5-Mavzu: Kompyuterning mantiqiy qurilmasi va arxitekturasi.
Reja:
1.Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti
2. Kompyuter ta’minoti turlari.
3. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi
1.Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti
Shaxsiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador bўlishi unda qanday
dasturiy ta‘minoti mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturiy ta‘minotning qanday
turlari foydalanuvchi uchun zarur bo’lishi uning qaysi soxada faoliyat ko’rsatishi bilan
aniқlanadi. Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta‘minoti xususiy EHM-larni qo’llash
samaradorligini oshirish
, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar
dasturlarini tayyorlashning meҳnat sarfini kamaytirishi uchun mo’ljallangan dasturlar
sistemasidan iborat.
Shaxsiy kompyuter dasturlar ta‘minotining to’plami quyidagi guruxlarga ajraladi:
1. Tizimli dasturlar 2.
Amaliy dasturlar
Dasturlashtirish muhiti Kompyuterda har xil turdagi ma‘lumotlar saqlanadi. Ular bilan
ishlash uchun biz har xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki
kompyuter uzi hech qanaqa harakatlar bajarmaydi u faqat
bizning buyruklarimizni va
kO‘rsatmalarimizni bajaradi. Buyruklar va kO‘rsatmalar ketmaketligi esa dastur deb
nomlanadi (dastur tushunchasi yuqoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga
bulinadi: Tizimli (tizim) dasturlar. Tizimli dasturlar bu kompyuter ishini boshqaruvchi
va har xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
Masalan: fayllar ustidan har xil amallar bajarish (kayta nomlash,
yaratish, uchirish,
nusxasini olish, xajmini O‘zgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash
( tashki kurilmalar ishini boshqarish). Tizimli dasturlar ichida 4 dasturlar guruhlari
ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (tizimlar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va
qobiq dasturlar. Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida
foydalanadigan dasturlar.
Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni
yaratish
yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video
ma‘lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.
Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga kO‘ra guruhlanadi: matn
muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir
muharirlari, rasm va tasvirlarni kO‘rsatuvchi dasturlar (Corel,
Adobe Photoshop,
Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muharrirlari, musika va video
kO‘rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo),
jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi
dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo),
uyin
dasturlari
, urgatuvchi dasturlar,
bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.