• 4-ilova "O‘t oldirish tizimi" mavzusi bayoni. Reja: 1.
  •   Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan  kam o‘zlashtirgan o‘quvchilarga  2




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/194
    Sana20.11.2023
    Hajmi11,47 Mb.
    #102246
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194
    Bog'liq
    Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich


    Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan 
    kam o‘zlashtirgan o‘quvchilarga 

     
    2-ilova 
    Og‘izaki-savol javob savollari. 
     
    1. O‘t oldirish tizimining vazifalari nimalardan iborat? 
    2. O‘t oldirish tizimi qanday turlarga bo‘linadi? 
    3. Avtomobillarda o‘t oldirish tizimining qaysi turidan foydalaniladi? 
    3-ilova 
     
     


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
    4-ilova 
    "O‘t oldirish tizimi" mavzusi bayoni. 
    Reja: 
    1. O‘t oldirish tizimining vazifalari 
    2. O‘t oldirish tizimining turlari 
    3. O‘t oldirish tizimining ishlash prinsplari 
     
    Batareyadan o‘t oldirish sistemasi past kuchlanishli tokni yuqori 
    kuchlanishli tokka aylantirib berish, yuqori kuchlanishli tokni dvigatel 
    tsilindrlariga taqsimlash va bu tokni tsilindr ichida uchqun razryadiga aylantirishga 
    xizmat qiladi. Batareyadan o‘t oldirish tizimdan avtomobillarda keng 
    foydalaniladi. Batareyadan o‘t oldirish tizimga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
    ishonchli ishlashi (yuqori kuchlanishli tok hosil qilish va ish aralashmasining 
    dvigatel tsilindrlarida alangalanishi); tuzilishi va o‘t oldirish asboblariga xizmat 
    ko‘rsatishning oddiyligi; gabarit o‘lchamlarining kichik bo‘lishi va massasining 
    yengil bo‘lishi; uzoqqa chidamliligi; dvigatelning ishlash sharoitiga qarab ish 
    aralashmasini o‘t oldirish momentini o‘zgartirish ehtimolligi. 
    Batareyadan o‘t oldirish tizimga (35-rasm) past kuchlanishli tok manbalari, 
    past kuchlanishli tokni yuqori kuchlanishli tokka aylantiradigan o‘zgartirgich va 
    yordamchi asboblar kiradi. O‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok generatorlari va 
    akkumulyatorlar batareyasi past kuchlanish manbalaridir. Elektr toki 
    o‘zgartirgichlariga induktsion g‘altak 8, uzgich 5, kondensator 6, taqsimlagich 4, 
    uchqundan o‘t oldirish svechasi 2 kiradi. O‘t oldirish o‘chirgich 12, startyor 
    o‘chirgichi 11, past va yuqori kuchlanish simlari yordamchi asboblarga kiradi. 
    Batareyadan o‘t oldirish sistemasi ishlayotganida hosil bo‘ladigan elektr 
    zanjirlari bilan tanishib chiqamiz. Asboblar tizimi o‘t oldirish o‘chirgichi 12 
    vositasida ishga tushirilgach, quyidagi past kuchlanishli tok zanjiri hosil bo‘ladi 
    (rasmda tutash strelkalar bilan ko‘rsatilgan): akkumulyator batareyasi 1 ning 
    musbat chiqishi-startyor 11 o‘chirgichining qismlari-ampermetr-o‘chirgich 12-sim 
    10-induktsion g‘altak qismasi VK-B-variator 9-qisma VK, birlamchi chulg‘am va 
    induktsion g‘altak 8 qismasi-sim-uzgich 5 ning tutashgan kontaktlari-massa-
    akkumulyator batareyasi 1 ning manfiy chiqishi. 
    Induktsion g‘altak birlamchi chulg‘amidan past kuchlanishli tok o‘tishi 
    natijasida uning o‘ramlari atrofida magnit oqimi hosil bo‘ladi. Keyin uzgich 
    mushtchasi kontaktlarni ajratadi va o‘ramlar atrofidagi magnit oqimi yo‘qoladi. 
    Bunda induktsion g‘altak chulg‘ami o‘ramlarini magnit oqimi kesib o‘tadi, 
    birlamchi chulg‘amda o‘zinduktsiya e.yu.k., ikkilamchi chulg‘amda o‘zaro 
    induktsiya e.yu.k., g‘altak o‘zagida esa uyurma tok hosil qiluvchi e.yu.k. 
    induktsiyalanadi. 
    Dvigatel o‘rta va katta tezliklarda ishlayotganda batareyadan o‘t oldirish 
    asboblari past kuchlanishli tokni generatordan oladi, unda past kuchlanishli tok 
    zanjiri quyidagicha bo‘ladi: generatorning musbat cho‘tkasi-generator qismasi Ya-
    rele-rostlagich qismasi B-o‘t oldirish o‘chirgichi 12-sim 10-variator 9 va 
    induktsion g‘altak 8 ning birlamchi chulg‘ami-sim-uzgich 5 ning tutashgan 
    kontaktlari massa-generatorning manfiy cho‘tkasi. 


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 

    Download 11,47 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan  kam o‘zlashtirgan o‘quvchilarga  2

    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish