Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
“Tasdiqlayman”
“Umumkasbiy va maxsus fanlar”
kafedrasi mudiri
____________
J. Beknazarov
“___” ______________ 20__yil
Fanning o‘zlashtirish darajasini nazorati va baholash mezonlari.
“Avtomobillar tuzilishi” fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish
darajalarini
nazorati va baholash jarayoni joriy nazorat, oraliq
nazorat va yakuniy nazorat
shaklida amalga oshiriladi. Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan mavzuni
so‘rash, o‘tilgan mavzular yuzasidan og‘zaki
savol-javob, uy vazifasi, yoki
o‘quvchi tomonidan bajarilgan individual topshiriqlarni
baholash orqali amalga
oshiriladi.
Oraliq nazorat fanning yakunlangan bo‘limlari bo‘yicha har yigirma soat
dars mashg‘ulotidan so‘ng yozma savol-javob usulida
amalga oshiriladi va
natijalar kafedra mudiri tomonidan ko‘rib chiqilib kollej o‘quv ichlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosariga topshiriladi.
Yakuniy nazorat har bir semestr yakunlanganda yoki fanning o‘quv rejada
belgilangan o‘quv yuklamalari tugallangandan keyin amalga oshiriladi.
Yakuniy
nazoratning o‘tkazilish o‘quvchilardan fan yuzasidan semester davomida o‘tilgan
mavzular yuzasidan tuzilgan test topshiriqlarini bajarishlari tartibida o‘tkaziladi va
natijalar kafedra mudiri tomonidan ko‘rib chiqiladi va kollej o‘quv ishlari bo‘yicha
direktor o‘rinbosariga topshiriladi. Yakuniy nazorat uchun tuzilgan test savollari
banki o‘quv yili boshida kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Fan yuzasidan o‘quvchilar bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi.