Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/61
Sana26.01.2024
Hajmi8,39 Mb.
#146274
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
AX OMTMamarajabova X

Ishlab chiqarish ta’limi 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari: 
S.Ravshanov 
№ 39 -Mavzu: Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligi 
O‘quv mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli 
Mashg‘ulot 
vaqti-80 daqiqa 
O‘quvchilar soni: 26 –31 gacha 
Mashg‘ulot 
shakli va turi 
Nazariy-yangi bilimlarni egallash bO‘yicha O‘quv 
mashg‘uloti 
O‘quv 
mashg‘ulot 
rejasi 
1. Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud O‘lchamlariga 
bog‘liq holda simsiz tarmoqlarning kategoriyalari farqi 
2. 
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari
3. 
Simsiz tarmoq tuzilmasi
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O‘quvchilarga simsiz tarmoqlarda axborot 
xavfsizligi bO‘yicha bilim va kO‘nikmalarini shakllantirish 
Mashg‘ulotdan kutilayotgan 
natijalar
O‘quvchilar 
simsiz 
tarmoqda 
axborot 
xavfsizligini ta’minlash bO‘yicha nazariy bilim 
va kO‘nikmalarga ega bO‘ladilar. 
Pedagogik vazifalar
- Simsiz 
tarmoqlarda 
axborot 
xavfsizligi 
bO‘yicha tushuncha 
beradi; 
- Fizik 
hudud 
jihatdan 
simsiz 
tarmoqlarning kategoryalari farqini 
tushuntiradi; 
- Simsiz 
regional 
tarmoqlarning 
xarakteristikasini tasniflaydi; 
- Simsiz tarmoq tuzilmasini yoritib 
beradi. 
O‘quv faoliyati natijalari: 
- Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligi 
bO‘yicha tushunchaga ega bO‘ladilar; 
- Fizik 
hudud 
jihatdan 
simsiz 
tarmoqlarning kategoryalari farqini 
yoritib bera oladilar; 
- Simsiz 
regional 
tarmoqlarning 
xarakteristikasini 
tasniflab 
bera 
oladilar; 
- Simsiz tarmoq tuzilmasini tasniflab 
bera oladilar. 
O‘qitish metodlari 
Axborotli kichik ma’ruza, tushuntirish, 
namoyish etish, aqliy hujum 
O‘qitish vositalari 
O‘MT,ma’ruzalar matni, kompyuter, 
videoproektor, slayd 
O‘quv faoliyatini tashkil etish 
shakllari 
guruhli, juftlikda 
O‘qitish sharoiti 
Maxsus jixozlangan o‘quv xona 
(kompyuter o‘quv xonasi) 
Qaytar aloqaning yO‘l va 
vositalarining yO‘l va vositalari 
Tezkor so‘rov, savol-javob, test, misol 
va mashqlar, berilgan o‘quv 
topshiriqlarini baholash 


O‘QUV MASHG`ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI 
Ta’lim 
shakli Ish 
bosqichlari 
va vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O‘qituvchining 
O‘quvchi- 
ning 
O‘quv 
mashg‘ulo 
-tiga kirish 
(5 daqiqa) 
Tashkiliy qism: 
O‘quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligi va 
davomatini tekshirish 
Mashg‘ulotga 
tayyorlanadi 
Tayanch bilimlarni faollashtirish 
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda 
o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga tezkor 
savol-javob 
metodidan foydalangan 
holda 
o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi 
va o‘quvchilar diqqati jamlab olinadi (1-ilova) 
Maqsad va vazifalarni belgilanishi 
2.Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va 
o‘qitish natijalari bilan tanishtiriladi; 3.Mashg‘ulot
guruhli 
birgalikda
O‘rganish 
shaklida O‘tkazilishini va baholash mezonlarini 
ma’lum qiladi (2-ilova); 
Ta’lim oluvchining bilimlarini faollashtirish 
4.Tezkor so‘rov, savol-javob, 
aqliy hujum 
texnikalari orqali bilimlarni faollashtiradi; 
Yangi o‘quv metodlari bayoni: 
5. 
Nazariy mashg‘ulotlarning rejasi va tuzilishiga 
muofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha 
xarakatlar tartibini bayon etadi. 
6. 
Mavzu bo‘yicha PowerPoint tartibida namoish va 
sharxlar bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy 
holatlarni bayon qiladi 
Yangi o‘quv materialini mustahkamlash 
7.Mustahkamlash uchun savollar beriladi. 
Savollarga 
javob 
beradilar 
Yozib 
oladilar 
2. Asosiy 
bosqich 
(65 
daqiqa) 
Guruhlarga 
bO‘linadilar. 
Javob 
beradilar 
Diqqat 
qiladilar 
Guruhlarda 
ishlaydilar 
Fikr 
almashadilar 
3. 
Yakuniy 
bosqich 
(10 daqiqa) 

Mashg‘ulot yakuni: 
1.O‘tilgan mavzu umumlashtiriladi, faol ishtirok 
etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va 
rag‘batlantiradi; 
Uyga vazifa berilishi: 
Mustaqil 
ishlash 
uchun 
adabiyotlar 
bilan 
tanishtiriladi; 
O‘z- O‘zini 
O‘zaro 
baholashni 
O‘tkazadilar. 
Topshiriqni 
yozadilar 
2.Kelgusi mashg‘ulotga vazifa va uni bajarish 
yuzasidan yo‘riqnoma beriladi 
Maxsus fan o‘qituvchisi: 
Mamaradjabova Xurshida 
O



O’tilgan mavzularni takrorlash: 
O‘tgan dars 
yuzasidan tezkor savol-javob 
metodidan 
foydalanib savol-javob O‘tkaziladi. 
1. VPN tarmoq 
2. 
VPN-mijoz 
3. 
VPN-server 
4. 
VPN xavfsizlik shlyuzi 
1-ilova 
Baholash mezoni 
Guruhda ishlashni baholash jadvali 
2-ilova 
Guruh 
Javobning 
aniqligi va 
toliqligi (2- 
5 ball) 
Taqdim etilgan 
axborot 
yaqqolligi (2-5 
ball) 
Guruhning 
har bir 
a’zosi 
faolligi (2-5 
ball) 
Umumiy 
ball miqdori 
(2+3+4) 
Baho 
(5/4) 










Har bir guruh mezonlar bo‘yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini 
baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab boradi: 
5 ball - «a’lo»; 4– «yaxshi»; 3 – «qoniqarli»; 2 ball – «qoniqarsiz». 
Dars yakuni O‘qituvchi O‘tgan yangi mavzu bO‘yicha tushunmagan savollarga 
javob beradi,darsni mustahkamlashdagi O‘quvchilar javobini muhokama qilib, 
O‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi. 
Darsga faol ishtirok etgan O‘quvchilarni O‘qituvchi baholaydi 
O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari 
86-100 % 
5 baho “a`lo” 
71 - 85% 
4 baho “yaxshi” 
55 – 70% 
3 baho «qoniqarli» 


Yangi mavzu bayoni 
№-_39_-Mavzu: Simsiz tarmoqlarda axborot xavfsizligi 
Reja: 
1 Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud O‘lchamlariga bog‘liq 
holda 
simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqi 

Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari

Simsiz tarmoq tuzilmasi
1 Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud O‘lchamlariga bog‘liq holda simsiz 
tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqi 
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz O‘zaro bog‘lanishlariga 
imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning 
olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz 
tarmoqlar odamlarga O‘zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani 
olishlariga yoki Web-sahifalarni kO‘zdan kechirishlariga imkon beradi. 
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim 
xususiyati bog‘lanishning Kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. 
Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (personal digital 
assistance, pDA), noutbuklar, shaxsiy Kompyuterlar, serverlar va printerlar 
taalluqli. 
Odatda 
uyali 
telefonlarni 
Kompyuter 
qurilmalari 
qatoriga 
kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash 
imkoniyatlariga va tarmoq ada’terlariga ega. Yaqin orada elektron 
qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi. 
Bog‘lanish ta’minlanadigan fizik xudud O‘lchamlariga bog‘liq holda 
simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi: 
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, pAN); 
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN); 
- simsiz regional tarmoq (Wireless metrO‘olitan-area network, MAN): 
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN). 
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bO‘lmagan masofasi bilan (17 
metrgacha) ajralib turadi va katta bO‘lmagan binoda ishlatiladi. Bunday 
tarmoqlarning xarakteristikalari O‘rtacha bO‘lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan 
oshmaydi. 
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi pDA sida va uning shaxsiy 
Kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi 
mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. 
Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yO‘qolishi 
yetarlicha jiddiy afzallik bO‘lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning 
boshlang‘ich O‘rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug‘ilganda, joyining 
O‘zgartirilishi anchagina osonlashadi. 


Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish 
binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday 
tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy Kompyuterlarni va 
katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta 
ekranli pDA larni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida 
yoki binoning boshqa xonalarida bO‘la turib foydalanashi mumkin. Bu 
xizmatchiga O‘z vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal 
tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar 
talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, kom’onentlari, narxi va 
bajaradigan amallari bO‘yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi an’anaviy 
simli lokal tarmoqlariga O‘xshash. 
2 Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari 
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bO‘yicha shaxarga teng bO‘lgan 
xududga xizmat qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan 
ulanish talab etiladi, ba’zida esa mobillik zarur bO‘ladi. Masalan, kasalxonada 
bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni 
uzatishni ta’minlaydi. Yoki energetik kom’aniya bunday tarmoqdan shaxar 
masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan 
foydalanishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional 
tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga tO‘’laydi yoki mobil 
foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni O‘rnatishga 
imkon beradi. 
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda 
infraqizil texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 
Gbit/s va undan katta bO‘lishini ta’minlaydi. 
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto 
kontinent masshtabida foydalanishni ta’minlash bilan ishlanishini ta’minlaydi. 
Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kom’aniyalari 
kO‘’gina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni ta’minlovchi simsiz 
global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday 
yechimning xarajati barcha foydalanuvchilar O‘rtasida taqsimlanadi, natijada 
abonent tO‘lovi unchalik yuqori bO‘lmaydi. 
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan 
yuqori 
emas, 
ma’lumotlarni uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, ba’zida 170 Kbit/s ni tashkil 
etadi. 
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron 
pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan 
tashqarida bO‘lganida kor’orativ ilovalardan foydalanishni ta’minlovchi 
ilovalardir. Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar bO‘yicha 
sayr qilinayotganlarida ulanishni O‘rnatishlari mumkin. Umuman, simsiz global 
tarmoqdan foydalanuvchilar xududiy chegaralanmaganlar. 


3 Simsiz tarmoq tuzilmasi 
Simsiz 
tarmoq 
tuzilmasi. 
Simsiz 
tarmoqlarda 
simli 
tarmoqda 
ishlatiladigan kom’onentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot xavo 
muhiti (medium) orqali uzatishga yaroqli kO‘rinishga O‘zgartirilishi lozim. 
Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababali, 
foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. 
Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning O‘zi 
tugallaydi. SHu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. 
Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan O‘zaro aloqani ta’minlash bilan bir 
qatorda, muayyan ilovalar bilan bog‘liq boshqa vazifalarni bajaruvchi 
Kompyuter qurilmalari (com’uter device) bilan ish kO‘radi. 
Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, 
mobillik xususiyatidan qandaydir bino bO‘yicha xarakatlanuvchi va O‘zining 
pDAsi yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jO‘natuvchi odam foydalanadi. 
Bu holda pDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez- tez tiklanuvchi 
ulanishni ta’minlashi lozim. 
Kompyuter qurilmalari. Kompyuter qurilmalarining (ba’zida ularni 
mijozlar deb atashadi) kO‘’gina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Ba’zi 
Kompyuter qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bO‘lsa, 
boshqalari oxirgi tizim hisoblanadi. 


Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari 
Simsiz qurilmalarni tO‘rtta kategoriyaga ajratish mumkin: noutbuklar, 
chO‘ntak Kompyuterlari (pDA), simsiz infratuzilma (kO‘’riklar, foydalanish 
nuqtalari va h.) va uyali telefonlar. 
Noutbuklar — kor’orativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office 
Home Office - kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma. 
Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday 
Kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning O‘lchami. Noutbuk 
qanchalik kichkina bO‘lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan, 
noutbuk qanchalik kichkina bO‘lsa, uni O‘g‘irlash shunchalik osonlashadi. 
SHifrlash kalitlarining, masalan, WE’-kalitlar (Wired Equivalent privacy), 
dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy kalitlarning (pG‘, pretty Good privace 
kabilar) yO‘qotilishi katta muammo hisoblanadi va uni ilovalar yaratilishi 
bosqichidayoq hisobga olish zarur. Niyati buzuq odam noutbukni O‘z ixtiyoriga 
olganidan sO‘ng aksariyat xavfsizlik mexanizmlari buzilishi mumkin. 
Noutbuklarning mobilliligi ularning kor’orativ tarmoqlararo ekranlar 
(brandmauerlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish 
ehtimolligini oshiradi. Bu Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-
uskuna ishlab chiqaruvchilarining tarmog‘i yoki raqiblar ham joylanuvchi 
mehmonxona yoki kO‘rgazmalardagi umumfoydalanuvchi tarmoqlar bO‘lishi 
mumkin. Bunday hollarda mobil Kompyuterlarning axborot xavfsizligi xususida 
jiddiy O‘ylanish lozim. 


Noutbuklarning fizik saqlanishlarini ta’minlash usullaridan biri- xavfsizlik 
kabelidan foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik 
predmetga "boylab" qO‘yishga mO‘ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni 
bermaydi, ammo har xolda O‘g‘rining anchagina kuch sarf qilishiga tO‘g‘ri 
keladi. 
Noutbuklarning tez-tez O‘g‘irlanishi sababli, axborotni arxivlashning 
xavfsizlikni ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. SHifrlash dasturlari 
fayllar xavfsizligini ta’minlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan ma’lumotlar 
xajmini yaratishda ishlatiladi. Bu ma’lumotlarni rasshifrovka qilish uchun, 
odatda, parolni kiritish yoki shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi. Barcha 
axborotlarni shifrlangan fayllarda yoki arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar 
tO‘’lamini arxiv uchun nusxalashni yengillashtiradi, chunki ular endi ma’lum 
joyda joylashgan bO‘ladi. 
O‘g‘rilar uchun noutbuklar "birinchi nomerli nishon" ekanligini 
foydalanuvchilar tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. 
Hatto ofislarda noutbukni kechaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga kO‘’ 
kishilar (kom’aniya xodimlari, farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar. 
Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining kO‘’ odamlar tO‘’langan 
joylarda ham sodir bO‘lishi mumkin. Samolet - kom’aniya menedjerlari 
foydalanadigan odatdagi trans’ort vositasidir. Samoletda qO‘shni kreslodagi 
yO‘lovchi noutbuk egasining yelkasi ustidan muhim axborotni O‘qib olishi 
mumkin. Hatto "uy sharoitidagi" noutbuklar ham himoyalanishi zarur. Bu holda 
Kompyuterning himoyasi server himoyasidan farqlanmaydi. Juda ham zarur 
bO‘lmagan servislarning O‘chirilishi qurilma ishlashini yaxshilaydi. 
O‘zining dasturiy ta’minotini noutbukka O‘rnatgan niyati buzuq odam 
xavfsizlikning barcha mexanizmlarini chetlab O‘tish imkoniyatiga ega bO‘ladi. 
Kompyuterni O‘z ixtiyoriga olgan O‘g‘ri unga O‘zining dasturini O‘rnatganida 
uni 
tuxtatib 
bO‘lmaydi. 
BIOSda 
(Basic 
In’ut/Out’ut 
System- 
kiritish/chiqarishning bazaviy tizimi) va qattiq diskda O‘rnatilgan parollar 
O‘g‘rilangan noutbukdan foydalanishga tO‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu 
barcha vositalar, afsuski, tajribali xaker uchun tO‘siq bO‘laolmaydi. 


Mustahkamlash uchun topshiriqlar 

Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari 

Simsiz tarmoq tuzilmasi 

Mobillik 

Kompyuter qurilmalari 
Uyga vazifa 
Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Axborot 
texnologiyasi. 
Axborotlarni 
kriptografik 
muxofazasi. 
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt 
1105:2006 
Vizual-didaktik resurslar 




“Tasdiqlayman” 
Ishlab chiqarish ta’limi 
bo‘yicha direktor o‘rinbosari: 
S.Ravshanov 
№ 40 -Mavzu: Lokal hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarni 
muhofaza qilish usuli 
O‘quv mashg‘ulotining ta’lim texnologiyasi modeli 

Download 8,39 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish