
baytlarda beriladigan boigan) 8 million baytlargacha yetdi. Bu avlod mashinalariga YES 
(yagona seriya) kompyuterlari -“EC 1010’7 ’EC-1020", “EC-1030”,”EC-1035", “EC-
1050”,”EC1060",’’EC-66" larni misol qilib kO‘rsatish mumkin. IV- avlod (1981—1990) 
kompyuterlaming elementlar bazalari kata integral sxemalar (KlS)dan iborat. Ularning 
tezkorligi sekundiga 6,5 million amal bajarishgacha yetdi, xotirasinig hajmi 64M 
baytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalariga Super EHMlar, “Elbrus” 1-KB,’’IBM PC” 
kabi kompyuterlarni kO‘rsatish mumkin. 1990-yillardan boshlab kompyuterlaming 
elementlar bazalarini o ‘ta katta integral sxemalar (UKIS) tashkil qiladi. Bu avlod 
kompyuterlari hozir keng qoilaniladi. Ular elektron va yorugiik nurlari energiyasidan 
foydalanishga, tuzilishi esa lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga asoslangan. Amal 
bajarish tezligi sekundiga bir necha milliardgacha, doimiy xotirasinig hajmi 10-100 gb 
gacha kengaydi.

Download 5,02 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish